Pdf-faylidagi rasmiy manba
Download 143.49 Kb.
|
2583 14.05.2014
Ishga tushirish» va «STOP» yozuvlar bo‘lishi lozim.
212. Nasos stansiyasidagi knopkalar (tugmachalar) va qayta ulagichlar yong‘in va portlashdan himoyalanib hamda nam o‘tkazmaydigan qilib yasalgan bo‘lishi zarur. «Ishga tushirish» knopkasi (tugmachasi) pult yuzasidan 3 — 5 mm pastroq qilib, «STOP» knopka (tugmacha)si esa, qo‘ziqorin shaklida biroz kattalashtirilgan bo‘lib, pult yuzasidan (paneldan) bo‘rtib chiqib turgan bo‘lishi kerak. 213. Har bir nasos agregatiga manometr o‘rnatilishi lozim. Manometrsiz yoki nosoz manometrli nasoslarni ishlatish taqiqlanadi. 214. Nasos agregatida uni erga tutashtiruvchi tizimga ulashga xizmat qiluvchi moslama bo‘lishi, uning ustiga ertutashgich belgisi qo‘yilishi lozim. 215. Berk binodagi nasos stansiyalarida majburiy oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimi va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bo‘lishi lozim. 216. Nasos stansiyalardagi moylash vositalarining miqdori sutka ehtiyoji darajasida berkitiladigan metall idishlarda saqlanishi kerak. 217. Artish materiallarini qopqoqli metall qutilarga yig‘ib, keyinchalik qayta ishlatishga tayyorlash yoki yo‘q qilib yuborish mumkin. Moylash vositalarini uzoq muddat saqlashga ruxsat etilmaydi. 218. Nasoslarni ishlatishda podshipniklar va salniklar holatiga alohida e’tibor berish zarur. Podshipniklar etarli darajada moylangan bo‘lishi lozim va ular 600 S dan ortiq qizib ketmasligi kerak. Podshipniklar haroratini har soatda kamida bir marta tekshirib turish kerak. 219. Nasoslar va o‘tkazgich quvurlarning issiq yuzasiga artish materiallari yoki neft mahsulotlari shimilgan buyumlarni qo‘yish taqiqlanadi. 220. Nasoslarni ishlatishda nasoslarda va o‘tkazgich quvurlari germetik bo‘lishi hamda salnikli zichlagichlar va boshqa joylarida neft mahsulotlarini me’yordan ortiq miqdorda sizib chiqish holatlari darhol bartaraf etilishi zarur. 221. Nasos stansiyasidagi barcha uskunalarning ishqalanuvchi detallari o‘z vaqtida moylanishi kerak. Moylash paytida neft mahsulotining sachrab, oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 222. Ishlab turgan nasoslar ish rejimida biror nosozliklar (shovqin, haddan tashqari kuchli tebranish, podshipniklar qizishi, salniklardan neft mahsuloti sizib chiqishi va darzliklar) aniqlanganda, nasoslarning ishlashini darhol to‘xtatish zarur. Nosozlik sabablari aniqlanib, ularga barham berilmaguncha nasoslarni ishlatish taqiqlanadi. 223. Nasoslar ishini avtomatik tarzda nazorat qilish vositalari bo‘lmasa, asbob-uskunalarning ishlashini muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur. 224. Nasos stansiyasiga elektr energiyasi to‘satdan kelmay qolganda, dvigatellarni elektr tarmog‘idan tezda uzib qo‘yish kerak. 225. Har bir nasos stansiyasida avariya holati uchun asbob-uskunalar komplekti va akkumulyatorli fonarlar zaxirasi bo‘lishi hamda ular maxsus javonlarda saqlanishi kerak. 6-§. Texnologik o‘tkazgich quvurlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 226. Texnologik o‘tkazgich quvurlarini qurish va joylashtirishga doir umumiy xavfsizlik talablari QMQ 3.05.05-98 «Texnologik uskunalar va texnologik o‘tkazgich quvurlar»ga muvofiq bo‘lishi kerak. 227. Tashkilotning texnologik o‘tkazgich quvurlari texnologik sxemasida ularning er usti va er ostidagi o‘tkazgich quvurlarining hamda ularga o‘rnatilgan berkitish qurilmalarining joylashuvi ko‘rsatilishi lozim. O‘tkazgich quvurlarining joylashuv sxemasini tashkilot rahbariyatining ruxsatisiz o‘zgartirish mumkin emas. 228. Neft va neft mahsulotlarini o‘tkazgich tarmoqlari orqali transport qilish uchun faqat po‘lat texnologik o‘tkazgich quvurlarni qo‘llash kerak. Mazkur maqsadlar uchun shisha va boshqa mo‘rt materiallar hamda yonuvchi va qiyin yonuvchi materiallardan (ftorplast, polietilen, viniplastdan) yasalgan o‘tkazgich quvurlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. 229. Tashilayotgan (haydalayotgan) neft mahsulotining korroziyaga faolligi va ishlatishga mo‘ljallangan muddatiga ko‘ra o‘tkazgich quvurlarining devorlari qalinligining korroziya tufayli emirilishini hisobga olib tanlash kerak. 230. Neft va neft mahsulotli texnologik o‘tkazgich quvurlarini neft bazalari hududi bo‘ylab er yuzasiga, yonmaydigan konstruksiyalar, estakadalar, ustun va tayanchlarga o‘rnatib joylashtirish kerak. 231. O‘tkazgich quvurlarini bir-biriga ulash faqat payvandlash orqali amalga oshiriladi. O‘tkazgich quvurlar orqali qotib (quyuqlashib) qoladigan neft mahsulotlarini haydayotganda hamda armatura va texnologik uskunalar o‘rnatiladigan joylarda yonmaydigan materialdan yasalgan qistirmali flanetsli ulanmalarni qo‘llashga ruxsat etiladi. 232. O‘tkazgich quvurlarni puflash uchun inert gaz va bug‘ni o‘tkazgich quvurining boshlanish va oxirgi nuqtalariga ulash lozim. Bunda armatura va tiqinli shtutserlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 233. Yong‘in va portlashdan himoyalangan armaturaning elektr uzatmalarini kapital ta’mirlash ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda amalga oshiriladi. 234. Markazdan qochma nasoslar va kompressorlarning haydovchi (damlovchi) o‘tkazgich quvur tarmog‘iga haydalayotgan suyuqlikni teskari yo‘nalishda harakatlanib ketishining oldini olish maqsadida teskari klapan yoki shunga o‘xshash qurilma o‘rnatilishi, zarur bo‘lganda esa, saqlagich qurilmasini (klapan) o‘rnatish lozim. Texnologik o‘tkazgich quvurlarining berkituvchi-tartibga soluvchi armaturasiga ijroviy texnologik sxemaga muvofiq, uning tartib raqami yozib qo‘yilishi zarur. Berkituvchi, tartiblovchi va saqlovchi armaturalar ularga xizmat ko‘rsatishga va boshqarishga qulay hamda oson boriladigan joylarga o‘rnatilishi kerak. 235. Yer usti texnologik o‘tkazgich quvurlarining tayanchlari (ustunlari) va osma moslamalarining xavfli darajada osilib qolishi yoki avariya holati sodir etilishining oldini olish maqsadida ular doimiy nazorat ostida bo‘lishi kerak. 236. Texnologik o‘tkazgich quvurlari ustidan xodimlar o‘tadigan joylarga o‘tish maydonchalari yoki tutqichli ko‘prikchalar qurish lozim. 237. Texnologik o‘tkazgich quvurlarining lotoklari va transheyalari yonmaydigan materialdan yasalgan plitalar bilan berkitilishi zarur. 238. Texnologik o‘tkazgich quvurlarining lotoklari, transheyalari va quduqlari doimo toza holatda bo‘lishi, muntazam ravishda suv bilan yuvib turilishi shart. Quduqlar, kameralar yoki transheyada (lotoklarda) joylashgan berkitish armaturalari quduq yoki transheyaga (lotokka) tushmasdan yuqoridan turib ochib-yopish imkonini beruvchi moslamaga ega bo‘lishi kerak. 239. O‘tkazgich quvurlarning armaturalarini ochish yoki yopish uchun lomlar va quvurlarni ishlatish taqiqlanadi. 240. Texnologik o‘tkazgich quvurlarida berk (tupik) uchastkalar bo‘lsa, ular doimiy nazorat ostida bo‘lishi zarur. 241. Texnologik o‘tkazgich quvurlari va armaturalarni qizdirish uchun gulxan, mash’ala va kavsharlash lampalarini qo‘llash mumkin emas. Bunda qizdiriladigan uchastkani ishlab turgan tarmoqdan uzib (ajratib) qo‘yish va qaynoq suv va bug‘dan foydalanish kerak. 242. Texnologik o‘tkazgich quvurlarida sodir bo‘lgan tiqinlarni bartaraf etish uchun ishqalanish yoki quvurga urilish tufayli uchqun hosil qiluvchi po‘lat simlar va boshqa moslamalarni ishlatish taqiqlanadi. 243. Nostandart ulash detallari va armaturalarni qo‘llagan holda texnologik o‘tkazgich quvurlarini ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 244. Neft mahsulotlarini haydash paytlarida texnologik o‘tkazgich quvurlari va ularning armaturalarini ta’mirlash taqiqlanadi. 245. Neft mahsulotlarini haydovchi texnologik o‘tkazgich quvurlarida elektr statik hodisasi ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular erga tutashtirilishi lozim. 7-§. Laboratoriyalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 246. Laboratoriyalarni yong‘inga chidamlilik bo‘yicha kamida II darajadagi binolarga joylashtirish kerak. Laboratoriyalar boshqa ishlab chiqarish binolaridagi xonalarga joylashtirilganda, ular yonmaydigan devor bilan ajratib qo‘yilishi lozim. 247. Laboratoriyaning ishchi xonalari oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimiga va shkaflar hamda boshqa gaz ajralib chiquvchi manbalardan so‘ruvchi mahalliy moslamalarga ega bo‘lishi kerak. 248. Laboratoriyaning barcha xonalari doimo toza bo‘lishi kerak. To‘kilgan tez alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar yig‘ib olinib, mazkur joy tezda issiq suv bilan yuvilishi zarur. 249. Zaharli yoki yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan bug‘lar va gazlar ajralib chiqishi ehtimoli bo‘lgan barcha ishlar so‘ruvchi shkafda bajarilishi lozim. So‘ruvchi shkaflar ichida ochiq olovni qo‘llab ishlash zarur bo‘lganda, ish joyini qarovsiz qoldirish mumkin emas. 250. Neft mahsulotlari va boshqa tez alangalanadigan suyuqliklarni qizdirish zarur bo‘lganda, suyuqlik ko‘pirib va sachrab ketmasligi uchun uni suvsizlantirib olish lozim. 251. So‘ruvchi shkaflarni idishlar, asboblar va bajarilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan boshqa laboratoriya uskunalari bilan aralashtirib yuborish taqiqlanadi. Oynalari singan va shamollatish tizimi nosoz bo‘lgan so‘ruvchi shkaflarni ishlatish taqiqlanadi. 252. Yong‘in va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va so‘ruvchi shkaflar yonmaydigan material bilan qoplanib, qirg‘og‘i kamida 1 sm bortga ega bo‘lishi, faol kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan joylar esa, ular ta’siriga bardosh beradigan material bilan qoplanishi kerak. 253. So‘ruvchi shkaflar va idish yuvish xonalari yong‘in va portlashdan himoyalangan chiroqlar bilan yoritilishi kerak. Tok shtepsel qurilmalarini so‘ruvchi shkafdan tashqariga joylashtirish kerak. 254. Laboratoriya xodimlari neft mahsulotlari, yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan kimyoviy moddalar va materiallarni bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari zarur. 255. Yonuvchi va zaharli moddalarni qizdirish (isitish) bilan bog‘liq ishlarni bajarganda, laboratoriya xonasida kamida ikki kishi bo‘lishi kerak. Ish joyini qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Xodim ma’lum vaqtga ish joyini qoldirishi kerak bo‘lganda, isitish manbalari tokdan ajratib qo‘yilishi lozim. 256. Maxsus kiyimsiz yoki yog‘-moy bilan ifloslangan maxsus kiyimda ish bajarish taqiqlanadi. 257. Ish yakunida gaz va suv jo‘mraklari yopilganligi, gorelkalar, lampalar, elektr isitish asboblari, elektr motorlar, shamollatish tizimlari, elektr yoritqichlar manbadan uzilganliklari, rakovinaning suv bilan yuvilganligi, barcha yonuvchi moddalar omborga yig‘ilganligi, reaktivlar va materiallar turgan idishlarning og‘zi tiqinlar bilan berkitilganligi, laboratoriya xonasi va ish joylari yig‘ib-sarishtalanganligi tekshirilishi zarur. 258. Ish uchun zarur bo‘lgan neft mahsulotlari va reaktivlar kunlik ehtiyoj miqdorida saqlanishi mumkin. Ular so‘ruvchi shkaflar ichida saqlanayotgan bo‘lsa, ushbu shkaflarda tahlillar o‘tkazish taqiqlanadi. O‘zaro kimyoviy qo‘shilishi oqibatida yong‘in va portlash hosil qiluvchi moddalarni birga saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 259. Yong‘in xavfi bor moddalar (neft, benzin, benzol, spirt va boshqalar), neft mahsuloti namunalari, kislotalar va ishqorlar yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan xonalarda saqlanishi kerak. 260. Laboratoriyada bir turli gazli ballonni bittadan ortiq miqdorda saqlab turish taqiqlanadi. 261. Laboratoriyaning gaz tarmog‘i ish joyidagi jo‘mrak va kranlardan tashqari, binoning tashqarisiga qulay qilib joylashtirilgan hamda umumiy berkitish jo‘mragiga ega bo‘lishi lozim. 262. Ish joylari va so‘ruvchi shkaflardagi suv va gaz jo‘mraklari xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joyga o‘rnatilishi zarur. 263. Nosoz ulanmalar yoki jo‘mraklardan gaz sizib chiqayotganligi aniqlanganda, gaz tarmog‘idagi umumiy jo‘mrak yordamida gaz kelishi to‘xtatilib, gaz sizib chiqishiga barham berish va xona shamollatilishi lozim. Gaz tarmog‘idagi germetiklikni tekshirish uchun ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. Ballonlar yoki reduktor jo‘mraklaridagi nozichlik sovun ko‘pigi surtilib aniqlanadi. 264. Suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanilganda, ular quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan, yoritqich va isitgich uskunalaridan chiqayotgan issiqlik ta’sir qilmaydigan joylarga o‘rnatilishi (saqlanishi) lozim. Ballonlar maxsus xomutlar yordamida tik holatda o‘rnatiladi. 265. Yonuvchi gazli ballonlarni oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan maxsus binolarda (xonalarda) saqlash va o‘rnatish lozim. Usti berkitilgan ochiq joylarda maxsus javon yoki panjarali yaxshi shamollatiladigan shkaflarda saqlash yoki o‘rnatish kerak. 266. Neft mahsulotlari namunalari, tez alangalanadigan erituvchilar va reaktivlarni saqlash uchun so‘ruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan maxsus bino ajratilishi lozim. Namunalarni bino tashqarisiga o‘rnatilgan tabiiy shamollatiluvchi metall qutilarda saqlash mumkin. 267. Kimyoviy modda solingan har bir idishga mahsulot nomi yozilgan etiketka yopishtirilishi lozim. 268. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqliklar shisha idishlarga solinib, ular mahkam va zich qilib berkitilishi, solingan moddaning nomi va konsentratsiyasi yozilgan birkalar bog‘lab qo‘yilishi kerak. Mazkur shisha idishlarning og‘zini berkitmay tashish taqiqlanadi. 269. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqlik solingan idishni qo‘lda yoki elkada tashish mumkin emas. Bunda tajovuzkor (reaktiv) suyuqlik solingan idishni mexanizatsiyalashgan moslamalardan foydalangan holda maxsus zambillar yoki qo‘sh qavat taglikli korzinalarda ikki kishi bo‘lib tashilishi lozim. 270. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqlik solingan idishlarni o‘tish joylari va ko‘pchilik yig‘iladigan joylarda qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. 271. Tajovuzkor (reaktiv) suyuqliklarni bir idishdan boshqasiga quyishda yoki mayda idishlarga quyishda chetlari qayrib qo‘yilgan va havo chiqaruvchi naychasi bor maxsus xavfsiz voronkalardan foydalanish kerak. 272. Kislotalarni quyish, ishqorlarni eritish hamda ularni qo‘llash joylari mahalliy so‘ruvchi shamollatish tizimi, toza latta, sochiq, qo‘l yuvish uchun shlangli suv jo‘mragi va ko‘zni yuvish uchun suv favvorasi (fontancha) bilan jihozlanishi lozim. 273. Foydalanilgan neft mahsuloti qoldig‘i, tajovuzkor (reaktiv) suyuqliklar va zaharli moddalar maxsus metall idishga quyilishi va ish oxirida laboratoriyadan tashqariga chiqarib tashlanishi zarur. Mazkur suyuqliklarni rakovinalar va maishiy oqova tizimiga to‘kish taqiqlanadi. 274. O‘ta zararli va zaharli moddalar bilan ish olib borilayotgan binolarning shamollatish tizimi alohida va boshqa xonalarning shamollatish tizimiga ulanmagan bo‘lishi kerak. 275. Benzin, efir yoki boshqa yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan moddalar erga to‘kilganda hamda gaz hidi sezilganda, barcha gorelkalarni o‘chirish va gaz chiqayotgan manbani topish hamda nosozlikni bartaraf etish zarur. Bunda elektr asboblardan foydalanish taqiqlanadi. 276. Laboratoriya idishlarini yuvish joyi ishchi xonalardan boshqa bo‘lib, yonmaydigan yaxlit to‘siq bilan ajratilishi va alohida chiqish eshigiga ega bo‘lishi zarur. 277. Yuvish xonasiga kirishda, uning yong‘in va portlash xavfliligi darajasi bo‘yicha toifasini ko‘rsatuvchi va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishini taqiqlovchi xavfsizlik belgilari mavjud bo‘lishi kerak. 278. Yuvish xonasidagi idish yuvish joyi eritmalar saqlanadigan joyidan alohida hamda mahalliy so‘ruvchi shamollatish va umumiy oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 279. Yuvish joyiga o‘tkir kislotalar, ishqorlar va zaharli moddalar ishlatilgan idishlar topshirilishidan oldin to‘liq bo‘shatilishi va neytrallashtirilishi zarur. 280. Sulfat kislotasi konsentratsiyasini pasaytirish uchun kislotani mayda porsiyalar bilan suvga quyish kerak. 281. Kaustik sodaning uncha katta bo‘lmagan eritmasini tayyorlash uchun idishga oldin suv quyib, so‘ngra unga kaustik soda bo‘laklarini solinishi va to‘liq eriguncha aralashtirib turilishi zarur. 282. Kaustik soda eritmasini qo‘lda sinmaydigan, berkitiladigan idishda yoki maxsus katakchalarga joylashtirilgan, tagiga yumshoq materialdan taglik qo‘yilgan shisha idishlarda tashish mumkin. 283. Xlorli ohak va ohakli eritmani tashish, maydalash va tarozida tortishda xodimlarga xalat, respirator, himoya ko‘zoynaklari, gazniqob va qo‘lqoplar berilishi kerak. 284. Zaharli moddalarni laboratoriya rahbarining ruxsatisiz berishga ruxsat etilmaydi. 285. O‘yuvchi moddalar inson tanasiga tekkanda, zudlik bilan jarohatlangan joy kuchli suv oqimi bilan yuvilishi kerak. 286. Oziq-ovqat mahsulotlari maxsus ajratilgan joylarda iste’mol qilinishi zarur. Tajovuzkor (reaktiv) moddalar bilan ish bajariladigan xonalarda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdan oldin qo‘llar yuvilib, maxsus kiyim echib qo‘yilishi lozim. 287. To‘kilgan kislota ustiga qum sepilib, kislota shimilgan qum kurak bilan tozalanib, o‘rniga soda yoki ohak to‘kilib, suv bilan yuviladi va quruq latta bilan artiladi. 288. O‘yuvchi moddalar, kislotalar, ishqorlar bilan ishlashdan oldin kran ochilib, suv oqizib qo‘yilishi yoki suv zaxirasiga ega bo‘lishi lozim. 289. Ichida bosim yoki vakuum hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shisha idishlar g‘ilof bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. 290. Shisha tayoqcha va naychalarni sindirishda hamda ular uchiga rezina naychalarni kiydirishda sochiqdan foydalanib ishlash kerak. Bunda shisha naychalar va tayoqchalarning uchini olovda eritib olish zarur. 291. Shisha naychalarni tiqin ichiga kiritishda, naychani tiqin ichiga kiradigan tomoniga yaqin joydan ushlash kerak. Naycha tiqinga kirishini osonlashtirish uchun tiqindagi teshikni suv yoki glitserin bilan ho‘llash lozim. 292. Laboratoriyaning bino va xonalarida chekish, ochiq olovdan foydalanish, polni benzin yoki kerosin bilan yuvish, korjoma, lattalarni isitish konstruksiyalari ustida quritish, bug‘li isitish quvurlari ustida tez alangalanadigan neft mahsulotlari bilan ishlash, to‘kilgan neft mahsulotini yig‘ishtirib olmay qoldirish, yonuvchi suyuqliklarni rakovina va yuvinish joylariga to‘kish taqiqlanadi. 293. Ish stollari, shkaflar, deraza tokchalarini neft mahsuloti solingan idishlar bilan to‘ldirib tashlamaslik kerak. 294. Yog‘-moy artilgan lattalar, qipiq va boshqa shunga o‘xshash materiallar qopqoqli temir qutilarga to‘planib, ish yakunida maxsus ajratilgan joyga chiqarib tashlanadi. 295. Olov bilan bog‘liq ishlarni bajarishda laboratoriyada kamida ikki kishi bo‘lishi kerak. 296. Olovli ishlarni bajaradigan ish stoli yuzasi tunuka, kafel yoki linolium bilan qoplanishi, isituvchi asbob tagiga asbestning qalin listi qo‘yilishi lozim. Tez alangalanadigan suyuqliklarni bevosita alanga ustida qizdirish taqiqlanadi. 297. Tez alangalanuvchi xavfli moddalarni olovli ishlar bajarilayotgan binoda bir idishdan boshqasiga quyish, yonuvchi materiallarni gorelkalar va boshqa isitish asboblari yonida saqlash mumkin emas. 298. Etillangan mahsulotlarni tahlil qilish bilan band bo‘lgan xodimlarning ish kiyimlari degazatsiya qilinishi va har oyda kamida ikki marta yuvilishi kerak. 299. Degazatsiya kamerasi bo‘lmaganda, ish kiyimlari kerosinga botirilib ikki soat ushlab turilib, siqib tashlanishi va suvda qaynatilib, issiq suv bilan yaxshilab yuvilishi va shundan keyin umumiy yuvish joyiga topshirilishi lozim. 300. Etillangan benzinni yondirgichlarning yoqilg‘isi sifatida yoki laboratoriya ishlarida eritgich sifatida ishlatishga, qo‘l va laboratoriya idishlarini yuvishga ruxsat etilmaydi. 301. Simobli asboblar va boshqa tarkibida simob bo‘lgan uskunalardan SanQvaM 0247-08 «Simob bilan va simob solingan asboblar bilan ishlashga mo‘ljallangan ishlab chiqarish va laboratoriya xonalarini loyihalash, barpo etish, foydalanishga doir sanitariya qoidalari»ga muvofiq foydalanish lozim. 302. Laboratoriya binosi singan termometrlar, manometrlar va boshqa asboblardagi simobning to‘kilishi tufayli ifloslanganda, simob tomchilari (zarra) yaxshilab yig‘ib olinishi zarur. Mayda tomchilar ho‘llangan filtrlash qog‘ozi yoki gazeta vositasida hamda mis yoki oq tunukadan yasalgan plastinkalar va amalgamatsiya qilingan mo‘yqalam yordamida yig‘iladi. 303. Qog‘ozga yoki mo‘yqalamga yopishgan simob zarralari suvli idishga silkitib tushirilishi kerak. Turli tirqishlar, yoriqlar va bo‘shliqlarga kirib qolgan simobni faqat kimyoviy usulda (demerkurizatsiyalash) tozalash mumkin. Demerkurizatsiya xlorli temirning 20 foiz suvli eritmasi bilan zararlangan yuzani ho‘llab chiqib, bir sutkaga qoldirish yoki yuzani dixloraminning to‘rt xlorli ugleroddagi 5 foiz eritmasi bilan 10 soatga ho‘llab qo‘yish va qo‘shimcha ravishda natriy polisulfidining 5 foiz eritmasi bilan yuvilgan holda amalga oshiriladi. 304. Yuza tozalagandan keyin bir necha marta sovunli, toza suv bilan yuvilishi lozim. Demerkurizator temirning xlorli eritmasini bo‘yalgan yuzalarga ishlov berishda ham qo‘llanishi mumkin. 305. To‘kilgan simobni yig‘ishda ishlatilgan cho‘tkalar, chelaklar, lattalarga maxsus usul bilan ishlov berilishi va zararsizlantirilishi kerak. 306. Laboratoriya binosida, toza va quruq qum, qum uchun kurak, kigiz yoki asbest matosi va o‘t o‘chirgichlar kabi birlamchi vositalar bo‘lishi kerak. Alangalanib ketgan neft mahsulotlarini suv bilan o‘chirish mumkin emas. Yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari binoga kirish joyiga o‘rnatilishi lozim. 307. So‘ruvchi shkaflarda alanga sodir bo‘lganda, shamollatish tizimi darhol to‘xtatilishi, elektr isitish asboblari manbadan ajratilishi yoki yonayotgan gaz gorelkasi o‘chirilishi va alangani bartaraf etish choralari qo‘llanishi lozim. Yong‘in ro‘y berganda yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar berilishi zarur. 308. Laboratoriya binosida begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 8-§. Qozonxonaga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 309. Qozonxonaning isitish va shamollatish tizimi QMQ 2.04.05-97 «Isitish, shamollatish va konditsionerlash» talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling