Pdp university


Download 41.84 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi41.84 Kb.
#1817734
1   2   3   4   5
Bog'liq
АРМ буйруғи

Grant toifalari:

  1. Yillik kontrakt to’lovining 100% miqdorida.

  2. Yillik kontrakt to’lovining 50% miqdorida..


2-bob. Talabalarni kam ta’minlangan deb e’tirof etish va “Unicorn 2.0” grantini tayinlash shartlari
2.1. Ariza beruvchi:
- “PDP University”ning rasmiy sayti orqali online testdan muvaffaqiyatli o’tgan bo’lishi;
- Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan bo’lishi (Temir daftar, Yoshlar daftari yoki Ayollar daftarida ro’yhatda bo’lishi);
- Zakot mablag’lari olishga haqli bo’lgan, moli-mulki nisob miqdoriga yetmagan bo’lishi;
- Ilm olishga intiluvchi va shaxsiy natijalari yuqori bo’lishi.
- IT-sohasida ta’lim olishga qiziqqan va o’z oldiga aniq maqsadlar qo’ygan bo’lishi;
- “PDP Academy”ning “Foundation” online kursini muvaffaqiyatli tamomlashi.
3-bob. “Unicorn 2.0” grantini olish uchun murojaat qilish tartibi
3.1 Ariza beruvchi:
University.pdp.uz sayti orqali online testdan muvaffaqiyatli o’tganidan so’ng, 2023 yilning 20 may sanasiga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda ariza yuboradi, ushbu arizaga quyidagilarni ilova qiladi.
- Ushbu “Unicorn 2.0” granti Ariza beruvchiga qanchalik muhimligi haqida motivatsion xat;
- Mahalla fuqarolar yig’ini raisi va mas’ul xodimlari tomonidan tasdiqlangan, kam ta’minlanganligi (Temir daftar, Yoshlar daftari yoki Ayollar daftari ro’yhatda turishi) e’tirof etilgan shaxsga taqdim etiladigan ma’lumotnoma yoki dalolatnoma;
- Shu paytgacha erishgan shaxsiy natijalari (sertifikat, diplom, tashakkurnomalar) rasm formatida;
4-bob. “Unicorn 2.0” granti olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
4.1. Arizalar “PDP University” tomonidan tasdiqlangan Ishchi komissiya tomonidan 2023 yilning 1 iyun sanasiga qadar ko’rib chiqiladi.
4.2. So’ralgan hujjatlar to’liq taqdim etilgan Ariza beruvchilar bilan 2023 yilning 1-iyun sanasiga qadar ishchi komissiya tomonidan video muloqot o’rnatiladi.
4.3. Zarur hollarda Ariza beruvchining yashash manzili o’rganilib, qo’shnilari, mahalladoshlaridan Ariza beruvchining moliyavih ahvoli to’g’risida ma’lumot olinishi mumkin.
4.4. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, “Unicorn 2.0” grantini ajratish rad etiladi:
a) ariza beruvchining moliyaviy ahvoli kam ta’minlanganlik darajasida emasligi aniqlansa;
b) O’rganish jarayonida olingan ma’lumotlar bo’yicha ariza beruvchi va uning oila a’zolari egaligida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
c) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:
d) ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi mavjud bo’lganda;
e) ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi mavjud bo’lganda;
f) bir va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi mavjud bo’lganda;
g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
h) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda.
5-bob. “Unicorn 2.0” grantini to‘lash tartibi.
5.1. Ariza beruvchining “Unicorn 2.0” grantini olish bo’yicha yuborgan murojaati ishchi komissiya tomonidan tegishli tartibda o’rganib chiqilib, unga “PDP University” tomonidan “PDP Academy”ning “Foundation” online kursi bepul taqdim etiladi.
5.2. “PDP Academy”ning “Foundation” online kursining muvaffaqiyatli tamomlagan 200 nafar Nomzodlar orasidan “Foundation” online kursning oraliq va yakuniy imtihonlaridan yig’ilgan ballari bo’yicha 145 nafar Nomzodlarga ishchi komissiyaning tegishli xulosasiga asosan Grant toifalarining A yoki B toifalari tayinlanadi.
5.3. “Unicorn 2.0” granti tayinlangach, grant mablag’lari Nomzodning mulki sifatida “PDP Universityn”ning 2023/2024-o’quv yili uchun ta’lim olish maqsadida talaba bilan tuzilgan kontrakt summasining “Unicorn 2.0” granti bilan qoplangan miqdori Nomzod tomonidan to’langan hisoblanadi.
5.4. Tayinlangan “Unicorn 2.0” granti asosida yillik kontrakt summasining qoplab berilgan qismidan qolgan qismi Talaba bilan tuzilgan Oliy ta’lim xizmatlarini ko’rsatish shartnomasi talablari asosida belgilangan vaqtlarda to’lanadi.
“PDP University” rektorining

Download 41.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling