P/cv ni kleman-dezorm metodi bilan aniqlash


Download 277.3 Kb.
bet3/14
Sana04.02.2023
Hajmi277.3 Kb.
#1159647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
laboratoriya topshirig'i

Adiabatik jarayon (yunon. Adia-batos – oʻtib boʻlmas) – tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvisiz oʻtadigan termodinamik jarayon. Adiabatik jarayon oʻtishi uchun jism butunlay issiqpik oʻtkazmaydigan qatlam (chegara) bilan ajratilgan boʻlishi kerak. Tashqi muhit bilan sezilarli 192miqdorda issiqlik almashinib ulgura olmaydigan darajada tez oʻtadigan jarayonlar ham Adiabatik jarayonga juda yaqin boʻladi. Tovushning gazlar va boshqa jismlarda tarqalishi bunga misol boʻla oladi. Jism Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda uning ichki energiyasi kamayadi. Ideal gaz Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda (kengayganda) uning temperaturasi pasayadi. Aynan shu hodisadan gazlarni suyultirishda foydalaniladi. Toʻyingan bugʻ adiabatik kengayganida hoʻllanadi. Atmosferada sodir boʻladigan koʻpgina jarayonlarni Adiabatik jarayon deb qarash mumkin.



  1. Adiabatik jarayonda gazning ichki energiyasi qanday o’zgaradi ?

Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Bu qonunning bir nechta shakllari mavjud bo`lib, ularning eng soddasi Klauzius ta’rifini keltiramiz.
Issiqlik miqdori o`z-o`zidan past temperaturali jismdan yuqori temperaturali jismga o`tmaydi.
Amalda cheksiz katta bo`lgan okean suvlaridagi issiqlik miqdori, o`z-o`zidan temperaturasi suvnikidek pastroq bo`lgan jismgagina o`tishi mumkin.Issiqlik miqdorini, temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o`tkazish uchun esa qo`shimcha ish bajarish kerak.Shu bilan birga issiqlik miqdori ishga to`la aylanmay uning bir qismi atrof-muhitni qizitishga sarflanadi.Shu nuqtai nazardan ikkinchi qonunning qo`yidagi Plank ta’rifi ham e’tiborga molik: Tabiatda, issiqlik miqdori to`laligicha ishga aylanadigan jarayon bo`lishi mumkin emas.
Issiqlik ishga aylanishi uchun isitgich va sovutgich bo`lish darkor.Barcha issiqlik mashinalarida isitgichdan sovutgichga beriladigan energiyaning bir qismigina foydali ishga aylanadi.Unda issiqlik mashinalarining unumdorligi qanday kattaliklarga bog’liq va uni oshirish uchun nima qilmoq kerak degan savol tug`iladi.Bu savolga ikkinchi qonunning Karno ta’rifi javob beradi: ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti issiqlik beruvchi va issiqlik oluvchilarning temperaturalari bilangina aniqlanadi.
Termodinamika qonunlari amalda qanday mashinalar yasash mumkinligi va ularning unumdorligini orttirish uchun nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida yo`llanma beradi.
Ikkinchi tur perpetuum mobile. Ikkinchi tur perpetuum mobile okean suvlaridagi o`lkan miqdordagi energiyadan ish bajarmasdan foydalanish mumkin degan g`oyaga asoslangan. Termodinamikaning ikkinchi qonuni esa issiqlik miqdori faqat issiq jismdan sovuq jismga o`z-o`zidan o`tishi mumkin,teskarisi uchun esa qo`shimcha ish bajarish zarur deb ta’kidlaydi.Bu esa ikkinchi tur perpetuum mobileni yasash mumkin emasligini ko`rsatadi.
Agar ikkinchi tur perpetuum mobileni yasash mumkin bo`lganda insoniyat juda o`lkan energiya manbaiga ega bo`lardi.Okeanlarda mavjud kg suvning temperaturasini S ga pasaytirishga erishilsa bu j issiqlik miqdori ajratib olishga imkon beradi.Shuncha energiya beruvchi ko`mirni temir yo`l sostaviga yuklasak uning uzunligi km ni tashkil etadi.Bu esa qariyib quyosh sistemasining kattaliklariga tengdir.




  1. Download 277.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling