1- reja: Elektoron pochta xizmati va uning afzalliklari


Download 35.91 Kb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi35.91 Kb.
#1137961
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektron pochta


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI

SHAYXONTOHUR TUMANI KASB-HUNAR MAKTABI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI
fanidan

MUSTAQIL ISH


Mavzu: Elektron pochta, xizmatli tarmoq modellarini qurish.

Guruh: Kompyuter grafikasi va dizayni 48-guruh


Bajardi: Xo’jayorov Najib
Tekshirdi: Sheraliyev Fazliddin

TOSHKENT-2023


-1-

Reja:


1.Elektoron pochta xizmati va uning afzalliklari.
2.Xabar va pochta qutisi tushunchalari.
3.Kompyuter tarmoqlarining o’rni va vazifasi.
4.Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi.
5.Tarmoq protokollari.

-2-
Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtlargacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi.E-mail hamma joyda kerak. Xattoki "Google, You tube, Instagram, Facebook,Twitter"larga ham e-mail bilan kiramiz.E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.
Internet–xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bо‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va sо‘zlarni terib, ma’lum elektron yozuv kо‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bо‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jо‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jо‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bо‘lishi zarur.
E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.
Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91-yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida EMail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda.
Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.
Elektron pochta (inglizcha: E-mail yoki email, electronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi. Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, xabarlar odatda o’sha yerda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

Download 35.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling