Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLANUVCHI ALGORITMLARNI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING O‘RNI
Reference
1. D.A.Halilov. Monograph. 2005 FerPI, priprint. 2. Ahundzhanov U.YU., Khalilov D.A Software environment in the center of the information technology (CIT) as a common information space (EIPO) institution of higher education. Republican Scientific and Technical Conference. 13-14.03.2014 Tuit. Part 5, s.29-30. TAKRORLANUVCHI ALGORITMLARNI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING O‘RNI Djurayev D. talaba Temirova G. NavDPI Hozirgi vaqtga kelib ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalangan holda o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Xususan, informatika va informatikaga aloqador fanlarni o‘qitishda xorijiy va mahalliy kompaniyalar tomonidan hozirgi kunda yaratayotgan pedagogik dasturiy vositalarining turlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Xususan yoshlarning psixologik holatidan kelib chiqib, ularning yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olgan holda dunyodagi mashhur olimlar, professorlar, psixologlar, informatik-dasturchilar bilan birgalikda yig‘ilishgan holda ma’lum bir dastur yaratishgan. Bu dastur shunday bo‘lishi kerak ediki, endi dasturlash tilini o‘rganayotgan yosh iqtidorli talabalarda dasturlash tillariga qiziqish uyg‘ota olish talab qilinar edi. Hammamizga ma’lumki, o‘quv jarayonida talabalarni dasturlash tillariga qiziqtirish juda qiyin masala hisoblanadi. Aynan shu nuqtai- nazardan pedagogik kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yoshlarda eng qiziquvchan yosh davriga to‘g‘ri kelganganligi sababli, ularda o‘yinqaroqlik, raqsga tushish kayfiyati yuqori bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan xorijdagi psixolog 156 va pedagoglar birgalikda dastulash tilini o‘rgatishda raqsga tushish, qarsak chalish va ma’lum bir animatsiya elementlarini ishlatish orqali o‘rgatishni anglashdi. Natijada 1994-yilda Yevropaning Shvetsariya davlatida Crocodile Clips Ltd tomonidan Crocodile ICT dasturi yaratildi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Bundan tashqari, blok sxemalarda biror-bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (salta olish, qarsak chalish, o‘ngga yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emotsional o‘zgarishlarni, ma’lum bir so‘zlarni gapirishlari va hokazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o‘quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Masalalarni hal etish jarayonida algoritmdagi ba’zi ko‘rsatmalar takroran bajarilishini kuzatish mumkin. Kundalik hayotimizda ham juda ko‘p jarayonlar takrorlanadi. Masalan, darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni o‘qish yoki ishga borish, o‘rtoqlar bilan uchrashish va boshqa ko‘plab jarayonlarni keltirish mumkin. Ikki o‘rtoqning uchrashuviga oid takrorlanuvchi algoritmning blok-sxema yordamida tasvirlanishi quyidagicha: 1-blok-sxema(o‘g‘il bola) 2-blok-sxema(qiz bola) Ushbu algoritmni Crocodile ICT dasturiy ta’minotidan foydalanib yaratamiz. 157 Ushbu rasmda keltirilgan blok-sxema yordamida yigit bola dastlab to‘g‘ri turgan holatidan o‘ng tomonga buriladi va 3 qadam bosib o‘rtog‘ining yoniga kelib to‘xtaydi. O‘rtog‘i bilan salomlashgach yana ortiga burilib 3 qadam bilan dastlabki joyiga qaytadi. Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: dasturlashning algoritm (blok sxemalarni) hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, qadamma-qadam o‘rgatuvchi darslar, algoritm bo‘limlariga oid tayyor modellar, matematik va fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin. Xulosa qilib aytganda, o‘qitishdagi virtual shaklning kengayishi – ta’lim tizimi evolyutsiyasining tabiiy bosqichi, ya’ni bo‘r-doskadan kompyuter o‘rgatuvchi dasturlarga, odatdagi kutubxonalardan elektron kutubxonalarga, kichik o‘quv guruhlardan istalgan ko‘lamdagi virtual auditoriyalarga o‘tish desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu dastur kasbi kim bo‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling