Pdf-xchange 0 Examples
AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR CHET
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR CHET TILLARINI O‘RGANISH VOSITASI SIFATIDA
AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR CHET
TILLARINI O‘RGANISH VOSITASI SIFATIDA Qo’chqorova O. Andijon davlat universiteti XX1 asr – yuksak texnologiyalar asri bo‘lib, zamonaviy yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki elektron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Bunda axborot kommunikatsion texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib, ta’lim jarayoniga yangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham, yosh avlodga ta’lim jarayonida kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars olib borishni talab etmoqda. An’anaviy darslardan farqli o’laroq axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib o’tilgan darslarda o‘qituvchining o‘rni ham o‘zgarib bormoqda. O‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini o‘tamoqda. AKT bilan olib borilgan darsda talaba bosqichma bosqich bilimlarini rivojlantirib boradi. Bunda darsning har bir qismi kompyuterlashtirganligi bois dars jarayoni jonlanadi. Har bir talaba o’z ustida individual ishlay oladi. AKTlardan foydalanish, ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda tobora katta ahamiyatga molik bo‘lib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalari chet tillarini o‘qitishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi, fan bo‘yicha sifatli bilim olish va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, davr talabiga monand dars o‘tishda mazkur fandan o‘tiladigan birorta ham mashg‘ulot o‘qituvchi yoki o‘quvchilarning taqdimotisiz o‘tmasligi lozim. Chet tili darsida fonetik mashqlar, grammatik mashqlar, dialoglar, video materiallar, albatta, kompyuter va proektorlardan foydalangan holda namoyish etiladi. Talabalarni ko’rib, tinglab bajargan mashqlari o’z samarasini beradi. Chet tiliga o’rgatish hozirgi kunda yosh avlodni maktabga qadam qoyishi bilan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Bilamizki, boshqa bir tilni o’rganish uchun o’sha tilda so’z boyligi talab qilinadi. Boshalang’ich bosqichda so’z boyligini o’yin tarzida tashkil etib boyitib borish, keyinchalik grammatik, leksik mashqlar ishlashda, albatta, katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich bosqichda o’rganuvchilarga kichik xajmdagi filmlar, bolalarga multfilmlar, qoshiqlar ko’rib eshittirish til o’rganishga bo’lgan qiziqishini va bilimini oshiradi. O’rta bosqichda ko’proq tili o’rganilayotgan davlat urf-odatlari haqida, yashash tarzi, mashhur shaхslar haqida filmlar matnlar namoyish qilish yoki eshittirish o’rganuvchilar uchun qiziqarlidir. 366 Yuqori bosqichda til o’rganuvchi o’zini qiziqtirgan barcha savollarni bera olishi uchun har xil sohaga oid matnlar bilan ishlash maqsadlidir. Chet tillarini o‘rgatishdan asosiy maqsad jahon maydonida yurt sha’nini munosib himoya qilishi uchun yoshlarimiz, avvalo o‘zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi lozim. Bugun esa raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo‘lgan ingliz tilida olib borilmoqda. AKT vositalari — kompyuter texnikasi, magnitofon, kitob, video uskunalari, elektron doska orqali dars vaqtini tejash va yanada ko‘proq va samarali ma’lumot olishga imkoniyat demakdir. Bugun yoshlar ham qo‘shimcha ma’lumot olish uchun vaqtlarini tejab Internetga murojaat etadilar. Demak, AKTdan foydalanib, dars o‘tishda o‘qituvchi unga Davlat standartlari asosida reja tuzib, tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Darsda AKT hech qachon o‘qituvchining o‘rnini egallay olmaydi, balki unga ko‘makdoshlik vazifasini o‘taydi. Dars mazmuniga ko‘ra AKT va boshqa pedagogik texnologiyalarni navbatma-navbat oqilona qo‘llashi lozim. AKTini dars jarayoniga tatbiq etishdan maqsad darsni boyitish, oddiy kitob bera olmaydigan ma’lumotlarni, didaktik ko‘rgazmalarni berishdir. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling