Pedagogical and psychological foundations of increasing the vocabulary of students of primary school age
Download 24.8 Kb.
|
1 2
Bog'liqFarDU Ilmiy xabarlariga UDKli
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF INCREASING THE VOCABULARY OF STUDENTS OF PRIMARY SCHOOL AGE Akbarova Zuhro Akmaljonovna Filologiya doktori, dotsent.
- Kalit so’zlar
UDK:372.61+413.143 KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УВЕЛИЧЕНИЯ СЛОВАРНОГО ЗАПАСА УЧАЩИХСЯ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF INCREASING THE VOCABULARY OF STUDENTS OF PRIMARY SCHOOL AGE Akbarova Zuhro Akmaljonovna Filologiya doktori, dotsent. Xusanova Gulruxsor To‘qin qizi FarDU o‘qituvchisi Annatatsiya: ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati , kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o'qituvchi va ota-onalarning roli ,kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish yo‘llari va uning pedagogik-psixologik asoslari o’rganilgan . Kalit so’zlar: Ziddiyat tushunchasi, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antomimlar, matn , o‘quvchi nutqi, ong, so‘z ,so‘z boyligi, lug‘at ,nutq tafakkur, ma’noli so‘zlar, til birliklari. Bolaning ruhiy rivojlanishi — ijtimoiy moslashuv jarayonida, tafakkurining o‘sishida uning nutq juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqi ravon so’z boyligi ko'p bolalarda yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘z jamoasida fikrini himoya qila olish, mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida kamchiligi bo‘lgan yoki so‘z zaxirasi oz bolalarda, tortinchoqlik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifatlar rivojlanadi va bu yaqqol namoyon bo'ladi. Bolalar nutqi ijtimoiy hodisa sifatida kattalar nutqi asosida rivojlanadi bu tabiiy hodisa . Bola rivojlanishiga irsiyat, tashqi muhit bevosita ta'sir o'tkazadi.Tabiyki, kichik maktab yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o'qituvchi va ota-onalarning roli benihoya kattadir. Va shu o'rinda ta'lim jarayonida o'qituvchi va ota-onalar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlar ta'lim sifatiga va shu bilan birga bola tarbiyasiga juda katta ta'sir etishini ta'kidlash o'rinli deb bilamanki, zero ta'lim va tarbiyada ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishning va yetuklik sari qo'yilgan qadamning debochasi sanaladi. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. So‘zlarni tushunishni o‘rgatishda ,bolalarga nafakat ular karab turgan narsalarning va ularning o‘zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko‘rsatish va ularni kiziktirish zarur. Bu usul «ko‘rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlanishi, barkamol avlod bo'lib yetishishida uning nutqi boy va benuqson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning nutqi bilan birga, tafakkuri , dunyoqarashi ham shakllanadi, rivojlanadi. Bolal nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri shakllantirilsa, yetarli sharoit va muhit yaratilsa, bolaning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlanadi. Ko‘pincha bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so‘raydi: «falon narsa qayerda?», birok biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko‘rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi bizga zarur bo‘lgan shartli alokani o‘rnata olmaydi, o‘z-o‘zidan u ushbu so‘z ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa kaerda» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so‘zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda bola ko‘zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat kaerdaligini tez-tez so‘rab turish lozim. Birok bu o‘rinda savol emas, aynan soatni ko‘rib va eshitib kabul kilish vaktlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir. Ammo katta yoshli odamning fakatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga kizikarli kilib ko‘llashni ham o‘rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutki birmuncha o‘ziga xos bo‘ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so‘zni hadeb bir xil ohangda kaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsa bilan bog‘lanishi lozim bo‘lgan so‘zni alohida ohang, so‘zdan oldin va so‘zdan keyin kiska, birok ahamiyatli bo‘lgan pauzalardan foydalanish, uni ko‘p marta talaffuz kilish lozim. Ushbu usuldan («ko‘rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o‘yinchoklar, shaxsiy gigienaga oid narsalar, ovkat yeyish bilan bog‘lik buyumlar nomlarini tushunishni o‘rgatishi darkor. Bolaga ko‘rsatilayotgan narsa kanchalik kizikarli bo‘lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko‘p tanishishi (ko‘l tegizishi, ushlab ko‘rishi, ko‘lga olishi, kimirlatishi, biron narsaga urib ko‘rishi, agarda taom bo‘lsa – ta’mini ko‘rishi) mumkin. Ma’lumki, bola, asosan, 5—7 yoshgacha bo‘lgan davrda katta tezlikda so‘z zaxirasini to‘ldiradi. Atrof-muhitni o‘rganadi, tevarakka mustaqil nazar tashlaydi, ongida olamning lisoniy manzarasi chiziladi. Yaratilayotgan lug‘atlar ana shu fiziologik, psixologik, intellektual jihatdan faol yoshida bolaga munosib ko‘makchi bo‘la oladi. To‘g‘ri, bu yoshdagi bolalarning barchasi ham lug‘atni birdek mustaqil o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ammo tarbiyachilar, ota-onalar ko‘magida rasmlar va izohlar bilan tanishtirilsa, biz ko‘zlagan maqsadga to‘la erishsa bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilayotgan ushbu lug‘atlarda so‘zlarni tanlash, izohlshda jahon leksikografiyasida o‘quv lug‘atlariga qo‘yilgan talablarga mos holda bolaning yoshi, ruhiyati, dunyoqarashidan kelib chiqildi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini o‘stirish, nutq boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun muhim lingvodidaktik vositalarni yaratish harakatlari yaqinda boshlandi. Yaratilayotgan lug‘atlarning barchasini bir maqsad — maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqimizning boy ma’naviy, madaniy, tarixiy merosi, milliy qadriyatlariga sodiq, ma’naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalash hamda so‘z zaxirasini boyitish, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, to‘g‘ri va ravon gapirish ko‘nikmasini o‘stirish maqsadi birlashtiradi. Biroq bolalar uchun lug‘at yaratishning so‘zlarni tanlash, izohlash, kitobning estetik didga mos, rangli-bezakli bo‘lishi bilan bog‘liq va boshqa o‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Bolalarning nutqiy salohiyatini o‘stirish,so'z boyligini oshirish, maqsadidasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinayotganini bolaning kattalar tomonidan o‘qib yoki aytib berilgan jumla, so‘zlar ma’nosini anglashi, ularni amalda qo‘llay olishi, turli qiyin vaziyatlarda kattalar ko‘magisiz muammolarni hal etishga urinishi, aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyatining ortishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishida ko‘rish mumkin. Albatta, bu jarayon kattalar — tarbiyachi va pedagoglardan alohida ko‘nikma va mahoratni, qolaversa, maxsus zaruriy ta’limiy vositalar, qo‘llanmalarni talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy savodxonligini oshirishda lug‘atlarning o‘rni muhimligi jahon tajribasida to‘la isbotlangan. Lug‘atlar bilan ishlash nafaqat chet tilini o‘rgatish, balki o‘z ona tilidan mukammal foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish, xususan, tinglab tushunish, amalda qo‘llash, o‘rnida ishlatish, o‘xshash so‘zlarni farqlash, to‘g‘ri talaffuz etish kabi kommunikativ(lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik) kompetensiyalarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Jahonning bir qancha taraqqiy etgan davlatlarida maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlar uchun leksikografiyaning maxsus lug‘atlar yaratish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i shakllangan bo‘lib, uning, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar ishlab chiqayotgan tarmog‘i nihoyatda jadallashgan. Dunyoning turli tillarida sohaning maxsus termin, tushuncha va ruknlari ham paydo bo‘lgan bo‘lib, bu masalaning naqadar dolzarb ekanini isbotlaydi. Masalan, ruslarda “Учебник дошкольника”, “Мой первый словарик”, inglizlarda “Сollins first school dictionary”, “Macmillian first dictionary”, “Merriam Webster’s first dictionary”, “Scholastic children’s dictionary”, “Children’s dictionary”, “Dictionary for kids”, “Learning dictionary”, xitoyliklarda “Booculchacha”, ukrainlarda “Miнi – пiдручник для дошкiльнят” ruknlari ostida son-sanoqsiz lug‘atlar yaratilgan, leksikografiyada учебный словарь, школьный словарь, первый словарь дошкольника; school dictionary, educational dictionary, children’s dictionary, dictionary for kids, learning dictionary kabi faol terminlar paydo bo‘lgan. Ushbu lug‘atlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda poydevor vazifasini bajaradi deb ayta olamiz. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling