Pdf-xchange 0 Examples


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   242
Bog'liq
konf02

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. 
Bloxinsev D.I. Osnovi kvantovoy mexaniki 
2. 
G.X.Xoshimov, R.Ya.Rasulov. Termodinamika va statistik 
fizika asoslari. 


193 
XORIJIY TILLARNI O`QITISHDA INNOVATSION AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI 
Abdurahmonova M 
Asaka qishloq xo’jalik KHK 
Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois 
chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning 
ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. 
Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet 
tillarga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha 
oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shu bilan 
bir qatorda ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot
resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni
rivojlantirishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ko’zda tutilgan. Chet 
tillarni 
izchil 
o’rganishda 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Bunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanish 
nazarda tutiladi. Shunday vositalardan biri - interfaol elektron doskadir. Ushbu 
doskalar ijodkor o’qituvchilar uchun darslarni qiziqarli, noan’anaviy tarzda 
tashkil etish hamda har qanday murakkablikdagi mavzularni o’quvchilarga oson 
tushuntirish imkonini beradi. Undagi ko’plab tasvirli rolik va ovozli fayllar esa 
o’quvchilarga o’qish, yozish, sanashga oid ko’nikmalarini shakllantirish, nutqni 
soddalikdan murakkablik sari rivojlantirib borishga ko’maklashadi. 
Bugungi kunda interfaol elektron doskalarning bir qator, jumladan, 
“SensBox”, “Interwrite DualBoard” va “Uboard” turlari mavjud bo’lib, ular 
respublikamiz maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot maydonlarida 
muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan. Albatta, bu kabi o’quv-texnika vositalarini 
amaliyotga keng joriy etish, birinchi galda, o’qituvchilardan ma’lum ko’nikma va 
ulardan samarali foydalanishni talab etadi.
Hozirgi zamonda dars berishni kompyutersiz, texnik vositalarsiz 
tasavvur qilib bo`lmaydi o`qituvchi ijodkor, tashabbuskor bo`lmasa, o`z ustida 
mukammal ishlamasa, uning o`quvchilari uni bilim jihatdan kuchli o`qituvchi 
sifatida qabul qilmaydi. Faqat kitob yoki bo`r bilan ishlash orqali yuqori natijaga 
erishib bo`lmaydi. Chet tili darslarida kommunikativ usul orqali o`quvchilarning 
nutqini o`stirish, kompyuterda tayyorlangan tarqatma materiallarni ya`ni: kvizlar, 
mashqlar, chaynvordlar, rasmli topishmoqlar, mini testlar va anketa 
so`rovnomalar orqali o`quvchilarning bilimlarini grammatik va stilistik jihatdan 
sinash mumkin.
Bir mashhur Amerikalik o`qituvchi ta`kidlab o`tganidek: “Yaxshi 
o`qituvchi darsga uyda tayyorgarlik ko`rib kelib darsda dam oladi”. Demak, 


194 
o`qituvchi darsga kerakli materiallar bilan qurollangan bo`lsa u faqatgina 
o`quvchilarni ishlatib ularning vaqtini bekor o`tishiga yo`l qo`ymaydi shu bilan 
birga u darsning qiziqarli o`tayotganidan zavqlanadi, bunday o`qituvchi kelajakda 
yuksak muvaffaaqiyatlarga erishadi. 
Hozirgi kunda axborot va pedagogik texnologiyalarni o’quv 
jarayonlarida qo’llash jahon amalyotida keng tarqalmoqda. Bu sohada ayniqsa 
AQSH, Angliya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Indoneziya kabi 
mamlakatlarda bir qancha yutuqlarga erishilmoqda. Mustaqil O’zbekiston 
Respublikasida ham yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim 
tizimini tubdan isloh qilishda, yangi pedagogik texnologiyalarga alohida o’rin 
ajratilgan. Maqsad — pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda 
xalq xo’jaligining barcha sohalarida faol ish yurita oladigan kadrlar yetkazishdan 
iborat.
Bularni amalga oshirishda o’quv jarayonida komputer texnikasidan, 
zamonaviy informatsion texnika vositalaridan foydalanish, shu bilan birgalikda 
astoydil izlanib, elektron darsliklar, o’quv darsiklarining elektron versiyalarini
yaratish, virtual stendlardan foydalanish lozim. Bu talabalarning dastur 
materiallarini izchillik bilan to’la o’zlashtirib, olgan bilimlarini amalda tadbiq 
qilish imkoniyatini beradi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling