Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet24/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Aktyorlik qilish – bu soxta artistizmdir. Bunda tarbiyachi mashg‘ulot davomida yaxshi va saxiy hamkor rolini o‘ynaydi. U ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda bir qator rollarni o‘ynashga harakat qiladi. Jumladan, tarbiyachi ta’lim oluvchilarni baholash jarayonida rag‘batlantiruvchi, homiy rolini, o‘quv materiallarini tushuntirish jarayonida esa, yaqin do‘st, suhbatdosh roini o‘ynaydi.
Pedagogik mahorat1) kasbiy ko‘nikmalarning yuksak darajada rivojlanishi; 2) shaxsning kasbiy sifatlari, layoqat qobiliyatlari majmui; 3) san’at darajasidagi mahorat; 4) pedagogik mohirlik, san’at va bilimdonlik. Bu tarbiyachining umumiy, kasbiy-axsiy madaniyati, uning nazariy bilimlari va pedagogik texnikani egallaganligida ko‘rinadi.
Pedagogik texnika bu uzluksiz rivojlantirish jarayonida o‘qituvchilarning ichki faoliyatidan kelib chiqadigan o‘z mahoratini ifodalay olish qobiliyatidir. Shu bilan bir qatorda, tarbiyachiga o‘z faoliyatini chuqurroq, yorqinroq, iste’dodliroq ifodalashda, o‘quv-biluv jarayonida yuqori samaradorlik hamda yaxshi natijalarga erishishga ko‘maklashadigan ko‘nikma va malakalar tizimi hisoblanadi. Pedagogik texnika elementlari asosini quyidagilar tashkil qiladi:
- tarbiyachining pedagogik muloqot ko‘nikmalari va malakalari;
- nutq texnikasi va madaniyati (ovoz, nafas olish, novatorlik, ifodali o‘qish, savodxonlik va sh.k.);
- hissiy kechinmalar va munosabatlarni ifodali ko‘rsata bilish (mimika, pantomimika, tashqi qiyofa kabilar);
- tarbiyachining o‘z pedagogik holatini erkin boshqarishi (o‘z-o‘zini nazorat qilish, sabotlilik va sh.k.).
Yuqorida ta’kidlangan fikrlardan ko‘rinadiki, pedagogik texnika tarbiyachi tomonidan yetkaziladigan yangi tushunchalar, ma’lumotlar, axborotlarni ta’lim oluvchilarga ularning hissiyotlari, qobiliyatlari va layoqatlarini hisobga olgan holda etkazishlariga ko‘maklashadigan pedagogik artistizm ko‘nikmalari hisoblanadi. Bundan tashqari, ular tarbiyachining ijodiy xulqi va bolalar bilan samarali o‘zaro ta’sir qilishiga ko‘maklashadi.
Pedagogikada artistizm ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachining ijodkorligiga nisbatan qo‘llanilganda quyidagilarni anglatadi:
- ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachining pedagogik mahorati va ijodkorligining uyg‘un holda namoyon bo‘lish qobiliyati;
- tarbiyachining mashg‘ulotlar davomida o‘z tashqi qiyofasini o‘zgartirishi, ta’lim oluvchilarni o‘ziga jalb qila olishi, jonlilik, keskinlik, jozibadorlik ko‘nikmalari;
- tarbiyachi imo-ishoralari va mimika elementlarining rivojlanganligi;
- tarbiyachining hikoyachilik iqtidori, ta’lim oluvchilar uchun ularning hayotlaridagi ijobiy qahramon bo‘lishi;
- tarbiyachida o‘z kasbidan ilhomlanish, ruhlanish, ichki erkinlik hissining mavjudligi;
- tarbiyachida obrazli tafakkurning rivojlanganligi;
- tarbiyachida ko‘nikmalarini rivojlantirishi va shu orqali nostandart echimlar, qarorlar qabul qilishga intilishi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachining ruhiy xususiyatlari, asab tizimining me’yoriy holatda bo‘lishi kabilar. Yuqorida bayon qilinganlar pedagogik artistizm – pedagogik ijod jarayonining barcha bosqichlarida u yoki bu darajada faol bo‘lgan xususiyat ekanligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida artistizmning o‘rni va ahamiyati tarbiyachining kasbiy faoliyati takomillashgani sari o‘zgarib, boyib boradi. U tarbiyachining shaxsiy sifati tarzida namoyon bo‘lishi, kasbiy tajribasi ortib borgan sari esa pedagogik faoliyatning barcha tarkibiy qismlariga uyg‘unlashishi, qolaversa, uning butun faoliyatini tashxislashi va yaxlit tarzda ifodalashi mumkin.
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik artistizmning vazifasi – ta’lim oluvchilarga hissiy ta’sir o‘tkazish; ularning qalbida chuqur iz qoldirish, muayyan kechinmalar uyg‘otish; bolalar ongi va shuurida o‘ziga ishonchni mustahkamlash; o‘z munosabati, hissiyoti bilan taassurot uyg‘otish; tasavvurini rivojlantirishdan iborat. Bunda tarbiyachining asosiy maqsadi – ta’lim oluvchilarda bilimlar yig‘indisi, o‘quv jarayoniga nisbatan hissiy munosabati, o‘z-o‘zini boshqarish uchun muayyan vositalarni tanlashidangina iborat bo‘lmay, balki ularda shaxsiy nuqtai nazarining shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat.
Pedagogik artistizm ta’lim oluvchilar bilan aloqa o‘rnatish, ularning ishonchini qozonish, o‘quv jarayonlariga nisbatan kuchli qiziqish orttirish, mashg‘ulotlarining barcha vaziyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rishga yordam beradigan ma’naviy va jismoniy sifatlarning murakkab qorishmasi hisoblanadi.
Pedagogik artistizm ko‘nikmalarining tuzilishi tarbiyachining a) ichki va b) tashqi jihatlariga bog‘liq.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling