Pedagogik artistizm


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Download 1.36 Mb.
bet2/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
PEDAGOGIK ARTISTIZM”
FANIDAN
O‘QUV
MATERIALLARI



Namangan-2022

1-Mavzu: Pedagogik artistizm bo’lajak mutaxasislarning kasbiy va shaxsiy tavsifi sifatida.. Reja:


1.Ijodkor tarbiyachining shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari. 2.Teatr pedagogikasi asosida ijodkor tarbiyachi shaxsining tiklanishi. 3.Shaxsning pedagogik yo’nalganligini ifodalovchi ekspressiya jarayoni. Tayanch tushunchalar: ekspressiya jarayoni, ma’naviy salohiyat, kognitiv-ijodiy xususiyatlar, kommunikatsiya san’ati, barkamol rivojlangan shaxs, pedagogik ijod, ilmiy ijod, ijodiy motivatsiya.


Ijodkor tarbiyachining shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari. XXI asr, bozor munosabatlari va keskin raqobat asri rivojlanish, eng avvalo, iqtisodiy rivojlanishning yetakchi omillari sifatida nafaqat moddiy ne’matlar va xizmatlar, balki bilim, tajriba, malakalarni to’plash, salomatlik, jismoniy rivojlanganlik darajasini ilgari surmoqda.
Ma’lumki, istalgan yuksak darajada rivojlangan mamlakatning insonlar salohiyati uning asosiy raqobatchilik potentsiali sanaladi. Aynan u zamonaviy olamning globallashuv sharoitlariga, raqobatbardoshlik yutuqlariga moslashish imkonini beradi, mamlakatning iqtisodiy qudrati, aholi farovonligi oshishining muhim sharti sanaladi. Mamlakatning inson potentsiali ko’p jihatdan ta’lim, uzluksiz ta’limning zamonaviy tizimi rivojlanganligi, pedagoglar kasbiy kompetentligi darajasi bilan belgilanadi.
Shu sababdan ham O’zbekiston Respublikasida ta’lim davlatning ustivor funktsiyasi sanaladi, davlat siyosati faol, mustaqil, maqsadga intiluvchan, ijodkor va mas’uliyatli, zamonaviy plyuralistik o’zgaruvchan olamda rang-barang hayotiy rollarni muvaffaqiyatli idrok qilishga qodir bo’lgan shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan. Ta’lim tizimi qonuniyatli tarzda mehnat bozorining vaziyatli va istiqbolli ehtiyojlariga moslashtiriladi va sermahsul, ijodkor mehnat va ijtimoiy hamkorlik qobiliyatini shakllantirishga yo’naltiradi.
Hozirgi kunda shaxsning kasbiy ahamiyatli sifatlari muayyan bilim hajmi va to’liqligi mezonidan ko’ra ko’proq ularni mustaqil to’ldirib borish, kasbiy vazifalarni qo’yish va hal qilish qobiliyatiga asoslanadi.
Bu kabi davr talabi an’anaviy ta’lim tizimi yoki o’qitishning reproduktiv tipi bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Harakat uchun tayyor bilim yoki algoritmlarni berish o’qiydiganlar, o’qitadiganlarning ijodiy imkoniyatlari shakllanishini ta’minlaydi.
Avtoritar o’qitish natijasida ta’lim oluvchilar faktik material bilimini o’zlashtiradi, biroq mustaqil, tanqidiy fikrlash, analitik va muammoli xarakterdagi vazifalarni hal qilish malakalarini, yangi vazifalarni mustaqil qo’yish, ularni hal qilishning optimal, nostandart usullarini belgilash, olingan bilimlardan amaliyotda ijodiy foydalanish malakalarini shakllantirishga qodir bo’lmaydi. Bugun esa aynan shunday sifatlarga talab har qachongidan ham ortgan.
Fikrimizcha, ta’limning yangi tipini yaratish uchun ta’limning axborot paradigmasini mazmuniga o’zgartirish zarur. Faqat shu holdagina ta’lim pedagogik jarayonning barcha sub’ektlarini rivojlantirish o’zining asosiy maqsadi etib belgilashi mumkin bo’ladi. Muallif bo’lish qobiliyati, refleksiya qobiliyati, ongning tolerantlik tavsiflari yuzaga kelishi va rivojlanishi va insonning dialogga qodirligi kabi shaxsning xususiyatlari – shaxsning faoliyatning faol sub’ekti sifatidagi xususiyatlari hamkorlik pedagogikasi asosida shaxsga yo’naltirilgan o’qitish va tarbiyalash sharoitida shakllanishi mumkin. Bunday o’quv jarayonining asosiy maqsadi har bir ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatlari o’sishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun esa pedagogning o’zi ijodkor shaxs bo’lishi, ijodiy, mualliflik maktabi tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Shaxs – kadrlar tayyorlashning asosiy sub’ekti va ob’ekti, ta’lim xizmatlari iste’molchisi va ishlab chiqaruvchisi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati barkamol rivojlangan shaxs - fuqaroning, avvalo, intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq uzluksiz ta’lim tizimi har tomonlama rivojlanishini ko’zda tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganlar o’qitish tushunchasining muqobili sifatida rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimlarining asosiy, mohiyatli tushunchasi bo’lishi haqida xulosaga kelish imkonini beradi. Demak, ta’lim muassasalarida shunday sharoitlar yaratish zarurki, ta’lim oluvchi o’quv jarayonining faol figurasiga aylansin, pedagoglarning diqqat markazida esa ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati, ya’ni o’qitish emas, balki bilish jarayoni bo’lsin. Ta’lim individni ma’rifatli qilish usulidan ijodkor shaxsning, o’zini o’zi konstruktsiyalash, o’zining hayotiy strategiyasini belgilash va o’zgartirishga qodir shaxsni, uning individual xususiyatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmiga aylanishi lozim.
Bu maqsadga faqat ijodiy individuallik va individual uslubga ega bo’lgan pedagoglar yordamidagina erishish mumkin. Pedagogning sa’y-harakatlari ta’sirli, amaliy bo’lishi uchun uning eruditsiyasi, metodik mahorati, ta’lim texnologiyasini muvaffaqiyatli tanlashi yetarli bo’lmaydi. Ta’lim oluvchi pedagogni yorqin betakror shaxs sifatida qabul qilishi zarur.
«Ijod, «ijodkor shaxs», «ijodiy faoliyat», «ijodiy ishlaydigan pedagog» «mehnatga ijodiy yondashuv», «individuallik», «pedagogning ijodiy individualligi», «pedagogning individual uslubi» kabi tushunchalarni ko’rib chiqamiz.
Ijod – natijasi ob’ektiv yoki (va) sub’ektiv ahamiyatga ega bo’lgan, yangi, original va yanada takomillashgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yaratilishi bo’lgan faoliyat. Ijod turlari inson faoliyati turlari bilan belgilanadi. Ilmiy ijod – avvalgisiga nisbatan ustunlikka ega bo’lgan yangi bilimni ishlab chiqarish; badiiy ijod – yangi badiiy asarlarni yaratish; pedagogik ijod – ta’limning yangi mazmuni, metodlari, tamoyillari, shakllari, tizimlari va sh.k. larni ishlab chiqish [90/ 770].
Psixologik adabiyotlarda ijodning ma’lum ma’noda turlicha talqinlariga duch kelamiz. L.S.Vigotskiy ijodga yangilik yaratish sifatida qaraydi. S.D.Rubinshteyn uni keyinchalik nafaqat ijod, balki fan, san’at va sh.k. lar tarixiga kiradigan nimadir yangi, originallik yaratadigan faoliyat sifatida baholaydi. A.M.Matyushkin faollikning ikkita: adaptiv va ijodiy turini farqlaydi.
Ijodiy faollikning vazifasi mavjud tartibni o’zgartirish, yangicha yondashuvlarni yaratish.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling