Payvand choklarini geometrik o'lchamalrini o'rganish ушс-3 Reja


Download 53.05 Kb.
bet4/5
Sana09.04.2023
Hajmi53.05 Kb.
#1344112
1   2   3   4   5
Bog'liq
Payvand choklarini geometrik o\'lchamalrini o\'rganish УШС-3

Uzlukli choklar:
a – zanjir chok; b – shaxmatsimon chok.
List detallarni ustma-ust qilib ba’zan, yuqorigi listda parmalangan teshiklar bo‘yicha alohida nurlar bilan yoki yuqorigi listni parron eritib payvandlanadi. Bu choklar nuqta choklar yoki elektr-parchin choklar deb ataladi.
Payvand birikmani ishlatishda unga ta’sir etuvchi kuchlarning yo‘nalishi bo‘yicha choklarni yon tomongi choklarga, pesh choklarga (yo‘nalishga perpendikular choklarga), qiyshiq choklarga (yo‘nalishga burchak ostida joylashgan choklarga) va kombinatsiyalashtirilgan choklarga bo‘linadi (3.9-rasm).

N yuklamaga nisbatan payvand choklarning turlari: 1 – yon tomongi; 2 – pesh chok; 3 – qiyshiq chok; 4 – kombinatsiyalangan chok.
Payvandlashda fazodagi vaziyatga qarab pastki, yarim vertikal, vertikal, yarim ship, ship choklarga, shuningdek, vertikal tekislik dagi gorizontal choklarga va «qayiqcha» (â ëîäî÷êó) deb ataladigan burchak choklarga bo‘linadi (3.10-rasm). Ular bir-biridan payvand lana digan detal sirtining joylashish burchagi bilan farq qiladi.

Payvand choklarini fazoda joylashuvining belgilanishi.
Bajarish uchun eng qiyin ship chokdir, chok pastki vaziyatda eng yaxshi shakllanadi. Ship, vertikal va gorizontal choklarni, odatda, yirik gabaritli konstruksiyalarni tayyorlashda va, ayniqsa, montaj qilishda bajarishga to‘g‘ri keladi. Tavrsimon, ustma-ust va burchakli birikmalarning burchak choklarini payvandlashda chok «qayiqcha» usulida payvandlash yo‘li bilan yaxshi shakllanadi.
2. Payvand birikmalar va payvand choklarning chizmalarda belgilanishi
Payvand birikmalar va choklarning turi, ularning o‘lchamlari va chizmada belgilanishi davlat standartlari bilan belgilab qo‘yilgan.
Chizmalarning rejalarida va yon tomondan ko‘rinishlarida ko‘rinadigan chokning joyi tutash chiziq bilan, ko‘rinmaydigan chokni punktir chiziq bilan belgilanadi. Ko‘ndalang kesimlarda chokning chegaralari tutash yo‘g‘on chiziqlar bilan, payvandlanadigan detallarning qirralari esa ingichka tutash chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Chokni uning tasvirida strelkasi bir tomonlama og‘ma chiziq bilan va ikkinchi uchida chokning shartli belgisini yozish uchun tokcha (polka) bilan belgilanadi.
11-rasmda kvadrat ichidagi raqamlar bilan belgilangan ma’lumotlar quyidagi elementlardan iborat: 1 – berk kontur bo‘yicha bajarilgan chokning shartli belgisi; 2 – payvandlashning ayni usulida chokning belgilangan standart belgisi; 3 – chokning harfiy-raqamli belgisi; 4 – payvandlash usulining shartli belgisi; 5 – burchak chokning kateti (katetning belgisi va o‘lchami, mm); 6 – uzlukli chok uchun payvandlanadigan uchastka ning uzunligi va chokning zanjirli yoki shaxmatsimon ekanligini bildiruvchi belgi; 7 – yordamchi belgilar (3.1-jadval). Belgilash elementlari bir-biridan defis bilan ajratiladi (yordamchi belgilardan tashqari).


Download 53.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling