Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIZIKA TA’LIMI BO’YICHA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Adabiyotlar
Адабиётлар
1. Анисимов, А.В. Информатика. Творчество. Рекурсия. [Текст] / А.В. Анисимов.– Киев: Наукова думка, 1988. 2. Белошапка, В. О языках, моделях и информатике [Текст] / В. Белошапка / Информатика и образование.– 1987.– № 6.– С. 12-16. 3. Бурцева, Г. Обучить с помощью электронных средств: это возможно! [Электронный документ] / Г. Бурцева (http://pedsovet.su/publ/26-1-0- 739). 10.01.2010. FIZIKA TA’LIMI BO’YICHA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Mamatova Z.X. Farg’ona davlat universiteti Axborot kommunikatsiya texnologiyari vositalarining jadal rivojlanishi ta’lim bo’yicha turli shakllarini hamda ta’lim dasturlarini tanlash (o’qitishning modul tamoyili )ni taklif etgan holda dars jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Fizika o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish hozirgi paytda ko’pgina o’qituvchilarni tashvishlantiradi. So’nggi yillarda avj olayotgan “kompyuter shov-shuvi”ga qaramay, bizning oldimizda kompyuter texnologiyalarini qo’llashning istiqbollari ham, bu masala bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar ham ochilmoqda. Qiyinchiliklar texnik jihozlanish va uslibiy ta’minot bilan, shuningdek, sinfni guruxlarga bo’lish bilan bog’liq, chunki sinflarda 25-35 ta o’quvchi bor, kompyuter sinflarda asosan 12-13 kompyuter joylashtirilgan. Buning uchun qulay dars jadvali zarur bo’ladi, lekin buning har doim iloji bo’lmaydi. Kompyuterda ishlashning umumiy malakalarini erkin qo’llay olish bo’yicha ta’lim olgan o’qituvchilar zarur. Kompyuterning fizikani o’qitishdagi beshta asosiy didaktik funksiyalarni ko’rib chiqaylik: 1.O’quvchilaga qiyinchilik darajasi bo’yicha tabaqalashtirilgan topshiriqlar berilganda mashqlarni bajarish. 2.Elektron doska, fizika darslarida multimedia - proyektorlardan foydalanish. 3.Modellashtirish. 363 4.O’quvchi taklif qilinayotgan variantlarga asoslangan holda o’zining to’xtamiga kelgandagi tadqiqot. 5.Boshqa fanlar bo’yicha kurslardagi matematik hisob-kitoblar. Albatta, bu funksiyalardan barchasining bajarilishi ham o’qituvchilarning, ham dasturlovchi-muhandislarning katta mehnatini talab etadi. Fizika o’qituvchilari darsning turli bosqichlarida tayyor dasturlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot modellaridan foydalanish o’qituvchining o’ziga: - yordamchi ko’rsatmalar va matnli ma’lumotnomalardan foydalangan holda o’quv materialini mustaqil ravishda tahlil qilishga, ma’lumotnomalar bo’yicha bilimlarni kengaytirishga; - o’quvchilarning nazoratini olib borishga; - har bir o’quvchi uchun o’qitishning shaxsiy dasturini tuzishga; - juda xilma-xil masalalarni yechishga imkon beruvchi tayyor samarali dasturlardan foydalana bilishni o’rgatishga imkon berishi haqida xulosa qilish mumkin. Misol sifatida bugungi kunda keng qo’llanilayotgan animatsion dastur Flash dasturi yordamida “Nyuton qonunlari” mavzusini o’rganish uchun harakatlar animatsiyasini yaratish, hamda, mavzuni bayon etish uchun hammaga tanish bo’lgan Microsoft Office paketi tarkibiga kiruvchi PowerPoint dasturi yordamida darsni yanada qiziqarli va o’quvchilarda oson tushuncha hosil qilishga erishish mumkin. Shunday qilib, o’qituvchi ta’lim jarayonida axborot komunikatsiya texnologiyaridan foydalanganda, dars o’quvchilarga tushunarli, aniq va mazmunli bo’lish imkoniyatini beradi. Adabiyotlar 1.Avliyoqulov N.X. Kasbiy fanlarni modulli o’qitish texnologiyasi.-T.: Yangi asr avlodi. 2005 y. 2.Kendjayev R.X. Fizika, matematika va informatika jurnali. 2016 2-son. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling