Pdf-xchange 0 Examples


MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMDA ZAMONAVIY TA’LIM


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   242
Bog'liq
konf02

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMDA ZAMONAVIY TA’LIM 
DASTURLARI VA INOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI 
JORIY ETISH 
*
Kiryigitov B., 
**
Abduvaliyeva M.A., 
*
talaba Abdug’aniyev M. 
*
Andijon davlat universiteti, 
**
Andijon milliy hunarmandchilik va ijtimoiy 
iqtisodiyot kolleji 
Xalqimiz azal-azaldan bolajon xalq sanaladi. Mamlakatimizda kichik 
yoshdagi bolajonlarimizga e’tibor juda ham katta. Buning yaqqol misolini 
davlatimiz uzluksiz ta’lim tizimini boshlang’ich bo’limi bo’lmish “Maktabgacha 
ta’lim” tizimida ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kungacha davlatimizning 
Prezidenti tomonidan kichik yoshdagi bolalarni komil va barkamol bo’lib 
yetishishi uchun ko’plab qonunlar, qarorlar va nizomlar ishlab chiqilyapti va 
ularda yangidan – yangi inovatsion g’oyalar olg’a surilmoqda.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, Xalq 
Ta’lim Vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari binolarini qaytadan 
tiklanib, boshqa yangi o’quv binolari qad ko’tarish loyihalari ishlab chiqilmoqda. 
Yurtimizda hattoki chetdagi viloyatlardagi aholini saviyasini oshirishga ham katta 
e’tibor berilmoqda. Bu yerda ta’lim oluvchi yosh avlodga bilim va tarbiya 
berishning yangi jahon talablariga javob beruvchi tizimlari ishlab chiqilayotgani 
ta’lim sifatini oshishiga yanada yordam beradi. Bolalar tarbiyasi va bilimga 
bo’lgan qiziqishini oshirish uchun tarbiyachini ham o’rni katta. Tarbiyachi 
qanchalik salohiyatli, yetuk bilimli va yetarli pedagogik tajribaga ega bo’lsa, 
bolaning kamoloti ham shunchalik yuksaladi. Bolaning nimalarga qobiliyati 
borligini, uni to’g’ri yo’nalishga yo’naltira olish ham ota – onalar va 
tarbiyachining vazifasidir. Chunki, “Maktabgacha ta’lim” tizimidan so’ng 
keluvchi “umumiy o’rta ta’lim” tizimiga kiruvchi bolaning kelajakda o’z yo’lini 
topishi uchun poydevor bo’ladi. 


72 
Bola bog’chada maktabgacha bo’lgan bilimlarni egallab boradi, yani, harf 
tanishidan oldin bola turli xil ranglar, shakllar kabi narsalarni bilib olishi, og’zaki 
nutqi rivojlangan bo’lishi kerak. Hozirgi zamonaviy ta’limda bog’chalarda 
hattoki alfabittan tortib ingliz, rus tillari ham o’rgatilmoqda. Oddiy ko’rinadigan 
hisoblashlar ham 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga o’rganish salohiyati yana ham 
yaxshiroq ekanini e’tirof etilmoqda. Umumiy o’rta ta’lim tizimini bo’g’ini 
bo’lmish boshlang’ich ta’lim yani boshlang’ich sinflar bog’cha vaqtini 
davomidir. Bu yerda bola boshlang’ich bilimlarni yana ham mustahkamlab yuqori 
sinflarga tayyorgarlik ko’radi. Shu davrda kelajakda egallamoqchi bo’lgan 
kasblari haqida ma’lumotlarni yig’ib borish, yangi inovatsion texnologiyalarni 
samarasini ko’ramiz. 
Yurtimizning ko’plab maktab va maktabgacha bo’lgan muassasalarida 
yosh va zamonaviy pedagoklar tomonidan yangi o’qitish uslublari va zamonaviy 
oqitish tizimlari ya’ni, zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llagan holda darslar 
tashkil etilmoqda. Bu esa yoshlarni puxta bilim ko’nikmalarini egallashga asosiy 
omillaridan biri hisoblanadi.
O’smir yoshiga qadam qo’yayotgan o’quvchi yoshlarni kasb – hunar 
kollejlari yoki akademik litseylariga kirishlari va ularni oliy o’quv yurtlariga 
kishirish imtihonlarini muvafaqqiyatli topshirishlari uchun maktab, litsey, 
kollejlarning 
kutubxonalarining 
moddiy 
texnik 
bazaslari 
yanada 
takomillashtirilmoqda.
Umumiy holda, maktab va maktabgacha bo’lgan muassasalari kelajak 
avlodning to’g’ri va ma’naviy yetuk tarbiyasini shakllantirishda asosiy 
bosqichdir. Ularga xorijiy til malakasini va aniq fanlar bo’yicha bilimini 
yaratishga sharoit yaratish, hozirgi zamon mutahasisini tayyorlashda eng zarur 
bosqich hisoblanadi. Bu kelajakda jamiyat uchun foydali shaxs sifatida 
shakllanish uchun zamin bo’la oladi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling