O‘QUV LOYIHASI: “Ta’limda o‘quvchilarning bilish jarayonlari va individual-psixologik xususiyatlari “
Rustamova Shaxzoda Maripovna,
Farg‘ona viloyat XTXQTMOHM o‘qituvchisi
PEDAGOGIK ANNOTATSIYA (lavha)
Fanning nomi: “Ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv”
Mavzuning nomi: “Ta’limda o‘quvchilarning bilish jarayonlari va individual-psixologik xususiyatlari”.
Ishtirokchilar: barcha toifa kurs tinglovchilari
Ta’limning maqsadi: tinglovchilar mavzu yuzasidan egallangan bilimlarini, ya’ni bilish jarayonlari va individual psixologik xususiyatlar haqida nazariy hamda amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishi, maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixik jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha malaka ko’nikmalarini shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari: egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash jarayonini o‘rganadilar.
Loyihalashtirish faoliyati bo’yicha quyidagi amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladi: o‘quvchilar o‘zlashtirishida bilish jarayonlarining qanday rivojlanganligi yoki ulardagi ayrim muammolarni bartaraf etish kabi vazifalarni aniqlash;
bu vazifalarni amalga oshirishda o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlaridan foydalanish yo‘llarini bilish.
Tinglovchilar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo‘lgan oldingi bilim va ko‘nikmalar quyidagilardan iborat:
Quyidagi oldingi bilimlarni bilishi kerak: bilish jarayonlari va individual psixologik xususiyatlar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Quyidagi ko’nikmalarga ega bo‘lishlari kerak: bilish jarayoni va individual psixologik xususiyatlarni aniqlashga yordam beruvchi metodlar haqida.
Turlanish belgilari bo‘yicha loyihaga tavsif: amaliy;
Predmet va mazmun jihatdan ko‘lami bir fan bo‘yicha foydalaniluvchi monoloyiha;
Tinglovchilar o‘quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita;
Ishtirokchilar soni 6 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin;
Bajarish muddati bir oy o‘quv kursi yakunigacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |