Payvand choklarini geometrik o'lchamalrini o'rganish ушс-3 Reja


Uchma-uch payvand birikmalar


Download 53.05 Kb.
bet2/5
Sana09.04.2023
Hajmi53.05 Kb.
#1344112
1   2   3   4   5
Bog'liq
Payvand choklarini geometrik o\'lchamalrini o\'rganish УШС-3

Uchma-uch payvand birikmalar:
a – bir xil qalinlikdagi detallar birikmasi; b – turli qalinlikdagi detallar birikmasi; d – qirralari qayrilgan detallarning birikmasi; e – chokning
eni; s – detal qalinligi; q – chokni kuchaytirish balandligi (yoki botiqlik chuqurligi); b – erish eni; c – qirralarni qayirish balandligi.



Burchakli payvand birikmalar:
a – har ikkala qirrani eritib; b – bitta qirrani eritib; d – ichki chok hosil qilib; e – bitta qirrani qayirib; K – chok kateti.

Tavrsimon payvand birikma:
h – erish chuqurligi; K – chok kateti.





Ustma-ust payvand birikmalar:
a – bir tomonlama chokli; b – ikki tomonlama chokli; d – ikki tomonlama ustquymali; e – uchma­uch birikma chokiga o‘xshatib bir tomonlama ustquymali; S – payvandlanadigan detallar qalinligi; Pi – ishlatiladigan yuklamaning yo‘nalishi.
Payvand birikmaning har qaysi turining o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor. Uchma-uch birikma eng ko‘p tarqalgan. Uni payvanlanadigan detallar qalinligining keng diapazonida qo‘llash mumkin. Detallar qalinligi millimetrning o‘nli ulushlaridan yuz lab millimetrgacha bo‘lishi mumkin. Payvandlashning bu turi deyarli hamma payvandlash usullarida qo‘llaniladi. Uchma-uch biriktirishda chok hosil qilish uchun qo‘shimcha material kamroq sarflanadi, chok sifatini nazorat qilib turish oson va qulay. Biroq uchma-uch biriktirishda eritib payvandlash uchun detallarni aniqroq yig‘ish talab etiladi – qirralar orasidagi tirqishning butun ulanish uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lishini ta’minlash zarur. Ayniqsa, ulanadigan uzun qirralarni (bir necha metrgacha) va profilli prokat (burchaklar, shvellerlar va boshqalar)ning qirralarini ishlash va moslash juda murakkabdir.
Usma-ust birikmada payvand choklar turli tekisliklarda joylashgan bo‘ladi, ishlatish vaqtida ularda murakkab kuchlanganlik holati yuzaga keladi, shuning uchun ustma-ust birikmalar o‘zgaruvchan yoki dinamik yuklamada yomon ishlaydi. Mustahkamlikni oshirish uchun uchma-uch birikma bilan kombinatsiyalashtirilgan holda ust qo‘ymalar quyilgan ustma-ust birikmalar qo‘llanadi (3.4-rasmga qarang). Uchma-uch va ustma-ust birikmalarning kamchiliklari, ularning afzalliklarini saqlab qolgan holda, erib ketadigan kichik planka bilan biriktirish yo‘li bilan bartaraf etiladi (3.6-rasm). Payvandlash jarayonida yuqorigi qirraga qo‘yiladigan kuch ta’sirida qizigan metall deformatsiyalanadi, yuqorigi qirra cho‘kadi, chok xuddi uchma-uch birikmadagidek hosil bo‘ladi (shakllanadi). Erib tushgan planka qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qiladi. Qirralarining qalinligi 5 mm dan kam bo‘lgan aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan detallarni yoy bilan payvandlashda erib ketadigan kichik planka qo‘yib payvandlash (biriktirish), ayniqsa, yaxshi natijalar beradi.


Download 53.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling