Pedagogical sciences and teaching methods / 021 – part


PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 10 /


Download 391.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi391.75 Kb.
#1153525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Patiyev Xoldor Ikromovich

 PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 10 / 

ijobiy tomonga o‟zgarishi ihtimoli yuqori bo„ladi. Oilaviy ishlarda murosa, or-nomus, iffat, 
andisha, birdamlik, hamjihatlik, hamfikrlik tushunchlalari yaxshi bo‟lishi birgina oilaning 
emas jamiyat, davlat, insoniyat kelajagi uchun bir xil ahamiyatga ega. “Mo„minlik va 
iffat- ya‟ni diyonat va nomus bir oilaning saodati va intizomi uchungina emas, balki bir 
mamlakatning saodati va barqarorligi uchun ham lozim va zarurdir”
2

Farzand tarbiyasi haqida ko„plab fikr-mulohazalar , qarashlar mavjud. Farzand 
tarbiyasi har qanday jamiyatda ham asosiy bahs mavzusi bo„lib kelgan. Tarbiyani 
qachon va qanday boshlash lozim? Qanday usul va vositalardan foydalanish darkor? 
Diniy-dunyoviy ilm namoyondalari ko„pchiligi homiladorlik davridan tarbiyani boshlash 
haqida fikr bildirganlar. Bu borada davlatimiz ham “Uzluksiz ma‟naviy tarbiya 
konsepsiyasi”da bu davrni eng maqbul davr sifatida mamlakat ahamiyatidagi masala 
sifatida kiritadi. Homiladorlik davrida ayollar jismoniy, ruhiy, ma‟naviy jihatdan qiyin 
ahvolga solinmasligi kerak.
Farzand tarbiyasi haqida “Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi”da quyidagi 
bosqichlarga bo‟ladi. 
1–bosqich. Homilador ayollar bilan olib boriladigan ijtimoiy, ma
ʼnaviy, maʼrifiy, 
tarbiyaviy konsalting ishlarini tizimli tashkil qilish. Ota-onani bola tarbiyasiga tayyorlash. 
2-bosqich. Bola tug
ʻilganidan 3 yoshgacha boʻlgan davri uchun amaliy ishlar
metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq qilish. 
3-bosqich. 3-7 yosh bolalar bilan maktabgacha ta
ʼlim muassasasi va oilada olib 
boriladigan tarbiyaviy hamkorlikni yo
ʻlga qoʻyish. 
4-bosqich. 8-10 yoshli davrda boshlang
ʻich taʼlim oʻquvchilari bilan olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish. 
5-bosqich. 11-18 yoshli yuqori sinf o
ʻquvchilari bilan olib boriladigan tarbiyaviy 
ishlar. 
Avlodlarimiz ota-bobolarimizdan qolgan moddiy madaniyat bilan bir qatorda ezgu 
fazilatlar, urf-odatlar, an‟analarni taraqqiy qilishlari uchun ham yuqoridagi tarbiya 
bosqichlarini xalqimiz orasiga olib kirishimiz va amalga oshirilish uchun ularning 
mativatsiyasini oshirmog„imiz shart. Go
ʻdaklikda ota-onaning mehr-muhabbati, 
g
ʻamxoʻrligi va jonkuyarligi sababli tashqi dunyoga ishonch tuygʻusi paydo boʻladi. Agar 
borliqqa ishonchsizlik hissi tug
ʻilsa, voyaga yetganida mahdudlik, umidsizlik vujudga 
keladi. Nutq vujudga keladi. Nutq asosida kattalarning oddiy topshiriqlarni bajaradi, 
harakatlarini to
ʻxtatadi. Qadr-qimmat, uyat, masʼuliyat, daxldorlik, tartib-intizom
hurmat shubha, mustaqillik kabi sifatlar shakllanadi. Bu tartib va intizom, mas
ʼuliyat, 
javobgarlik, hurmat tuyg
ʻulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi. Atrofdagi voqelikka 
emotsional munosabat va his-tuyg
ʻular paydo boʻladi. “Tarbiyada tanaffus bo‟lmaydi” 
degan chuqur ma‟noli gapni ko‟p takrorlaymiz. Lekin, afsuski, joylarda ma‟naviy-ma‟rifiy 
ishlarni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti. Bu borada bog‟cha, maktab, 
oliy ta‟lim, mahalla tiziminin har biri alohida ish olib borayotgani, ya‟ni, o‟zaro hamkorlik 
va uyg‟unlikning yo„qligi ishimizning samarasiga salbiy ta‟sir qilmoqda
3
. Tarbiyaga 
berilayogan e‟tibor – kelajakka berilayotgan imkoniyatdir. Oila bu borada eng asosiy 
2
Fitrat, Oila va oila boshqarish tartiblari, 247-bet 
3
Sh.Mirziyoyev,Yangi O’zbekiston strategyiyasi,285-bet 



Download 391.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling