Pedagogik akmelogiya fanining metodologiyasi va metodlari akme tushunchasining mohiyati
IV.2. Pedagogik akmeologiyaning umumiy metodologik prinsiplari
Download 42.53 Kb.
|
PEDAGOGIK AKMELOGIYA FANINING METODOLOGIYASI VA METODLARI AKME TUSHUNCHASINING MOHIYATI
IV.2. Pedagogik akmeologiyaning umumiy metodologik prinsiplari
Pedagogik akmeologiyaning umumiy metodologik prinsiplariga determinizm, rivojlanish, insonparvarlik kabilar kiradi. Determinizm prinsipi. Sub’ektga oid paradigmaning hukmronligiga, sub’ekt toifasi rolining tan olinishiga, asr boshida fizikada tanqidiy ravishda еngib o‘tilgan, biroq, psixologiyada hukmronlik qilishda davom etib kelayotgan determinizm prinsipining mexanik chiziqli tushunilishini еngib o‘tish kabi murakkab jarayon sabab bo‘lgan. Biroz oldinga o‘tgan holda, shaxsning gumanitar fanlarda ijtimoiy determinatsiyasi prinsipiga murojaat qilar ekanmiz, aytish mumkinki, mamlakatimiz dunyoqarashida mexanistik determinizm, qat’iy tashqi determinatsiyaning tan olinishi ijtimoiy determinatsiyaning hal etuvchi rolini mafkuraviy tan olinishiga, marksistik mafkuraga asoslangan holda mavjud bo‘lgan. S.L.Rubinshteyn determinizmning yangicha, psixika, shaxs tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari talablariga javob beruvchi prinsipini shakllantirdi. Bu kabi prinsipga ko‘ra, tashqi sharoitlar ob’ekt mohiyatini va unga ta’sir ko‘rsatish natijasini qat’iy va bir ma’noda emas, balki ichki sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilab beradi. S.L.Rubinshteynga ko‘ra, har bir hodisaning boshqasiga har qanday ta’siri, ushbu ta’sir ko‘rsatilayotgan hodisaning ichki xususiyatlari orqali o‘zgartiriladi. Hodisa yoki predmetga ko‘rsatiladigan ushbu ta’sir natijasi nafaqat unga ta’sir ko‘rsatayotgan hodisa yoki jismga bog‘liq bo‘ladi, balki ushbu ta’sir ko‘rsatilayotgan predmet yoki hodisaning shaxsiy ichki xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Inson hayotiga nazar tashlar ekanmiz, biz psixik hodisalar unga qay tarzda o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro bog‘lovchi sifatida, hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan va insonlar xulqini belgilab beruvchi ravishda kirib borishi hamda ular vositasida ushbu sharoitlarning o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin. S.L.Rubinshteyn, deb ta’kidlaydi K.A.Abulxanova-Slavskaya, nafaqat tashqi ta’sirning ichki ta’sir roliga o‘zgartiruvchi, bilvosita ta’siriga, balki uning faollik, o‘ziga xoslik, tanlab olish kabi xususiyatlariga ham e’tibor qaratadi. Determinizm prinsipini bu kabi izohlashda nafaqat sabab va oqibatlarning aloqasi qonuniyatga aylanadi, balki ichkining roli ham qonuniyatga aylanadi. Akmeologiyada determinizm prinsipining o‘ziga xosligi bir nechta yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Birinchi yo‘nalish shundan iboratki, dastavval “ichki” holat “tashqi” bilan o‘z birligida va statik, ayni vaqtda berilgan, betartib yoki avvalroq tasodifiy ravishda shakllangan jihatda o‘rganiladi. Akmeologiya “ichki”ni uning eng maqbul yo‘nalishda rivojlanish mantig‘i sifatida ochib beradi. Rivojlanish qonuniyatlari bu chiziqli gorizontal rivojlanish emas, balki yuksalish qonuniyatlaridir, bu haqda quyida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu ichki qonuniyatlarni, rivojlanish mantig‘ini bilish, rivojlanish jarayonini tezlashtirish, uni amalga oshirish usulining konstruktivligi uchun qo‘llanishi mumkin. Determinizmning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati akmeologiyada shundan iboratki, rivojlanishni tizimli tashkil qilish omili yoki harakatga keltiruvchi kuch shaxsning o‘zi hisoblanadi, uning mexanizmi sifatida esa o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini tashkillashtirish namoyon bo‘ladi (rivojlanish jarayonini tashqaridan boshqarishdan farqli ravishda). Uchinchisi, shaxsni takomillashtirish jarayoni qo‘shaloq, ya’ni ham ichki, ham tashqi determinatsiyaga ega ekanligidan iborat, bunda hal etuvchi rolni ichki determinatsiya, ichki harakatga keltiruvchi kuchlarning ozod etilishi, implitsit imkoniyatlarni aniqlash o‘ynaydi. Biroq, tashqi akmeologik yordam faqatgina u shaxsga sub’ekt sifatida yo‘naltirilganligi sababli ko‘rsatilishi mumkin, ya’ni ichki mexanizmlar, sharoitlarning hal etuvchi rolini tan olishga quriladi. Manipulyatsiya, odamlarni qattiqqo‘llik bilan boshqarish, o‘rgatish (dressura) turidagi o‘qitishlar, ko‘pincha qisqa muddatlarda natijaga erishish imkonini bergan holda, hech qachon odamlarning mustaqil faoliyati sohasida, dressura bilan qamrab olinmagan, murakkab vaziyatlarda hech qachon samaradorlikka olib kelmagan. Asosan sub’ektning ichki eng maqbul, uyg‘unlashgan, tartibga solingan sharq meditatsiya turidagi treninglar ham mavjud bo‘lgan. Biroq, u bu kabi holatga erishgan holda samarali ravishda harakatlanish imkoniga ega bo‘lmay qoldi, tizimning tartibliligini uning harakatlanish tartibiga o‘tkazish holati yuz bermagan. Tartiblilik, maqbullik faqatgina statikada saqlanib qolgan. Akmeologiya determinatsiyaning o‘zining muayyan tushunishi va ham ichki, ham tashqi, ham bevosita usullar yordamida optimum faollikka erishish ushbu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xulosani buzib yuboradi. Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling