Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan payvandlash. Yoyning issiqlik harakteristikasi
Payvandlashda ro‘y beradigan metallurgik jarayolarning hususiyatlari
Download 0.62 Mb.
|
1479808517 66073
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payvand chokning tuzilishi
Payvandlashda ro‘y beradigan metallurgik jarayolarning hususiyatlariPayvandlashdagi metallurgik jarayonning hususiyati shundaki, butun jarayon deyarli yuqori temperaturada, juda katta tezlikda kichik hajmda boradi. YUqori temperatura ta’sirida elektrod metali, asosiy metall va elektrod qoplamasining suyuqlanish protsessi tezlashadi. Natijada, payvandlash zonasidagi ximiyaviy reaksiyalarda qatnashadigan moddalar anchagina oksidlanadi va qisman bug‘lanadi. Bir qator elementlar, jumladan, kislorod, azot, vodorod molekulalari yoyning yuqori temperaturasi ta’siridan qisman dissotsiyasiyalanadi. SHuning uchun ham payvandlash protsessida elementlar odatdagi metallurgik protsessdagiga qaraganda bir muncha tez oksidlanadi, metall azotga ko‘proq to‘yinadi va vodorodni tezroq singdiradi. SHuni ham qayd etish kerakki, kichik hajmdagi suyuqlantirilgan metall issiqligi atrofga tez o‘tishi sababli vannada o‘tadigan ximiyaviy reaksiyalar qisqa vaqt davom etadi. SHu sababli bu reaksiyalar hamisha batamom o‘tib ulgurmaydi. CHok metalining esa kristallanish protsessi nihoyatda tezlashadi. Bu esa o‘z navbatida payvandlab bo‘lgandan keyin hosil bo‘ladigan chok metalining strukturasiga, shuningdek, asosiy metalning chok yaqinidagi zonasi strukturasiga sezilarli ta’sir etadi. Payvandlash vaqtidagi metallurgik protsessning hususiyatlari shundan iboratki, u tez qizdirish va sovitishga juda ham sezgir, tez oksidlanadigan, g‘ovaklashishga, toblanishga moyil bo‘ladi. Payvand chokning tuzilishiPayvand chokning tuzilishini metall konstruksiyalarda ko‘proq ishlatiladigan kam uglerodli (S ≤ 0,3 %) po‘latlar misolida ko‘ramiz. Buning uchun payvand chok qirqimining yaxshilab silliqlangan yuzasiga maxsus eritma ta’sir ettirib, spirt bilan artilgach, uning turli strukturali ayrim zonalari yaqqol ko‘rinadi va bu zonalardagi struktura o‘zgarishlari qonuniyatini G‘e– G‘e3S diagramma asosida tushunish oson. Ma’lumki, metallarni payvandlash protsessida asosiy metall yoy temperaturasi ta’sirida qiziydi va qisman suyuqlanadi. Lekin, uglerodli po‘latni qizdirish temperaturasi 7270 S dan oshmaydigan zonasida uning payvandlashdan oldingi strukturasi qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qoladi. Demak, payvandlashda 7270 S dan yuqori temperaturagacha qizigan uchastkalarida struktura o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 3.6-rasmda sxematik tarzda kam uglerodli po‘latni yoy yordamida dastaki usulda payvandlanganda issiqlik ta’sir etadigan zonaning struktura o‘zgarishi keltirilgan. 3.6-Rasm. Kam uglerodli po‘latlarni yoy yordamida dastaki usulda payvandlashda issiqlik ta’sir etadigan zonaning struktura o‘zgarishi. Sxemadan ko‘rinadiki, suyuqlantirilgan chok metali (0-1 uchastka) temperaturasining yuыoriligi sababli bu zonada uzunchoq dentritaviy (daraxtsimon) kristallardan iborat bo‘lgan quyma metall strukturasi hosil bo‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling