Pdf-xchange 0 Examples


AUDIO – VIZUAL METODDAN CHET TILI DARSLARIDA


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   242
Bog'liq
konf02

AUDIO – VIZUAL METODDAN CHET TILI DARSLARIDA 
FOYDALANISH AFZALLIKLARI 
Boqiyeva M 
Andijon davlat universiteti 
Audio – vizual metod XX asrning ikkinchi yarmida rivojlana boshladi.
Audio vizual metod chet tilida o‘rganilayotgan hamma til materiallarini
rasmini yoki ekranda ko‘rsatish va tinglatish orqali chet tilini o‘rgatadi.
Audio – vizual metod quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1) 
Jonli tilning dialogik shakli olingan. 
2) 
O‘qish – o‘rgatishning asosi og‘zaki nutq deb qaralgan. 
3) 
Yangi materiallarning butun strukturalarini tinglash, ko‘rish orqali
berilgan. 
4) 
Yangi til materiallarining o‘zlashtirish taqlid qilish, yodlash,
o‘xshashligi bo‘yicha yangi strukturalarni tuzish orqali bo‘lgan. 
Audio – vizual metod orqali chet tili o‘rgatishda o‘quvchilar
o‘rganayotgan materiallarni bir vaqtning o‘zida ham tinglaydi, ham ekranda
yoki rasmlarda ko‘radi. O‘qitish faqatgina chet tilida olib borilib, tinglash,
ko‘rish, texnik vositalarni keng qo‘llashga mo‘ljallangan. Metod quyidagi
2 ta bosqichni o‘z ichiga oladi: 1) retseptiv ish. 2) reproduktiv ish. 
Retseptiv ishda o‘quvchilar suhbatni chet tilida 2 – 3 marta tinglaydi,
ko‘radi. Yodida saqlashga harakat qiladi. Reproduktiv ishda esa o‘quvchi


195 
suhbatni ovozsiz ko‘radi, so‘zlovchining o‘rniga gapiradi, qaytaradi. So‘ngida
esa o‘quvchilar uni kengaytiradilar. 
Dialogni o‘rgatish 4 ta bosqichga bo‘linadi. 
1) 
Materialni taqdim qilish. Diafilmni ovozli va ovozsiz ko‘rish. 
2) 
Tushuntirish. Diafilmni yana ko‘rsatib tushuntirish,
tushunganlikni tekshirish va tushunmagan joyi bo‘lsa yana tushuntirish. 
3) 
Qaytarish. O‘quvchilarni tinglagan materialni taqlid qilishga
o‘rgatish. 
4) 
Faollashtirish. Diafilmni ovozsiz ko‘rib gapirish, so‘zlash. 
Bu metod asosida og‘zaki nutqni o‘rgatish yotadi. Nutq vaziyatlari,
gap metodlari esa chuqur o‘ylanib tanlab olinadi.
Talaffuz farqini o‘rgatishda tinglash – ko‘rish vositalardan
foydalanishni G.V Rogova quyidagicha ko‘rsatadi. 
1) tovushning farqini ko‘rsatuvchi so‘zni ifodalaydigan rasmni,
predmetni ko‘rsatib, talaffuz qilish orqali. O‘qituvchi rasmni ko‘rsatadi yoki
doskaga rasmni chizadi. 
2) harakatni ko‘rsatish orqali. 
3) tovush belgisini ko‘rsatish orqali. Talaffuzni o‘rgatish urg‘uni,
ohangni ham o‘z ichiga oladi. 
O‘quv yurtlarda so‘zlarni, urg‘uni hisobga olib, ko‘tariluvchi va
pastlovchi ohanglarda jumla, gaplarni talaffuz qilish o‘rgatiladi. Buning
uchun taqlid qilsh metodi keng qo‘llaniladi. O‘qituvchi urg‘uni hisobga olib
so‘zlarni ko‘tariluvchi, pasayuvchi ohanglarda jumla, gaplarni talaffuz qilib
yoki texnik vositalardan foydalanib, yakka bo‘lib, yakka talaffuz, taqlid
qilish orqali o‘rgatadi. Tovushlar, fonetik materiallar tanishtirilgandan keyin
ularni nutq faoliyatlarida qo‘llay olishlari uchun nutq faoliyatlarida
o‘zlashtirish, mustahkamlash mashqlari bajariladi.
Demak, matnni audio-vizual o’rganish barcha chet tilidagi tovushlarni 
o’sha til aslidek talaffuz qilish va matnni tezroq tushunish imkonini beradi. Bunda 
o’quvchi so’z boyligi ham ortadi va albatta ko’rib bajargan matn tez 
o’zlashtirishga qulay bo’ladi. Chet tili darslarida audio-vizual metoddan 
foydalanish o’z samarasini beradi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling