Pdp university
Download 41.84 Kb.
|
АРМ буйруғи
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Unicorn 2.0” granti
- Ariza beruvchi
- Nomzod
______-soni buyrug’iga
2-ILOVA Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini “PDP University”da ta’lim olishlari uchun “Unicorn 2.0” granti ajratish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Nizom “PDP University” tomonidan taqdim etiladigan “PDP Academy”ning “Foundation” online kursi imtihonblaridan muvaffaqiyatli o’tgan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini “PDP University”da ta’lim olishlari uchun moliyaviy yordam mablag’larini tayinlash tartibini belgilaydi. 1.1 Moliyaviy yordam mablag’i saxovatli homiylar tomonidan “PDP University” talabasi bo’lgan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlariga beg’araz maqsadlarda beriladigan Zakot xayriya mablag’i bo’lib, keyingi o‘rinlarda - “Unicorn 2.0” granti deb yuritiladi. 1.2 Mazkur “Unicorn 2.0” granti kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzantlarini “PDP University”da ta’lim olishlari uchun 2023/2024-o’quv yiliga belgilangan to’lov kontrakt summasining 50 foizidan, 100 foizigacha bo’lgan miqdorlarini qoplash uchun ajratiladi. 1.3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Ariza beruvchi - 17 yoshga to‘lgan, “Unicorn 2.0” granti olish istagida bo‘lgan va university.pdp.uz sayti orqali online testdan muvaffaqiyatli o’tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs; Nomzod - “PDP University” tomonidan taqdim etilgan “PDP Academy”ning “Foundation” online kursidan muvaffaqiyatli o’tgan Ariza beruvchi. Ma’lumotnoma - Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan shaxsga taqdim etiladigan ma’lumotnoma. Ishchi komissiya - “Unicorn 2.0” granti bo’yicha kelib tushgan arizalarni o’rganib, grant ajratish bo’yicha xulosa beradigan “PDP University”ning mas’ul xodimlaridan iborat bo’lgan ishchi komissiya. Download 41.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling