Pedagogik akmelogiya fanining metodologiyasi va metodlari akme tushunchasining mohiyati


Download 42.53 Kb.
bet10/10
Sana08.06.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1463840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PEDAGOGIK AKMELOGIYA FANINING METODOLOGIYASI VA METODLARI AKME TUSHUNCHASINING MOHIYATI

Yashirin va faol prinsipi. Akmeologik muammolar sirasiga S.L.Rubinshteyn va uning maktabi asarlarida rivojlantirilgan yashirin va faol, implitsit va eksplitsit prinsipini kiritish mumkin. Ushbu ko‘rinishdan umumfalsafiy bo‘lgan prinsip dastavval psixologiyada shaxsning o‘zini mavjud ma’lumotlarga ko‘ra to‘liq anglash imkoni mavjud bo‘lmagan, proektiv, istiqbolli tizim sifatida anglash imkonini berdi.
Akmeologiya uchun u ikki xil vazifani bajaradi: 1) shaxsning kelajakda uning o‘zi yoki akmeologik qo‘llab quvvatlashi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan zahiralari, imkoniyatlariga metodologik yo‘naltirish; 2) amaliy-diagnostik yo‘naltirish. U shaxsning ayni vaqtdagi holatini diagnostika qilishda nafaqat tasdiqlovchi, o‘lchovchi, balki loyihalashtiruvchi jarayonlardan foydalanishni talab etadi. Akmeologik qo‘llab-quvvatlash bosqichida (o‘yinlar, treninglar) u sub’ektni, uning refleksiyasini shaxs tomonidan o‘z imkoniyatlarini oshirish, uning tafakkurini kengaytirish vositasi sifatida yo‘naltiradi.
“Implitsitlik" tushunchasining oddiy ma’nosi, shuningdek, “foydalanilmaganlik”, “ta’minlanmaganlik” tushunchalariga tenglashtiri-ladi. Oxirgi yillarda ijtimoiy tafakkurni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar, shaxs o‘z intellektual manbalari va imkoniyatlaridan har doim ham va to‘liq foydalanmaydi, o‘z intellektini “zo‘riqtirmaydi”, nisbatan oson yoki standart vazifalarni hal etishga intiladi. Aynan shu sababli akmeologiyaning vazifasi inson tomondan o‘z psixik manalaridan tasodifiy, betartib ravishda foydalanishga qarshilik qilish, o‘z-o‘zini to‘liq namoyon qilish uchun yo‘l ochib berishdan iborat.
Modellashtirish prinsipi. Modellashtirish prinsipi o‘tgan asrning o‘rtalarida ijtimoiy, ishlab chiqarish va boshqa tizimlar sohalarida ishlab chiqildi va ularning har birida aniqlashtirildi va tasniflandi. Fan metodologiyasida modellashtirish prinsipi ma’lum darajada ilmiy bilim tizimida izlash, tadqiqotchilik va operativ modellarini bir xillashtirish ma’lum darajada formallashtirilgan.
Modellashtirish tabiatini tushunishning asosi sifatida aks ettirish nazariyasi namoyon bo‘ladi. Ushbu fikr ko‘p tadqiqotchilar tomonidan yoqlanadi. Biroq, modellashtirish aynan qay tarzda aks ettirish bilan nisbatlanishi ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Aks ettirishning universal xususiyatlarini, uning inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda namoyon bo‘lishini tahlil qilish, shaxsiy tizimlarning modellashtirish tabiatini aniqlashdan ta’sirlanishidagi o‘rnini o‘rganish imkonini berdi. Natijada aks ettirish jarayonida bir tizimlarning zaruriy jihatlari ichki o‘zgarishlarda va tashqi harakatlarda, boshqa tizimlarniki esa ularning tuzilmasi va vazifasida namoyon bo‘luvchi ta’sirlanishning o‘ziga xos shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’sirlanish – haqiqiy tizimli xususiyatdir, chunki uning jarayonida “ob’ekt-hodisa”, “aks ettiruvchi sub’ekt – aks ettirilayotgan ob’ekt – aks ettiruvchi sub’ekt” tizimlariga xos bo‘lgan umumiylik aks ettiriladi. “Ta’sirlanish” tushunchasi aks ettirishning mohiyati sifatida o‘rganilayotgan “o‘zaro munosabat” tushunchasidan aniqroqdir. Bu ham, albatta, o‘zaro munosabat, uning tarkibiga kirayotgan tarkibiy qismlarning o‘zgarishini taqozo qiluvchi munosabatdir.
Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling