Payvandlash transformatorlari
Payvandlash transformatorlari turlari
Download 59.03 Kb.
|
O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi I
2. Payvandlash transformatorlari turlari.
4.1-jadval Payvandlash transformatorlarining texnik tavsifi
Keyingisi energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun birlamchi chulg‘amga kondensatorlar parallel ulanganligi bilan oldingisidan farq qiladi. CHulg‘amlari suriladigan transformatorlar ko‘pincha yoy bilan dastaki payvandlash uchun qo‘llanadi. Bulardan tashqari sochilma oqimini va payvandlash tokini magnit shuntini burab – o‘zakning o‘rtadagi harakatlanuvchi zvenosini burab (STSH markali transformatorlar), o‘zgartiradilar, shuningdek, kichik gabaritli TDP, TSP, ADZ rusumli transformatorlarni qo‘llaydilar, bularda tokni ikkilamchi chulg‘am seksiyalarini qayta ulash bilan yoki qo‘shimcha chulg‘amlar yordamida rostlanadilar. Flyus qatlami ostida suyuqlanadigan elektrod bilan avtomatik va yarim avtomatik payvandlash uchun TDF rusumli maxsus transformatorlar ishlab chiqariladi (4.3-rasmga va jadvalga qarang). 4.3-rasm. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun TDF transformatori. Flyus ostida payvandlashni kattaroq tokda olib boradilar, shuning uchun yoy turg‘un yonadi va yoyni VAT ning o‘sib boradigan shaxobchasida chok sifatli shakllanadi. (4.4-rasm, 3 va 4 egri chiziqlar). Demak, transformatorning tashqi VAT sekin pasayadigan bo‘lishi lozim (2 egri chiziq VAT ning qiyaligini kattalashtirish payvandlash toki qiymatini kamayishiga olib keladi, bunda payvandlash jarayoni turg‘un bo‘lishi mumkin, chunki yoyning tavsifi manbaning VAT bilan A1 va A2 nuqtalarida kesishishi chap tomonga suriladi. 4.4-rasm. Ta’minlash manbalarining volt-amper tavsifi (1 va 2) va flyus ostida payvandlash turida uzunlikdagi (3 va 4) payvandlash yoyning tavsifi. TDF transformatorining sekin pasayadigan VATni chulg‘amli 4 (4.5-rasm) elektromagnit shunti 3 yordamida olinadigan, rostlanadigan alohida tok manbaidan ta’minlanadi. SHunt 3 po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan va transformator o‘zagi 1 ning ichida ko‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. o‘zakda har biri ikkita g‘altakdan iborat bo‘lgan birlamchi 2 va ikkilamchi 5 chulg‘amlar o‘rnatilgan. CHulg‘amlar o‘zakda ko‘zg‘almaydigan qilib maxkamlangan va joylashtirilgan, natijada kattalashtirilgan sochilma oqim Fs olinadi. 4.5-rasm. Elektromagnit shuntli transformatorning chizmasi: 1 - o‘zak, 2 – birlamchi chulg‘am, 3 – shunt; 4 – chulg‘amlar, 5 – ikkilamchi chulg‘am. Salt yurish rejimida birlamchi chulg‘ami 2 380 Vli tarmoq kuchlanishiga ulanadi. Payvandlash konturi ochiq, unda tok yo‘q, salt yurish kuchlanishi Usyu80 V bo‘ladi. Transformatorni Usyu =(1,5...3,0) Ud shartidan kelib chiqib hisoblanadi. YUklama rejimida, yoy yonganda transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 5, payvandlash simlari va yoydan iborat bo‘lgan payvandlash konturi berk, undan payvandlash toki o‘tadi. SHunt 3 chulg‘ami 4 da tok nolga teng bo‘lgan asosiy magnit oqimi Ft ning ko‘p qismi va sochilma oqim Fs shuntning magnit o‘tkazuvchi 3 orqali berkiladi, ikkilamchi chulg‘am 5 orqali o‘tmaydi. Bu holda payvandlash zanjirida tok eng kichkina miqdorni tashkil etadi. Agar shunt 3 chulg‘amida tok oshirilsa, Fs oqimi kamayadi, Ft oqimi kattalashadi, va payvandlash toki oshadi. SHunt chulg‘amida tok maksimal bo‘lganda Fs=0; Ft= Ft max va payvandlash toki ham maksimal. Hozirgi zamon payvandlash transformatorlarida shunt chulg‘amida va demak payvandlash tokini boshqarish juda tekis va tashqi po‘latdan distansion ravishda amalga oshiriladi. Qisqa tutashish rejimida payvandlash zanjiri elektrod va buyum orqali berkiladi. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun qisqa tutashish toki Išt =(1,3-1,5)Id; Bu shart TDF markali transformatorlarning barcha konstruksiyalarida bajariladi. Bu transformatorlarning texnik tavsiflari yaxshi (4.1-jadvalga qarang) lekin ular katta aktiv materiallar sarfini talab qiladi (shunt o‘zagiga transformator temiri va chulg‘amlari uchun mis) demak, ularning massalari katta bo‘ladi. Download 59.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling