Pedagogik artistizm
Tarbiyachining tashqi qiyofasi
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
Tarbiyachining tashqi qiyofasi uning kiyinishi, soch turmaklari, har xil zeb-ziynatlarni taqishi, o‘ziga haddan tashqari oro berishi kabi masalalarni qamrab oladi. Eng avvalo, o‘qituvchining o‘zi tashqi ko‘rinishi ta’lim oluvchilarga namuna bo‘lishi lozim. Tarbiyalanuvchilar esa, birinchi navbatda barcha narsa va hodisalarni, jumladan, kiyinishni ham tarbiyachilaridan o‘rganadilar.
Tarbiyachi jamiyatning barcha a’zolari kabi ta’lim oluvchilarga ham har tomonlama o‘rnak bo‘lishi zarur. Mazkur hodisa bolalarning tarbiyachisi haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantirish va mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining maromi va uning ta’sirchanligi guruhdagi bolalar diqqatini o‘ziga jalb qila olishiga qaratilgan ta’sirli usullardan biri hisoblanadi. U nutqiy maydon bo‘ylab yangi axborot va ma’lumotlarning oldindan puxta o‘ylangan tarzda taqsimlanishida asoslanadi. Yangi axborot empirik ma’lumotlar, aniq fikrlar, yorqin tushunchalar, hissiy tasavvurlar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilarga pedagog fikrini tushunish hamda quvonch hissini tuyishga intilib, ularda o‘z diqqatlarini faollashtirishga yordam beradi. Pedagog nutqi qanchalik murakkab bo‘lsa, ta’lim oluvchilar diqqatini jamlash hamda ularga zarur axborotlarni etkazishda tarbiyachidan shunchalik ko‘p sa’y-harakat qilishni talab qiladi. Bu jarayonda esa nutqning sodda va oddiy tilda bayon etilishi muhim didaktik qimmatga ega. Faqatgina tarbiyachi nutqi oddiy, bolalar yoshiga mos tazda sodda bayon etilsa ta’lim oluvchilarda hissiy keskinlik hamda zo‘riqishning oldi olinadi. Bunday vaqtda tarbiyachi bolalarni 1-2 daqiqa o‘quv mashg‘ulotlaridan chalg‘itishi talab etiladi. Masalan,o’yin, she’r aytish, tez aytish, maqollar aytish kabi vositalardan foydalanishi mumkin. Mazkur yo‘llar bilan ta’lim oluvchilar intellektual jihatdan dam oladilar. Bu esa o‘quv mashg‘uloti davomida sukut vaziyatini hosil qilish demakdir. Buning natijasida ta’lim oluvchilarning hissiy quvvatlari yanada ortadi, o‘quv mashg‘ulotiga nisbatan qiziqishlari kengayadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling