Pdp university


“___”_________2023 y. dagi


Download 41.84 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi41.84 Kb.
#1817734
1   2   3   4   5
Bog'liq
АРМ буйруғи

“___”_________2023 y. dagi
______-soni buyrug’iga
3-ILOVA

“PDP University”da ta’lim olish istagida bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Founder's Scholarship” granti ajratish tartibi to‘g‘risida


NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom “PDP University”ning kirish imtihonlaridan 90 foizdan yuqori ball yig’gan holda muvaffaqiyatli o’tgan, iqtidorli talabalarga “PDP University”ning 2023/2024-o’quv yilida ta’lim olishlari uchun moliyaviy yordam mablag’larini tayinlash tartibini belgilaydi.
1.1. Moliyaviy yordam mablag’i “PDP University” asoschisi O.Mirzayev tomonidan tomonidan “PDP University” talabasi bo’lgan, iqtidorli talabalarga beriladigan xayriya mablag’i bo’lib, keyingi o‘rinlarda - “Founder's Scholarship” granti deb yuritiladi.
1.2. Mazkur “Founder's Scholarship” granti “PDP University” kirish imtihonlaridan eng yuqori ball yigib qabul qilingan 20 nafar iqtidorli talabalarni “PDP University”da ta’lim olishlari uchun 2023/2024-o’quv yiliga belgilangan to’lov kontrakt summasining 50 foizidan, 100 foizigacha bo’lgan miqdorlarini qoplash uchun ajratiladi.
1.3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Nomzod - 17 yoshga to‘lgan, “Founder's Scholarship” grantini olish istagida bo‘lgan “PDP University” kirish imtihonlaridan yuqori ball to’plagan holda muvaffaqiyatli o’tgan, IELTS 5.5 darajasidagi imgliz tili sertifikati mavjud bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Ishchi komissiya - “Founder's Scholarship” granti bo’yicha Nomzodlarni saralab, grant ajratish bo’yicha xulosa beradigan “PDP University”ning mas’ul xodimlaridan iborat bo’lgan ishchi komissiya.
Grant toifalari:
A- Yillik kontrakt to’lovining 100% miqdorida.
B- Yillik kontrakt to’lovining 50% miqdorida.
2-bob. “Founder's Scholarship” grantini tayinlash shartlari
2.1. Ariza beruvchi:
- “PDP University”ning kirish imtihonlaridan yuqri ball olgan holda muvaffaqiyatli o’tgan bo’lishi;
- IELTS 5.5+ darajasidagi ingliz tili sertifikati mavjud bo’lishi;
- 1 avgust sanasiga qadar o’tkaziladigan kirish imtihonlaridan eng yuqori ball yig’gan Nomzodlar o’rtasida 2-bosqich uchun o’tkaziladigan test sinovlaridan yuqori ball yig’ishi.
- Ilm olishga intiluvchi va shaxsiy natijalari yuqori bo’lishi.
- IT-sohasida ta’lim olishga qiziqqan va o’z oldiga aniq maqsadlar qo’ygan bo’lishi.

Download 41.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling