Pdf-xchange 0 Examples
MULTIMEDIA TEXNOLOGIYASINI TA’LIMDA QO‘LLANILISHI
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- MULTIMEDIA TEXNOLOGIYASINI TA’LIMDA QO‘LLANILISHI
MULTIMEDIA TEXNOLOGIYASINI TA’LIMDA QO‘LLANILISHI
* Nosirova Sh.N. ** Ergasheva D.H., Shoyimova U.S., Xoliqov M.H. * Navoiy DPI, ** NPvaXKKN Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalarni qo’llashning samarali usullaridan biri multimedia texnologiyasidan hisoblanadi. Multimedia texnologiyalari ta’limning turli sohalarida o‘rta maktab, litsey, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, institut va universitetlarda keng miqyosda o‘z o‘rnini egallamoqda. Asosan multimedia tiziminning ikki turidan foydalanilmoqda: tashqi qurilma to‘plamiga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuter asosidagi va ikki tomonlama axborot almashuvi orqali o‘qitishning elektoron doskasi (interaktiv doska) proektor va tizimli blok asosidagi turlari. Interaktiv doska - bu o‘qitish jarayonini samarali olib borish uchun qulay bo‘lgan zamonaviy o‘quv quroli bo‘lib, u kompyuterning monitorini va oddiy markerli doskalarning afvzalliklarini o‘ziga olgandir. Multimedia tizimini yaratishning birinchi va ikkinchi turlari uchun quyidagi afvzalliklar xarakterlidir. Dars uchun ma’lumotlarni oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin, bu esa dars o‘tish jadalligini oshiradi va o‘tilgan ma’lumotlarni muhokama qilishga vaqt tejaydi. Dars materiallarini sahifalar bo‘yicha tez tashkillashtirish mumkin, ma’ruzaning mantiqiy ketma-ketligini rejalashtirish imkoniyati bor, audio va vidio-fayllarini almashtirib bir fayldan boshqasiga shuningdek, Internet sahifalarga murojaatlarni hosil qilish mumkin. Darsdan so‘ng fayllarni elektron saqlash vositalarga o‘tkazib qo‘yish va talabalar hohlagan vaqtda unga murojaat qila olishlari mumkin. Shuningdek yaratilgan fayllardan talabalarni bilim darajasini sinashda ham foydalanish imkoniyati mavjud. Multimedia texnologiyasini pedagogik amaliyotga tadbiq etish ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni jonli, qiziqarli va rang-barang qilib o‘tkazishda o‘qituvchining ushbu texnologiyaning imkoniyatlari va resurslaridan ustalik bilan foydalanishiga bog‘liq. O‘qituvchi yangi dars materiallarini auditoriyaning (sinfning) xoxlagan nuqtasida turib tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar bilan jonli muloqot olib bora oladi, avval tayyorlangan dars materiallarini talabalarning o‘zlashtirishiga qarab yangi lavhalar bilan boyitish, tuzatishlar kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qitish jarayonida talabalar muammoli masalalarni muhokamasida faol ishtirok eta oladilar, natijada dars qiziqarli va samarali bo‘ladi. Ma’lumotlarni sodda qulay shaklda berilgani uchun qabul qilish va o‘zlashtirish tezlashadi va darsning unumdorligi oshadi. 360 O‘qituvchi va talabalar o‘rganilayotgan mavzuni birgalikda sharxlashlari har doim o‘z mustaqil ishlanmalari bilan to‘ldirishlari kerak. Multimedia tizimining tadbiq etilish sohalaridan asosiysi keng manoda ta’limdir: ya’ni videoensiklopedia, interaktiv yo‘naltirgich, trenajerlar, intellektual o‘yinlar, kompyuter o‘qitish tizimi va masofaviy ta’lim yo‘nalishlaridir. Multimedia tizimini nafaqat oliy va o‘rta ta’lim tizimda bundan tashqari malakali mutaxassislar tayyorlash markazlarida, maktabgacha tarbiya korxonalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. Multimedia texnologiyalarini ishlab chiqarishda aniq fanlarda qo‘llashning keng imkoniyatlari mavjud va u dolzarbdir. Multimedia mahsulotlaridan ta’lim tizimida foydalanishning ahamiyati juda katta. Jahonda juda ko‘p multimediali o‘quv kurslari yaratilgan va ular kundan-kunga ommalashib bormoqda. Bugungi kunda multimedia mahsulotlaridan foydalanib xonadondan turib jahondagi muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, chet tillarni o‘rganish, arxitektura va san’at asarlarini sinchiklab o‘rganish mumkin. Multimedia texnologiyalaridan foydalanishning yana bir jihati bu imkoniyati cheklangan talabalarning ta’lim olishiga ko‘maklashishdir. Bunday xizmat turlaridan shunday talabalar foydalanishlari mumkin. Ta’lim tizimini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan, qolaversa internet texnologiyalaridan hamda multimedia texnologiyalaridan foydalib darslarni tashkil etish ta’lim sifatini oshirishda juda katta rol o‘ynaydi. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling