|
|
Muxandis-pedagog | O‘quvchilar |
1-bosqich. Kirish
(5 daqiqa)
|
Dars mavzusi va maqsadini e’lon qiladi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligini va baholash mezonlarini tushuntiradi.
|
Eshitishadi.
|
2-bosqich O‘quv materiallari bilan tanishtirish
(20 daqiqa)
|
Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv materiallarini (7-bo‘limiga asosan) yoritadi va o‘quvchilar bilan yozma test o‘tkazadi (test kiritiladi).
|
Eshitishadi, kuzatishadi va testlar bilan ishlashadi.
|
3-bosqich Kirish yo‘riqnomasi (20 daqiqa)
|
Elektr va yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalarini eslatib o‘tadi. Ish joyini tashkil etishni tushuntiradi va namoyish etadi. Payvandlash rejimini tanlashni va jihozda o‘rnatilishini tushuntiradi va namoyish qiladi. Taxtalarni o‘rnatish, ilintirish va payvandlash ketma-ketligini tushuntiradi va namoyish etadi.
|
Eshitishadi va kuzatishadi.
|
4-bosqich
2-mashg‘ulot mashqni bajarish
(180 daqiqa)
3-mashq
(90 daqiqa)
4-mashq
(90 daqiqa)
|
Tekshirish maqsadida ish joylarini aylanib chiqadi:
1. Ish joyini xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda tashkil etilishi;
2. Taxtalarni payvandalashga tayyorlash (tozalash);
3. Payvandlash rejimini o‘rnatish;
4. 450 va 1350 burchak ostida taxtalarni o‘rnatish va ilintirish;
5. Taxtalarni payvandlash;
6. Payvand choklarni tozalash;
7. Bajargan ishlar sifati. O‘quvchilar tomonidan ish jarayonida xarakterli xatolarga yo‘l qo‘yilsa joriy instruktaj (ko‘rsatma) o‘tkazish kerak.
|
1. Ish joyini ishga tayyorlash.
2. Metallni payvandlashga tayyorlash (tozalash).
3. Payvandlash rejimini tanlash va jihozda o‘rnatish.
4. Taxtalarni 450 va 1350 burchak ostida o‘rnatish va ilintirish.
5. Payvand choklarni tozalash.
6. Bajarilgan ish sifatini nazorat qilish.
|
5-bosqich Yakuniy instruktaj
(ko‘rsatma)
(45 daqiqa)
|
O‘quvchilar bajarilgan ishlarni qabul qiladi va baholaydi. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasaydi. O‘quvchilarga mashg‘ulot davomida qo‘yilgan xatolarini ko‘rsatib o‘tadi va yakuniy baholarni e’lon qiladi. Keyingi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilib uyga nazariy materiallarni qaytarish uchun vazifa beradi.
|
Bajargan ishlarni topshirishadi. Mashg‘ulot yakunini tinglashadi va uyga vazifani yozib olishadi.
|