Pedagogik artistizm
Teatr pedagogikasi asosida ijodkor tarbiyachi shaxsining tiklanishi
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
Teatr pedagogikasi asosida ijodkor tarbiyachi shaxsining tiklanishi. Jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalayotgan O’zbekiston Respublikasi siyosati maqsadga intiladigan va mas’uliyatli, zamonaviy plyuralistik o’zgaruvchan dunyoda turli xil hayotiy rollarni muvaffaqiyatli ijro qilishga qodir bo’lgan shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan. Buning uchun ta’lim tizimini bozorning dolzarb va istiqbolli ehtiyojlariga nozik va aniq moslashtirish, mahsuldor-ijodiy mehnat va ijtimoiy hamkorlik qobiliyatini shakllantirish amalga oshirilmoqda.
Ta’lim mamlakat kelajagi uchun ishlamoqda. Uning rivojlanishi, amalda, ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlari rivojlanishi sharti sanaladi. aynan ta’lim jamiyatning sifat jihatidan rivojlanish dinamikasini belgilamoqda. U milliy kelishuv, ijtimoiy integratsiyaning ta’sirchan maydonlaridan biri, birlashtiruvchi, yoshlar muhitida kriminogenlikni to’xtatishga qodir bo’lgan ijtimoiy omil, kishilarning ma’naviy poklanish jarayonidir. Inqirozga qarshi dasturni realizatsiyalashga yo’nalganlik va XXI asrda jamiyat dinamizmi jahon ta’lim tizimlarining zamonaviy dunyoda intellektuallar, ijodkor shaxslarning roli noyob ekanini isbotlaydigan zamonaviy realiyalarga adekvat bo’lishi zarurligini belgilab bermoqda. Shu sababli o’sib kelayotgan avlodni XXI asr chorlovlariga tayyorlashga yo’naltirilgan ta’limni Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida rivojlantirish yaqin o’n yillikda davlat strategiyasining eng muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zamonaviy mutaxassis nafaqat tabiiy-ilmiy va kasbiy, balki uning ma’naviyati va madaniyatini belgilab beradigan gumanitar bilimlarga ham ega bo’lishi kerak. Tarbiyachilik kasbining ommaviy xarakteri sharoitida davlat va jamiyat bo’lajak tarbiyachini tayyorlash va uning to’laqonli kasbiy realizatsiyasi uchun tegishli sharoit yaratishdan manfaatdor. Hech kimga sir emaski, har bir millat, pirovardida jahon tsivilizatsiyasi taqdiri tarbiyachining muvaffaqiyatli pedagogik faoliyatiga bog’liq. Tarbiyachining kasbiy faoliyati – doimiy bajariladigan faoliyat turlaridan biri. Uning o’ziga xosligi o’quvchilarga, ularning yoshga oid, individual va gendagi xususiyatlari, talablari, qiziqishlari, ma’naviy olamini hisobga olgan holda ta’sir ko’rsatishi, shu bilan birga bilish jarayoni va shaxsning rivojlanishini maqsadli boshqarishdan iborat. Faoliyatning foydalanish uchun tayyor pedagogik-psixologik (profil) komponentlari to’plamini bir necha o’n yillar oldin professionalizm asosi deb hisoblash mumkin edi. Bugun turli tipdagi ta’lim muassasalariga kasbga xazsan kirishib ketadigan, fikrlash doirasi keng bo’lgan, o’zida ta’lim jarayonining ta’lim oluvchi uchun qiziqarli gumanistik potentsialiga ega pedagog kerak. U boshqa din, madaniyat, dunyoga munosabatga nisbatan tushunish va toqatlilikni namoyon qilish imkonini beradigan va gumanistik madaniyatning saqlanishi va rivojlanishiga ko’maklashadigan fikrlash va harakat usullarini tanlay bilishi kerak. Bundan tashqari, u o’z o’quvchilari bilan hamkorlik qilishga tayyor bo’lishi, ular uchun referent, betakror, notipik shaxs bo’la olishi kerak. Zamonaviy pedagog bir paytning o’zida turli tillarda (so’z, imo-ishora, mimika, pantomimika va b.) ta’lim mazmuni fragmentlarini va ular bilan bog’liq tarzda kishi ko’nglida kechayotganlarini ifodalashga qodir bo’lishi kerak. Bu tillarni egallaganlik, ularni ta’lim amaliyotiga tatbiq qilish san’at misolidir, u pedagogning ijodiy individualligiga borib taqaladi va bu uning pedagogik texnikani egallaganligini inkor etmaydi. Fanda uchta qonuniyat aniqlangan: I. Insonning faktik rivojlanishi va uning muvaffaqiyat qozonishi ko’p jihatdan uning shaxsiy «emotsionallik koeffitsentiga» bog’liq. II. Ijobiy emotsional zaryad (quvvat) - bilimlarni tez va muvaffaqiyatli o’zlashtirishning yetakchi shartlaridan biri (befarq axborotning faqat 16%i, emotsional bo’yoqdor axborotning esa qariyb 80%i qayta yaratiladi). III. Tarbiyachining ijobiy bo’yoqdor holatlari intensivligi katta bo’lgani holda ta’lim oluvchilarning mashg’ulotlardagi psixik holati ham ijobiy bo’yoqdorlikka ega bo’ladi. Har uchala qonuniyat dalolat beradiki, o’qituvchi qaysi paradigma doirasida ishlamasin, ta’lim oluvchilar bilan muloqot va o’zaro hamkorlik jarayonini rang-barang emotsiyalar bilan boyita bilishi uning eng muhim kasbiy ahamiyatli sifati sanaladi, ya’ni har bir pedagog emotsional ekspressivlik (yoki shunchaki ekspressiya) kabi sifatlarni egallagan bo’lishi lozim. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling