Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- DASTURLASH YORDAMIDA YIG’INDI VA KO’PAYTMALARGA OID MATEMATIK MISOLLARNI YECHISHDA REKURSIYA METODIDAN FOYDALANISH
Xulosa: Dasturlash asoslari fanini o‘rganish va dastur tuzish uchun,
albatta, bizga matematika va informatika fanlari tayanch fanlar hisoblanar ekan. Masala yoki muommoni hal etishda dastur yaratish uchun yuqorida ta’kidlab o‘tilgan beshta holatga e’tibor bergan holda model, algoritm va dastur yaratish kerak ekan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Михаил Густокашин .Материалы курса «Олимпиадные задачи по информатике» в ЦДО «Дистантное обучение» (C). 2010 2. 2.Левитин А. В. Глава 3. Метод грубой силы: Сортировка выбором // Алгоритмы. Введение в разработку и анализ — М.: Вильямс, 2006. — С. 143—144. — 576 с. — ISBN 978-5-8459-0987-9 45 DASTURLASH YORDAMIDA YIG’INDI VA KO’PAYTMALARGA OID MATEMATIK MISOLLARNI YECHISHDA REKURSIYA METODIDAN FOYDALANISH Aliyeva J.R., Abdumannopova M.K., talaba Taylaqova G.A. Andijon davlat universiteti Hozirgi kunda fan va texnika yutuqlari matematiklar ixtiyoriga kuchli hisoblash vositalarini bermoqda. Chunki hisoblash ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va hisoblash usullarini izlashni taqozo etayapti. Pascal tilida dasturlash asoslarini o’rgatuvchi o’qituvchilar turli xil matematik yig’indi, ko’paytmalar va boshqa turdagi murakkab arifmetik ifodalarni hisoblash dasturlarini tuzishda odatda For, While va Repeat sikl operatorlaridan foydalanadilar. Bunday masalalarni For sikl operatori yordamida yechish an’anaviy usul hisoblanadi. Biz esa bunday turdagi masalalarni yechishning noan’anaviy usulini keltirmoqchimiz. Bizga quyidagicha masala qo’yilgan bo’lsin: Berilgan n ∈N uchun n!! ni hisoblash dasturi tuzilsin. Odatda o’qituvchilar quyidagicha yechimni ko’rsatadilar (yechimning asosiy qismini keltiramiz): kop:=1; If (N mod 2=1) then i:=3 Else i:=2; Repeat kop:=kop*i; i:=i+2; Until (i-2=N); Write (‘Natija: ‘,kop); Endi bu dasturlash algoritmiga rekursiya (takrorlash, qaytish ma’nolarini bildiradi) tushunchasini kiritamiz. Rekursiya – biror sonli ketma-ketlikning n-hadini hisoblash uchun undan avvalgi (n-1),(n-2),…,(n-k)- hadlardan foydalanish, ya’ni sonli ketma-ketlikning n-hadini hisoblovchi qism dastur tarkibida shu qism dasturning oldingi natijalaridan foydalanish. Rekursiya yordamida yuqoridagi masalani yechamiz (yechimni to’liq keltiramiz): Program rekursiya; Uses Crt; Var N,i: integer; natija: longint; {--------------------------------------------------} Function Faktorial (i,N: integer) : longint; begin If (N>i) then 46 Faktorial:=Faktorial(i,N-2)*N Else if (N=i) then Faktorial:=i; end; {----------------------------------------------------} Begin ClrScr; Writeln(‘ N!! ni hisoblash’); Repeat Write(‘ N>1 shartni qanoatlantiruvchi natural son kiriting: N=’); Readln(N); Until (N>=2); If (N mod 2=1) then i:=3 Else i:=2; natija:=Faktorial(i,N); Writeln(‘Natija: ‘,natija); Readln End. Keltirilgan masalani yechish algoritmlari va dasturlari o’quvchi va talabalarda yig’indi va ko’paytmalarni hisoblay olish kabi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishda qo’shimcha omillar bo’lib xizmat qiladi. O’ylaymizki, bu kabi dasturlarni tuzish, ishga tushirish, ommalashtirish hamda dars o’tish jarayonlarida foydalanish o’quvchi va talabalarning dasturlashga bo’lgan qiziqishlarini sezilarli orttirib, takrorlanish va qaytish jarayonlariga oid masalalarni chuqurroq anglab yetishlariga imkon beradi. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling