Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   242
Bog'liq
konf02

Фойдаланилган адабиёт. 
1. Cecília Sík Lányi. Virtual reality and environments. First published 
April, 2012. Printed in Croatia. Published by InTech.ISBN 978-953-51-
0579-4, p.31-36 
ZAMONAVIY TAQDIMOT MUHARRIRLARI VA ULARNING 
IMKONIYATLARI 
Kadirova L.A. 
Andijon davlat universiteti
Power Point dasturi Microsoft firmasining prezentatsiyalar (taqdimot 
qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy 
vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish, ba’zi 
joylarda esa, undan ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Ms 
PowerPoint ning asosiy raqobati bu AppleKeynote. Bu dasturni biznes muhitda 
hamda shahsiy foydalanishda keng qo‘llanishining asosiy sababi bu – Apple 
mahsulotining mashxur - «foydalanish oson» (“ease of use”) degan hususiyatidir. 
Bundan tashqari, slayd shablonlarning boy dizaynini, sifatli grafik elementlari 
qo‘shilganligini va iWork paketi (tarkibida Keynote dasturi mavjud) bepul 
tarqatilganligini va boshqa hususiyatlarni hisobga olsak, Keynote dasturi sifat 
bo‘yicha Ms PowerPoint dan bir bosh yuqori turuvchi dastur ekanligini e’tirof 
etishga majbur bo‘lamiz. Taqdimotlarni Google Disk da ya’ni, bepul “bulutli” 
ofisda ham yaratish mumkin. Aslida, Google Diskda taqdimot yaratish harakati 


181 
uni Power Point da yaratilishi bilan bir hil. Farqi esa, faqat uning onlayn 
bo‘lganligida va interfeys o‘zgarganligida ya’ni, kisqarilganligida. Shuningdek, 
yuqoridagilarga ko‘ra Google Taqdimotlar Muharriri bu – «kambag‘allar uchun 
mo‘ljallangan Power Point»dir: be¬pul va imkoniyatlari chetlangan lekin, 
slaydlar-taqdimotini yaratish uchun yaroqli muharrirdir. Vaholanki, ko‘chliroq 
harakat qilsangiz unda Google Diskda xam ajoyib narsalarni hosil qilishga 
erishasiz!
Prezi - chet elda keng tarqalgan flesh-taqdimotlarni yaratish imkonyatiga 
ega bo‘lgan soft. Prezi muharrirning asosiy hususiyati bu – slayddan slaydga 
ajoyib o‘tish usulidadir. Ya’ni, taqdimotni bitta yagona “surp”da joylashadi va 
uning ustida belgilangan soxalarni yaqinlashtiruvchi va uzoqlashtiruvchi 
“kamera” aylanib turadi. Shuningdek, taqdimot va uning tarqibi yuqoridan butun 
holatda yaxshi ko‘rinadi. Bundan tashqari, Prezi da ko‘pgina tayyor bezatilgan 
andoza (shablon)lar ya’ni, tem¬pleytlar mavjud. Bunga qaramay siz o‘zingiz
istagan ko‘rinishidagi vizu-alli shablonni mustaqil ravishda yaratishingiz ham 
mumkin. Dasturni, uning funksional hususiyatlariga ko‘ra, barcha imkoniyatlarini 
o‘zlashtirish oson emasdir. Lekin, uni murakkab deb aytib ham bo‘lmaydi. Prezi 
da mavjud bo‘lgan effektlar oddiy hisobotlar uchun ishlatilishi shart emas. Bu 
vositadan asosan ko‘chli ta’surotni qoldirayotgan taqdimotlarni yaratish uchun 
foydalanadi.
Haiky Deck taqdimotlar muharriri bu – taqdimotlar yaratish hamda 
ularning tarkibini soddalashtirish harakatidagi muharriridir. Dastur dzen-
taqdimotlar tamoyillariga tayanadi. Mashxur g‘arbdagi ekspert Garr 
Reynoldsning gapiga ko‘ra, ularning asosiy g‘oyasi bu - slayddagi axborot 
hajmining mini¬malligida ya’ni, slayd tarkibida - bitta g‘oya va uni qo‘llab 
quvvatlaydigan vizualli vosita (tasvir, diagramma yoki chizma) joylashadi. Haiky 
Deck yordamida kam hajmli ma’ruzani bayon qilish uchun slaydlarni va 
murakkab bo‘lmagan taqdimotlarni yaratish jo‘da osondir. Dastur interfeysi 
sodda bo‘lib, ko‘pgina sifatli bezatish shablonlarga ega. Lekin bunda shablonlarni 
tahrir qilish imkoniyatlari chetlangan. Ilova bepul tarqatiladi. Bundan tashqari,
iPad uchun versiyasi mavjud va Web-platforma ham faol sinovdan 
o‘tkazilmoqda. Daromadni esa, qo‘shimcha pulli shablonlarni sotib yuborishdan 
ko‘rish rejalashtirilganiga o‘hshaydi. Chunki, shablonlarni bir necha dollarga 
harid qilish mumkin. Haiky Deck bu – oddiy va chiroyli taqdimotni yaratishni 
hohlovchilar uchun eng sodda yechimidir.
Slides – taqdimotlarni yaratish uchun atrofimizdagi raqamli muhitiga 
yo‘naltirilgan yangi zamonaviy vositasidir. Bunda barcha taqdimotlar HTMLda 
yaratiladi. Bu degani esa, ularni ihtiyoriy qurilmada o‘qish mumkin. Bundan 
tashqari, HTML-kodlanishi taqdimotni tahrir qilish (kodlarni to‘g‘rilash) va unga 
Internetdan ihtiyoriy kontent qo‘shish (embed) imkonini beradi. Darhaqiqat, 
taqdimotni bevosita brauzer oynangizda namoyyon etish, uni ihtiyoriy qurilma 
orqali boshqarish yoki Dropbox bilan akkauntni sinxronli bajarishini ta’minlab 
offlayn versiyasini tortish va undan foydalanish ham mumkin. Umumiy 


182 
qaraganda bu muharrirning interfeysi murakkabligiga qaramay, uning vositalari 
jo‘da ham qiziqarli. Bunda slaydlarni chiziqli yo‘nalishida emas balki chiziqsiz 
ya’ni, chapdan o‘ngga, tepadan pastga va teskarisiga hamda “qatlamlar”ni yaratib, 
ularni qulay navigasiyasi orqali ko‘rish imkoni bor. Slides da asosiy funksiyalarga 
ega bo‘lgan bepul versiyasi mavjud. Lekin to‘laqonli mahsulotdan oyiga 
boshlang‘ich narhi $6 dan to‘lovini amalga oshirish yo‘li bilan foydalanish 
mumkin. Chunki, barcha taqdimotlar faqat onlayn tartibida yaratiladi. Ularni 
boshqa qurilmalarda yaratish emas balki faqatgina ko‘rish imkoni nazarda 
tutilgan.
SlideDog bu – Power Point yoki Keynote ga o‘xshamagan muxarrirdir. 
Bunda taqdimotni yaratish imkoni yo‘q lekin, SlideDog yordamida siz o‘zingizda 
mavjud bo‘lgan kontentdan qulay pley¬list yaratish imkoniga ega bo‘lasiz. Power 
Point va Keynote dagi taqdimotlar, .PDF fayllar, Prezi, video¬ro¬liklar, tasvirlar 
va Web-sahifalar endi ihtiyoriy tartibda bitta butun taqdimotda joylashish 
mumkin. Endi ihtiyoriy materialni namoyish etishini boshqaruvni boshqa 
dasturlarga uzatmasdan ya’ni, hech qanday muammosiz amalga oshirish mumkin! 
SlideDogning bepul versiyasi ham mavjud, lekin uning imkoniyatlaridan 
professional darajada foydalanish uchun oyiga $8,33dan boshlab abonent 
to‘lovini amalga oshirish zarurdir!
Projeqt bu o‘z hususiyatlari bilan Slides ga o‘hshagan vosita. Projeqt da 
taqdimotni jonlashtiruvchi Webdagi ihtiyoriy interfaol elementi (masalan, jonli 
RSS-tasma, Google dagi harita, onlayn-so‘rovnomalar, Youtube dagi video yoki
Sound Cloud dagi musika)ni joylash imkoni bor.
Shuningdek, bu taqdimotlar muharrirlari bugungi kunda o’z alohidagi 
o’rniga ega bo’lgan dasturlardir. Ulardan turli xil maqsadlarda va, shu jumladan, 
belgilangan tartibda o’quv jarayonida ham foydalanish imkoni bor va mazkur 
maqolada ushbu imkonlaridan unumli foydalanish uchun tegishli ma’lumotlar 
berilgan degan umidaman! 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling