Pdf-xchange 0 Examples


O’RTA MAKTABLARDA O’QITISHGA AXBOROT


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   242
Bog'liq
konf02

O’RTA MAKTABLARDA O’QITISHGA AXBOROT 
KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING 
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Ishanjanova M. 
Andijon davlat universiteti 
Globallashuv jarayoni ta‘limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
(AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O‘qitishning zamonaviy usullari va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z 
kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta‘limning 
maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash 


364 
muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt 
yo’nalishda foydalanilmoqda: 
- o’rganish ob’ekti sifatida; 
- o’qitishning texnik vositalari sifatida; 
- ta’limni boshqarishda; 
- ilmiy-pedagogik izlanishda. 
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum 
malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni 
oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol 
boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi
o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni 
modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; 
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan 
ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin 
xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya 
kuchayadi va hokazo. 
Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter orasidagi 
munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. 
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali 
o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan 
o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. 
O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish 
tegishli vositalar asosida modellashtiriladi. 
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv 
materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, 
o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida 
boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy 
moslashuvchanlik kabi xususiyatlar mavjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum 
samaradorlikni ta’minlaydi. 
Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, 
unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma 
– ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga 
imkoniyat yaratiladi. 
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, 
o‘zini - o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars 
oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish 
motivatsiyasi oshib boradi. 
Ta‘lim tizimi oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot olish va qayta 
ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog 
bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta‘limiy va tarbiyaviy ta‘sir etib 
boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora 
maslahatchiga, yo‘l–yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga 
aylanib boradi. O‘qituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot 


365 
texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olamiga 
kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o‘zlashtira olishiga 
bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘quvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni 
o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi 
zarur bo‘ladi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling