Pedagogik artistizm


Shaxsning pedagogik yo’nalganligini ifodalovchi ekspressiya jarayoni


Download 1.36 Mb.
bet6/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Shaxsning pedagogik yo’nalganligini ifodalovchi ekspressiya jarayoni. Shaxsning pedagogik yo’nalganligini ifodalangan ekspressiya bilan birlashtirgan tarbiyachi shunday baxtli hodisaki, harakatlar, imo-ishoralar, yurish, mimika, nutq, uning intonatsiyasida mujassam ifodalilik nafaqat pedagogning shaxsidagi xususiyatlarni, balki uning fikrlari obrazi, o’qitadigan faniga va turli ijtimoiy (ma’naviy, fuqarolik, badiiy) qadriyatlarga munosabatini, uning o’quvchilar va boshqa insonlarga munosabatini, shuningdek mavjud vaziyatda uni qamrab olgan kechinmalarni ifodalash imkonini beradi. Konstantin Sergeevich Stanislavskiy maslahat beradi: «Shunday gapiringki, har bir so’z tasavvur uyg’otsin, va menga ko’rish uchun vaqt bering… agar nutq tugagan bo’lsa, unda ko’zlar so’zlashda davom etsin» .
Kognitiv paradigma sharoitida tarbiyachi axborot tizimi bo’lgan ta’limning detali sanaladi, uning eksperssiyasi esa ikkinchi darajali rol o’ynaydi. Ko’plab olimlar va pedagoglarning ta’kidlashicha, natijada, ta’lim oluvchida dunyoni tushunishning cheklanganligi, his qila olmaslik va hayratlana bilmaslik, hammasini faqat fanning yordamida tushuntirishga intilish «tarbiyalanadi». O’quv jarayoni ta’lim oluvchining intellektual sohasini boyitish va rivojlantirishga yo’naltiriladi, bu paytda shaxsning boshqa – emotsional-qadriyatli sohasi asta-sekin barbod bo’ladi.
«Yosh avlodni XXI asr chorlovlariga (chaqiriq) tayyorlashning sharti sifatida o’quvchilarning kognitiv-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga asoslangan ta’limning kontseptual modeli» mualliflari ta’kidlaydiki, an’anaviy ta’lim tizimi (ta’limning tushuntirish-illyustratsiyalash va reproduktiv metodlari) individuallashtirish va bolalarning shaxsiy rivojlanish mexanizmlarini ishga tushirishga asoslanmaydi, o’quvchining ichki hayoti, uning rang-barang talab va ehtiyojlari bilan anchagina zaif bog’lanadi, natijada, shaxsning individual xususiyatlari va ijodiy ko’rinishlari namoyon bo’lishiga to’sqinlik qiladi.
Ta’limning bu paradigmasi tayyor bilimlarni ma’lum qilish, namuna asosida, induktiv mantiq (xususiydan umumiyga) asosida o’qitish, mexanik xotira, o’quv materialini verbal bayon qilish va pedagogdan olingan axborotni reproduktiv qayta yaratishga asoslanadi. Tadqiqotlar ma’lumotlariga qaraganda, ta’lim oluvchi ta’lim jarayonida eshitgan axborotning 80%i, ta’lim oluvchi uning ustida mustaqil ishlamagan taqdirda, o’sha kuniyoq unutadi; 20%i o’quvchi uchun dolzarblik darajasiga bog’liq holda xotirada bir muncha uzoqroq saqlanadi .
Avtoritar o’qitish natijasida ta’lim oluvchilar faktologik material bilimlarini o’zlashtiradi, baroq mustaqil, tanqidiy fikrlash ko’nikmalari, analitik va muammoli xarakterdagi vazifalarni hal qilish malakalarini, yangi vazifalarni mustaqil tarzda qo’yish, ularni hal qilishning optimal, nostandart usullarini belgilash va amaliyotda ijodiy foydalanish malakalarini shakllantirishga qodir bo’lmaydi.
Ta’limning yangi tipini qurish uchun paradigmaning o’zini axborotdan mazmuniga o’zgartirish zarur. Faqat shu holda ta’lim asosiy maqsadi – har bir ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyat va imkoniyatlari o’sishini ta’minlashdan iborat bo’lgan pedagogik jarayonning barcha qatnashchilari shaxsini rivojlantirishni o’zining markaziy vazifasi sifatida belgilashi mumkin. Buning uchun pedagogning o’zi ijodkor shaxs bo’lishi lozim.
Muqobil paradigmalar o’qituvchining majburiyatlaridan biri «taassurot qoldirish» ekanini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda pedagog Pifagor teoremasi haqida ma’lum qilgan emas, balki buyuk grek Pifagorning g’ayriodatiy teoremasi haqidagi hikoyasi bilan taassurot uyg’ota olgan kishidir.
Gumanistik paradigmada uchta (ularning barchasi pozitiv) tayanch (bazaviy) emotsiya: quvonch, qiziqish, hayratlanish ajratiladi, dars ushbularga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling