P/cv ni kleman-dezorm metodi bilan aniqlash


Download 277.3 Kb.
bet14/14
Sana04.02.2023
Hajmi277.3 Kb.
#1159647
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
laboratoriya topshirig'i

Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.

  1. O’zgaruvchan tok chastotasi ortganda nima sababdan induktiv qarshilik ortadi?

Elektr kuchlanish deb – elektr maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensillar ayirmasiga aytiladi.
Elektr kuchlanish o’lchov birligi – volt (V), belgilanishi – U.
1 volt (V) = 0.001kilovolt (kV) = 1000 millivolt (mV)
ELEKTR QARSHILIK
Elektr qarshilik deganda - zanjirda oqib o’tayotgan tokning o'tishiga qarshilik 
qilish xossasi tushuniladi.
Qarshilik o’lchov birligi – om, belgilanishi – R.
1 Om = 0,001 kiloom (kOm) = 0,000001 megaom (MOm)
CHASTOTA (tebranish)
Tebranish chastotasi deb, vaqt birligi (1 sekund) ichida tokning to’la tebranishlar sonini ko’rsatuvchi kattalikka aytiladi.
O’lchov birligi – gers (Hz), belgilanishi f.
ELEKTR QUVVATI
Elektr tokining ma’lum bir vaqt oralig’ida bajargan ishi elektr toki quvvati deyiladi.
Elektr quvvati o’lchov birligi – vatt (Vt), belgilanishi – W.
Elektr quvvatini topish formulasi: W = I * U
ZANJIRNING BIR QISMI UCHUN OM QONUNI
Zanjirdagi tok kuchi kuchlanishga to’g’ri proporsional, qarshilikka teskari proporsionaldir.
Om qonuni formulasi: I = U / R
Download 277.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling