Pdf-xchange 0 Examples
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA AXBOROT
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MUAMMOSI VA UNING TARKIBI
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MUAMMOSI VA UNING TARKIBI Raxmonkulov F., Valiqulov B. A.Qodiriy nomli JDPI Jamiyatda paydo bо‘lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan ta’limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shunga qaramasdan, dasturlashtirilgan ta’lim о‘quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy о‘zgarishlarga sabab bо‘lmoqda. Mutaxassis va о‘qituvchilar о‘quv materialini tahlil qilishning yangi uslubiyatini о‘zlashtirib oldilar, о‘quv materiali bо‘yicha axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga aylandi. Ta’limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. Mavzularni tо‘liq о‘zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy zamin yaratildi Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi bо‘yicha qayd qilingan bilimlar va о‘tkazildigan tadqiqot, unda erishiladigan bilimlar о‘rtasidagi vorislikka rioya qilib, mohiyatdan voqelikka, voqelikdan mohiyatga о‘tishida nazariy bilimlar rivojlanib kompyuterli ta’limning yangi modelini asoslashga olib keladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi singari insonning bilishi ham uzluksiz davom etadi. Shu yо‘l bilan о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘risidagi bilimlar kategoriyalarda mujassamlashib, nazariyaga aylanadi. Umumiy о‘rta ta’limda fanni о‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish tо‘g‘risidagi tasavvurlarni umumlashtirish va ular asosida tadqiqotni davom ettirish ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosining tarkibi, uning fanda qо‘yilishi, pedagogik amaliyotdagi о‘rni, uni hal etish konsepsiyasi kabi qator savollarga javobni taqozo qiladi. Didaktik va uslubiy tadqiqotlarda, dastlab, о‘tkaziladigan tadqiqot, uning natijasida erishiladigan bilimlar, ayni holatda umumiy о‘rta ta’limda fanlarni о‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosining о‘zini, uning tarkibini о‘rganishda qator afzalliklar mavjud. Bunday tahlil tadqiqotchining muammo tо‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish, mavzu dolzarbligini atroflicha anglashini ta’minlaydi. Muammoning hali yetarli tadqiq qilinmagan 355 jihatlarini qayd qilib, tadqiqot yо‘nalishini belgilash va kelajakda erishiladigan natijalarni ma’lum darajada aniq kо‘ra olish hamda tadqiqot obyektini takomillashtirish yо‘llarini aniqlashga imkon beradi. Fanda qо‘yilgan muammoni о‘rganishga kirishar ekanmiz uning tarkibi, inson faoliyatidagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotdagi о‘rni, qanday masalalarga daxldorligi, muammoni о‘rganish yо‘llari, vositalari, asoslanadigan prinsiplari, qisqa qilib aytganda, muammo mohiyatini yetarlicha bilmaymiz. Muammo obrazini ongda shakllantirish zaruratidan uning о‘zini alohida о‘rganishga, mohiyati va tarkibini tahlil qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi tashkiliy tizim bо‘lib, о‘ziga xos qator sifatlarga ega: eng avvalo, ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida о‘tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Kompyuterli ta’lim tashkiliy tizim sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, axborot texnologiyalaridan foydalanish bо‘yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog‘liq. Masalan, informatika faning о‘quv predmetida axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun uning logikasi — о‘quv materiallarini о‘rganish tizimi, har bir mavzuga oid о‘quv elementlari ajratiladi, о‘quvchilarning real bilish imkoniyatlari о‘rganiladi. Shu asosda pedagogik dasturiy vositalarni yaratish xususiyatlari aniqlanib, ularni yaratishda о‘quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish prinsiplari, usullari, vositalari, meyorlari ishlab chiqiladi. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish tо‘g‘risida fikr yuritilganda uning ikki xil ma’nosini farqlash kerak: 1. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish faoliyati. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish faoliyati pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash, yaratish, kompyuterning о‘zini ta’limni amalga oshirishga tayyorlash kabi elementlardan iborat bо‘lib, ularning har biri о‘ziga xos vazifa va vositalarga ega. 2. Ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni. Bu ma’noda ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanishni mehnatga qiyoslasa bо‘ladi. Mehnat jarayonlariga о‘xshab ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat predmetidan iborat. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish «inson-kompyuter» tizimini jamiyat hayotining barcha sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar nazariyasiga kо‘ra inson faoliyati yetakchi komponent hisoblanib, kompyuter uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bо‘ladi. Inson faoliyatining kо‘pgina kо‘rinish va shakllari mavjud bо‘lib, ularning genetik jihatdan boshlang‘ich asosini mehnat faoliyati tashkil etadi. Uning tarixiy rivojlanishi natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, о‘yin, о‘quv, ilmiy izlanish kabilar kelib chiqqan. О‘quvchilarning о‘quv faoliyatini kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’limda axborot texnologiyalarida foydalanish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling