Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   242
Bog'liq
konf02

Reference 
1. D.A.Halilov. Monograph. 2005 FerPI, priprint.
2. Ahundzhanov U.YU., Khalilov D.A Software environment in the center 
of the information technology (CIT) as a common information space 
(EIPO) institution of higher education. Republican Scientific and 
Technical Conference. 13-14.03.2014 Tuit. Part 5, s.29-30. 
TAKRORLANUVCHI ALGORITMLARNI O‘RGATISHDA 
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING O‘RNI 
Djurayev D. talaba Temirova G.
NavDPI 
Hozirgi vaqtga kelib ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya 
texnologiyalaridan unumli foydalangan holda o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish 
dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Xususan, informatika va informatikaga 
aloqador fanlarni o‘qitishda xorijiy va mahalliy kompaniyalar tomonidan hozirgi 
kunda yaratayotgan pedagogik dasturiy vositalarining turlari kundan-kunga 
ko‘payib bormoqda.
Xususan yoshlarning psixologik holatidan kelib chiqib, ularning yoshlarini, 
qiziqishlarini hisobga olgan holda dunyodagi mashhur olimlar, professorlar, 
psixologlar, informatik-dasturchilar bilan birgalikda yig‘ilishgan holda ma’lum 
bir dastur yaratishgan. Bu dastur shunday bo‘lishi kerak ediki, endi dasturlash 
tilini o‘rganayotgan yosh iqtidorli talabalarda dasturlash tillariga qiziqish uyg‘ota 
olish talab qilinar edi. Hammamizga ma’lumki, o‘quv jarayonida talabalarni 
dasturlash tillariga qiziqtirish juda qiyin masala hisoblanadi. Aynan shu nuqtai-
nazardan pedagogik kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yoshlarda 
eng qiziquvchan yosh davriga to‘g‘ri kelganganligi sababli, ularda o‘yinqaroqlik, 
raqsga tushish kayfiyati yuqori bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan xorijdagi psixolog 


156 
va pedagoglar birgalikda dastulash tilini o‘rgatishda raqsga tushish, qarsak chalish 
va ma’lum bir animatsiya elementlarini ishlatish orqali o‘rgatishni anglashdi. 
Natijada 1994-yilda Yevropaning Shvetsariya davlatida Crocodile Clips Ltd 
tomonidan Crocodile ICT dasturi yaratildi.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan 
Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan 
dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Bundan tashqari, blok sxemalarda biror-bir shart bajarilganda odam 
personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (salta olish, qarsak chalish, o‘ngga 
yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emotsional o‘zgarishlarni, ma’lum 
bir so‘zlarni gapirishlari va hokazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday 
imkoniyati 
o‘quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori 
pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga 
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Masalalarni hal etish jarayonida algoritmdagi ba’zi ko‘rsatmalar takroran 
bajarilishini kuzatish mumkin. Kundalik hayotimizda ham juda ko‘p jarayonlar 
takrorlanadi. Masalan, darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni o‘qish yoki 
ishga borish, o‘rtoqlar bilan uchrashish va boshqa ko‘plab jarayonlarni keltirish 
mumkin.
Ikki o‘rtoqning uchrashuviga oid takrorlanuvchi algoritmning blok-sxema 
yordamida tasvirlanishi quyidagicha: 
1-blok-sxema(o‘g‘il bola)
2-blok-sxema(qiz bola) 
Ushbu algoritmni Crocodile ICT dasturiy ta’minotidan foydalanib yaratamiz. 


157 
Ushbu rasmda keltirilgan blok-sxema yordamida yigit bola dastlab to‘g‘ri 
turgan holatidan o‘ng tomonga buriladi va 3 qadam bosib o‘rtog‘ining yoniga 
kelib to‘xtaydi. O‘rtog‘i bilan salomlashgach yana ortiga burilib 3 qadam bilan 
dastlabki joyiga qaytadi. 
Dasturning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari: 
dasturlashning 
algoritm 
(blok sxemalarni) hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, qadamma-qadam 
o‘rgatuvchi darslar, algoritm bo‘limlariga oid tayyor modellar, matematik va fizik 
jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish 
imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, 
dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan qiymatini juda 
yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli bog‘lanishni hosil 
qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, o‘qitishdagi virtual shaklning kengayishi – ta’lim 
tizimi evolyutsiyasining tabiiy bosqichi, ya’ni bo‘r-doskadan kompyuter 
o‘rgatuvchi dasturlarga, odatdagi kutubxonalardan elektron kutubxonalarga
kichik o‘quv guruhlardan istalgan ko‘lamdagi virtual auditoriyalarga o‘tish desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu dastur kasbi kim bo‘lishidan qat’iy nazar 
foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil 
qilishga o‘rgatadi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling