Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   242
Bog'liq
konf02

Адабиётлар 
1. Анисимов, А.В. Информатика. Творчество. Рекурсия. [Текст] / А.В. 
Анисимов.– Киев: Наукова думка, 1988. 
2. Белошапка, В. О языках, моделях и информатике [Текст] / В. 
Белошапка / Информатика и образование.– 1987.– № 6.– С. 12-16. 
3. Бурцева, Г. Обучить с помощью электронных средств: это возможно! 
[Электронный документ] / Г. Бурцева (http://pedsovet.su/publ/26-1-0-
739). 10.01.2010. 
FIZIKA TA’LIMI BO’YICHA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Mamatova Z.X.
Farg’ona davlat universiteti 
Axborot kommunikatsiya texnologiyari vositalarining jadal rivojlanishi
ta’lim bo’yicha turli shakllarini hamda ta’lim dasturlarini tanlash (o’qitishning 
modul tamoyili )ni taklif etgan holda dars jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. 
Fizika o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish hozirgi 
paytda ko’pgina o’qituvchilarni tashvishlantiradi. So’nggi yillarda avj
olayotgan “kompyuter shov-shuvi”ga qaramay, bizning oldimizda kompyuter
texnologiyalarini qo’llashning istiqbollari ham, bu masala bilan bog’liq
bo’lgan qiyinchiliklar ham ochilmoqda. Qiyinchiliklar texnik jihozlanish va
uslibiy ta’minot bilan, shuningdek, sinfni guruxlarga bo’lish bilan bog’liq,
chunki sinflarda 25-35 ta o’quvchi bor, kompyuter sinflarda asosan 12-13 
kompyuter joylashtirilgan. Buning uchun qulay dars jadvali zarur bo’ladi,
lekin buning har doim iloji bo’lmaydi. Kompyuterda ishlashning umumiy
malakalarini erkin qo’llay olish bo’yicha ta’lim olgan o’qituvchilar zarur. 
Kompyuterning fizikani o’qitishdagi beshta asosiy didaktik
funksiyalarni ko’rib chiqaylik: 
1.O’quvchilaga qiyinchilik darajasi bo’yicha tabaqalashtirilgan
topshiriqlar berilganda mashqlarni bajarish. 
2.Elektron doska, fizika darslarida multimedia - proyektorlardan
foydalanish. 
3.Modellashtirish. 


363 
4.O’quvchi taklif qilinayotgan variantlarga asoslangan holda o’zining
to’xtamiga kelgandagi tadqiqot. 
5.Boshqa fanlar bo’yicha kurslardagi matematik hisob-kitoblar. 
Albatta, bu funksiyalardan barchasining bajarilishi ham 
o’qituvchilarning, ham dasturlovchi-muhandislarning katta mehnatini
talab etadi. 
Fizika o’qituvchilari darsning turli bosqichlarida tayyor dasturlardan
foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot modellaridan foydalanish
o’qituvchining o’ziga: 
- yordamchi ko’rsatmalar va matnli ma’lumotnomalardan foydalangan 
holda o’quv materialini mustaqil ravishda tahlil qilishga
ma’lumotnomalar bo’yicha bilimlarni kengaytirishga; 
- o’quvchilarning nazoratini olib borishga; 
- har bir o’quvchi uchun o’qitishning shaxsiy dasturini tuzishga; 
- juda xilma-xil masalalarni yechishga imkon beruvchi tayyor samarali 
dasturlardan foydalana bilishni o’rgatishga imkon berishi haqida xulosa qilish 
mumkin. 
Misol sifatida bugungi kunda keng qo’llanilayotgan animatsion dastur 
Flash dasturi yordamida “Nyuton qonunlari” mavzusini o’rganish uchun 
harakatlar animatsiyasini yaratish, hamda, mavzuni bayon etish uchun hammaga 
tanish bo’lgan Microsoft Office paketi tarkibiga kiruvchi PowerPoint dasturi 
yordamida darsni yanada qiziqarli va o’quvchilarda oson tushuncha hosil qilishga 
erishish mumkin. 
Shunday qilib, o’qituvchi ta’lim jarayonida axborot komunikatsiya
texnologiyaridan foydalanganda, dars o’quvchilarga tushunarli, aniq va 
mazmunli bo’lish imkoniyatini beradi. 
Adabiyotlar 
1.Avliyoqulov N.X. Kasbiy fanlarni modulli o’qitish texnologiyasi.-T.: Yangi 
asr avlodi. 2005 y. 
2.Kendjayev R.X. Fizika, matematika va informatika jurnali. 2016 2-son. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling