Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqtani koordinatalar tekisligida tasvirlash dasturi
- funksiyaning grafigini chizish dasturi
- Kalkulyator dasturi ”, “Miqdoriy bog‘lanishlarni
Фойдаланилган адабиётлар:
1) B.Stroustrup. Programming principles and practice using C++. Second Edition. Addison Wesley 2014. CHIZIQLI FUNKSIYA VA UNING GRAFIGI MAVZUSINI O’QITISHDA ELEKTRON ISHLANMADAN FOYDALANISH Tangirov X.E, talaba Bahodirov Z.I Jizzax davlat pedagogika instituti, xurramziyo@umail.uz Elektron darslik (qo‘llanma) o‘quv jarayoni sifatini oshirish, o‘qituvchi mehnatini yengillashtirish, o‘quvchi-talabalarni bilim darajasini oshirish, o‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish uchun keng yo‘l ochib beradi. Shularni e’tiborga olgan holda umumta’lim maktablarining fizika, matematika, 30 informatika, iqtisodiy bilim asoslari, geografiya, ona tili va adabiyot, o‘zbek tili (rus guruhlari uchun) fanlaridan elektron darsliklar yaratishga kirishildi. Bu jarayonda o‘qituvchi, psixolog, tahlil natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis (testolog), dizayner yoki web-usta, kodlovchi (dasturlovchi) qatnashishi nazarda tutilgan. Ana shunday muammolarni bartaraf etishda elektron ishlanma yaratish ma’lum ma’noda maqsadga intiltiruvchi yo‘l hisoblanadi. Bu borada yoritib berilayotgan 8-sinf algebra darsligi “Chiziqli funksiya va uning grafigi” bobi uchun yaratilgan elektron ishlanma shular jumlasidandir. Bu borada maxsus dasturlardan, dasturlashtirish tillaridan foydalanildi. Kompyuterda gipermatnli sahifalarni HTML dasturlash tilida yaratildi, mavjud grafik dasturlardan “Photoshop”, “Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft Power Point” kabi dasturlar yordamida esa tushunchalarni animatsion ko‘rinishda tasvirlandi. Shuningdek, Visual Basic 6, Borland Delphi 7, C# kabi zamonaviy dasturlashtirish tillari orqali dasturlar tuzildi, barchasi mujassam holda elektron ishlanma yaratish imkonini berdi. “Chiziqli funksiya va uning grafigi” mavzusini o‘rganishda elektron ishlanmadan foydalanish uchun dastlab maxsus papkadagi dasturning algebra8.exe fayli ishga tushiriladi. Unda gorizontal menyu va vertikal menyu qismlari mavjud. Bosh sahifaning gorizontal menyu qatorida joylashgan “Dasturlar” bo‘limi tanlansa, maxsus dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Undagi “Nuqtani koordinatalar tekisligida tasvirlash dasturi”, “y=kx funksiyaning grafigini chizish dasturi”, “y=kx+b funksiyaning grafigini chizish dasturi”, “Ikki noma’lumli ikkita chiziqli tenglamalar sistemasini analitik usulda yechish dasturi”, “Ikki noma’lumli ikkita chiziqli tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish dasturi”, “Kalkulyator dasturi”, “Miqdoriy bog‘lanishlarni tasvirlash dasturi”, “O‘lchov birliklari dasturi” kabi dasturlardan birortasini tanlash orqali mavzuga doir grafiklarni chizish yoki hisob ishlarini bajaruvchi maxsus dastur ishga tushadi. Ushbu dasturlarni ko‘rib chiqamiz. 1. “Nuqtani koordinatalar tekisligida tasvirlash dasturi”. Uning chap tomonida X va Y ning qiymatini kiritish so‘raladi. Kiritilgan qiymatlarga qarab, nuqtaning qaysi chorakda joylashishi ko‘rsatiladi. Masalan, X = –5 va Y = 8 qiymatlarni kiritib, nuqtani yasash tugmasi bosilgach, quyidagi tasvir paydo bo‘ladi. 2. “y=kx funksiyaning grafigini chizish dasturi”. Dastur ishga tushirilgach, dasturning chap tomonida k ning qiymatini kiritish so‘raladi. Kiritilgan qiymatlarga qarab, to‘g‘ri chiziq qaysi choraklardan o‘tishi ko‘rsatiladi. Masalan, k = –3 va k = 2 bo‘lgan holatlarni ko‘rishda, oynaga shu qiymatlarni kiritib, grafikni chizish tugmasi bosiladi. Natijada k = –3 bo‘lganda to‘g‘ri chiziqning joylashishini, so‘ngra k = 2 bo‘lganda to‘g‘ri chiziqning joylashishini ko‘rsatuvchi quyidagi grafiklar paydo bo‘ladi. 31 3. “y=kx+b funksiyaning grafigini chizish dasturi”. U ishga tushirilgach, dasturning chap tomonida k va b ning qiymatini kiritish so‘raladi. Kiritilgan qiymatlarga qarab, to‘g‘ri chiziqning k bo‘yicha yuqoridagidek joylashishi, b bo‘yicha esa necha birlik yuqoriga yoki pastga siljishi ko‘rsatiladi. Masalan, k = –2 va b = 4 qiymatlarni kiritib, grafikni chizish tugmasi bosilgach, quyidagi grafik paydo bo‘ladi. Ushbu dasturlar o‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga munosib hissa qo‘shadi. Shuningdek, “Kalkulyator dasturi”, “Miqdoriy bog‘lanishlarni Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling