Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet4/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Ijodiy motivatsiya. Ijod psixologiyasi namoyandalari uchun (g’oya, obraz, syujet, stsenariy va sh.k.ni) izlash motivatsiyasi – markaziy muammolardan biri. Uning ishlanishi fan, texnika va san’at kishilarini shakllantirishning tub masalalarini talqin qilish va ularning mehnatini ratsional tashkil qilish uchun muhim. Turli motivatsiya darajalari yaxshiroq orientatsiyalash maqsadida psixologlar motivatsiyani ichki va tashqi motivatsiyaga ajratadi.
«Tashqi» motivatsiya deganda, odatda, ular ijodiy faoliyatning predmetli-tarixiy kontekstidan, uning alohida yaratuvchisi-ijodkorining ehtiros va g’oyalarida ko’rinadigan rivojlanish mantiqining talab va manfaatlaridan kelib chiqadigan emas, balki uning qadriyatli orientatsiyasi boshqa shakllaridan kelib chiqadigan motivatsiya tushuniladi. Bu shakllar (shuhrat, moddiy ustunlik, yuqori ijtimoiy pozitsiya va sh.k.) uning uchun oliy darajada ahamiyatli, uning shaxsining tub-tubida yashirish bo’lishi mumkin, biroq shunga qaramay, ular yaratuvchi (ijodkor) o’zining barcha ehtiroslari, bog’liqligi va umidlari bilan yashab turgan rivojlanayotgan fanga nisbatan tashqi sanaladi. Izzattalablik (ijtimoiy hayotda, fan va madaniyatda yetakchilikka (liderlikka) intilish, karyerizm va sh.k.) shaxsning markazini tavsiflaydigan xulqning qudratli harakatlantiruvchisi bo’lishi mumkin. Shunga qaramay, u – tashqi motiv, chunki u motivlaydigan ijodiy faoliyat ijodkor, masalan,ilmiy fikr rivojlanish jarayonida o’z yo’li bilan borayotgan kishi uchun uchun tashqarida joylashgan maqsadlarga erishish vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Ma’lumki, e’tirof va ehtiromning turli ko’rinishlarida o’z ifodasini topadigan tashqi ma’qullash ko’plab ijodiy shaxslar uchun muhim stimul (rag’bat) sanaladi. hamkasblari va ilmiy muassasalar tomonidan xizmatlarining e’tirof etilmasligi, tan olinmasligi olim uchun og’ir kechinmalar manbasi bo’ladi.
Ijodiy faoliyat motivlari orasida shuningdek mazkur faoliyatning ma’naviy-psixologik tomoni: olib borilayotgan tadqiqotlarning ijtimoiy ahamiyati va kerakliligini anglab yetish, burch va ilmiy mehnat natijalari xarakteri va ulardan foydalanish uchun mas’uliyat hissi, o’z faoliyatining ilmiy jamoa ishi bilan uzviy bog’liqligini anglab yetish va b. ham katta o’rin tutadi.ma’naviy (axloqiy) motivatsiyada ijodkor shaxslarning o’z xalqi va insoniyat oldidagi ma’naviy burch hissi alohida o’rin tutadi. Ijodkorlar doimo o’z faoliyatining insonparvarlik yo’nalganligini yodda tutishi va ehtimoliy fojeali natijalari oldindan ma’lum bo’lgan ishlardan voz kechishlari kerak.
Tashqi motivlardan yana biri ijtimoiy fasilitatsiya – raqib yoki uning xatti-harakatlari ustidan kuzatuvchi sifatida maydonga chiqadigan tasavvurdagi yoki real boshqa kishi yoki kishilar guruhi (ularning faoliyatiga bevosita aralashuvsiz) mavjudligi tufayli ijodkor shaxs faoliyati tezligi yoki mahsuldorligining ortishi sanaladi. G.Selye fikricha, ijodkor kishilar «ruhiy yengillik» izlaydi. Va jiddiy aqliy mashqlarga ko’nikish hosil qilgan bo’lsa, ular uchun boshqa hammasi bu bilan solishtirganda e’tiborga loyiq emas.
Ijodning eng e’tiborsiz stimullariga hasad va katta moddiy manfaat va yuqori mansab, baland nom orttirishga intilishni kiritish kerak. Ijodkor shaxslar orasida havas va hasad uchraydi. Havas – boshqa kishining muvaffaqiyatini tan olish individ uchun ijodiy faoliyat va musobaqaga intilishga rag’bat sanaladi. Hasad o’z ob’ektiga nisbatan dushmanlik xatti-harakatlariga olib keladi (Salyeri sindromi) va hasadchi shaxsining o’ziga destruktiv ta’sir o’tkazadi.
Ijodning ichki motivlar sirasiga ijodiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan intellektual va estetik tuyg’ular kiradi. Qiziquvchanlik, hayrat, yangilik hissi, masala yechimini izlash yo’nalishi to’g’riligiga ishonch va muvaffiqiyatsizlik chog’ida ikkilanish, yumor va ironiya hissi – intellektual tuyg’ularga misollar shular.
Akademik V.A.Engelgart fikricha ijodning tug’ma instinktiv kuchi bizni o’rab turgan olamni bilmaslik darajasini kamaytirishga intilish sanaladi. u mazkur instinkt chanqoqni qondirish instinktiga turdosh, deb hisoblagan. Aynan shuning uchun ham olim hayotini fanga xizmat qilishga bag’ishladi, deb emas, balki fan uning ijodga ehtiyojini qondirishga xizmat qildi, deyish to’g’ri bo’ladi.
Pedagog oldida doimo murakkab mohiyatiga ko’ra ijodiy vazifalar turadi: ta’lim mazmunini va o’qitish mazmunini o’zgartirish; normativlarni tanlash va berilgan normativlarni «kishilarning jonli hislariga» joriy qilish; real, o’zi va o’quvchilar tomonidan (har safar yangidan) yaratiladigan vaziyatlarda harakat qilish. Pedagogik ijod nafaqat ta’lim oluvchining «turgan» madaniyatni o’zlashtirishi va shu asosda ularning individualligini rivojlantirishga ko’maklashadi, balki dunyo manzarasini va unda o’zining shaxsiy obrazini yaratish imkonini beradi.
Shaxsning xususiyati sifatida ijod haqida gap borganda, ta’kidlash joizki, ko’plab tadqiqotchilar alohida xususiyatlarni (qo’rqmaslik, originallik, fikr tanqidiyligi, mustaqillik va b.) tilga olish bilan birga ijodkor shaxsning yaxlit modelini qurishga ham intiladi.
F.R.Yuzlikaevning fikricha, ijodkor shaxs uchun o’quv-ijodiy, motivatsion-ijodiy, ilmiy faollikka barqaror, yuqori darajada yo’nalganlik xos bo’lib, u shaxsga faoliyatning bir yoki bir necha turida ko’ngildagi ijodiy natijalarga erishish imkonini beradigan ijodiy qobiliyatlarning yuqori darajadagi zahirasi bilan birlikda namoyon bo’ladi . V.I.Andreevning ta’kidlashicha, ijodkor shaxs uchun quyidagilar xarakterli: - shaxsning o’zaro bog’liq sifatlari to’plami (ijodiy yo’nalganlik, motivatsiya, qobiliyatlar, tafakkur, irodaviy sifatlar), bunda motivlar va qobiliyatlar markaziy o’rin tutadi, ular ichki faollik va natijalilikni belgilab beradi; - ijodkor shaxsning mavjudligi va faoliyati asosiy mazmuni sifatida ob’ektiv va sub’ektiv natijaning majburiyligi; -bu natijaning yangiligi va originalligi (o’ziga xosligi); -ijodiy shaxsga nisbatan, shubhasiz, ijobiy axloqiy munosabat -shaxs tuzilmasida ijodiy sifatlarning doimiyligi, barqarorligini ta’kidlash.
Shunday qilib, individuallik va ijod belgilarini birgalikda o’rganib, ko’plab umumiy jihatlarni ko’rish mumkin.
Keng ma’noda ijodiy individuallik deganda shaxsning shakllanib ulgargan yaxlit yadrosi, xarakter qirralarini belgilaydigan va shaxsning barcha namoyonliklari avtonomligi, faolligi, o’ziga xosligi va originalligida, ijodiy yo’nalganlikda, shaxsning o’z e’tiqodi va qadriyatlarini oxirigacha himoya qilishga tayyorligida ifodalanadigan boy ichki olamga ega bo’lgan shaxsni tushunish mumkin.
Pedagogning ijodiy individualligi – alohida sifat, umuman shaxsning rivojlanganlik darajasi. Shundan kelib chiqqan holda, unga bir ma’noli (aniq) ta’rif berishning imkoni yo’q. Uning mohiyati butun shaxsning o’ziga xosligi va yaxlitligida (ichki tomon), hayotiy va pedagogik maqsad va vazifalarni qo’yish avtonomligi, xatti-harakatlarning mustaqilligi, hayot va faoliyat mazmunini tinimsiz izlash, topilgan, kechirilgan ideallar va hayotiy qadriyatlarni oxirigacha himoya qilishga tayyorlikda namoyon bo’ladigan o’z ifodasini topgan o’qituvchi shaxsi va faoliyati barcha ko’rinishlarining originalligi, yorqinligi, o’ziga xosligi va keng miqyosliligida (tashqi tomon).
Pedagogning ijodiy individualligi uning shaxsining yo’nalganlik (qadriyatlar, motivatsiya, ustanovka); shaxsiy sifatlar (psixik sifat va jarayonlarning individual ko’rinishlari); kognitiv soha (tafakkur mazmuni, daraja va operatsiyalari) kabi mazmuniy tomonlarida namoyon bo’ladi [43/ 14].
Pedagogning yo’nalganligi:
- pedagog shaxsining va faoliyatining ichki sterjenini (o’zagini) tashkil etadigan qadriyatlar, e’tiqod va g’oyalarning mavjudligi:
- shaxsiy maqsadlarning insonparvarlik dominantasi (ustivorliklari);
- o’z faoliyati maqsadini insonni rivojlantirishdek yuksak missiya sifatida tasavvur qilish;
- alohida ruhiy kayfiyat;
- kasbiy faoliyat sohasida amalga oshiradiganlarining hammasini chuqur shaxsiy mazmun bilan to’ldirish;
- o’zini kasbi bilan jiddiy tarzda o’xshatish (bir deb bilish);
- o’ziga ishonch, optimizm, o’zini o’zi dolzarblashtirishga intilish;
- ijodiy motivatsiyaning yuqori darajasi, qiziqishlar doirasi kengligi bilan xarakterlanadi.
Ijodiy individuallikni tavsiflaydigan shaxsiy sifatlarga quyidagilar kiradi:
- voqea-hodisalar borishiga chuqur emotsional sho’ng’ish;
- pedagogik qobiliyatlarning mavjudligi, artistiklik, ekspressiv qobiliyatlar, yoqimtoylik, empatiya, o’z g’oyalarini amalga oshirish va kutilgan maqsadlarga erishishda irodalilik va maqsad sari intilish;
- ochiqlik, samimiyat.
tarbiyachi psixikasining kognitiv sohasi jiddiy omil sanaladi: qabul qilinadigan qarorlarning asoslanish xarakteriga ko’ra u yoki bu tipiga moyillik o’qituvchi individualligining muhim tomoni sanaladi.
Pedagog faoliyatining individual uslubi – u ma’qul ko’radigan usullar tizimi, fikrlash tarzi, muloqot manerasi, talablarni qo’yish va nizolarni hal qilish usullari.
Pedagog individual faoliyatining ijodiy uslubi umumiylik (pedagogik yo’nalganlik, pedagogik qobiliyatlar, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni bilish va foydalana olish, psixologik kuyunchaklik, kuzatuvchanlik, pedagogik takt va b.) bilan bir qatorda ko’p jihatdan o’ziga xoslikka (spetsifik) ham ega.
Pedagogning ijodiy individualligi asosan «o’qituvchi – o’quvchi» munosabatlar tizimida, ularning o’zaro hamkorligi ilg’ab bo’lmas intim jihatlarida, ta’lim muassasasining ma’naviy-madaniy muhitiga ta’sirida namoyon bo’ladi. Pedagogning ijodiy individualligi «shaxsiy sifatlarga quyuq aralashtirilgan» nozik, variantiv texnologiyalar yaratish imkonini beradi.
Pedagogning ijodiy individualligi rivojlanishini tormozlaydigan (sustlashtiradigan) omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- faoliyatga hayot mazmuni sifatida munosabatning yo’qligi;
- tarbiyachining o’z individual xususiyatlarini yaxshi anglab yetmaganligi;
- yagona to’g’ri bilib, standart xalq-atvorga intilish;
- odat kuchi;
- o’z kuchiga ishonchsizlik;
- o’zini o’zi ijodiy namoyon qilish malaka, ko’nikma va vositalarining mavjud emasligi va b.
Pedagogning ijodiy individualligini aniqlashda faqat eng umumiy yondashuvlar xaqida gapirish, ijodkor shaxslar uchun umumiy bo’lgani holda, har safar o’zgacha namoyon bo’ladigan sifatlarni tavsiflash mumkin. Aslida individuallik u yoki bu sifatni namoyon qilishdagi mana shu o’ziga xoslik, noyoblikda mujassam. Va bu betakrorlik, shaxsning chuqurligi eng qimmatlisidir.
Bo’lajak tarbiyavchining ijodiy individualligini va individual uslubini shakllantirishda boshlang’ich bosqich o’z-o’zini tarbiyalash, uning o’z noyobligi va ahamiyatliligini anglashini rag’batlash, gumanistik (insonparvar) o’rnatishlarni (birinchi navbatda, o’zini va boshqalarni) qabul qilish, tasavvurni, ijodga ehtiyoj va qobiliyatni rivojlantirish bo’lishi lozim.
Demak, OTM o’qitish jarayonidayoq bo’lajak tarbiyachining ijodiy individualligini aniqlash va shakllantirishga va uning individual uslubiga e’tibor qaratish, ularning amaliy namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratish zarur. Bu bo’lajak tarbiyachilarga odatiy xatti-harakatlarning mavjud stereotiplarni bartaraf qilish imkonini beradi, idrok mustaqilligini shakllantiradi. Ularda o’z hayotining faol sub’ekti bo’lish, o’zini yaratuvchi, boshqalarga o’xshamagan va ular uchun ahamiyatli deb his qilish fundamental ehtiyojni yuzaga keltiradi. Shu tariqa bo’lajak tarbiyachining ijodiy individualligi dunyoga kela boshlaydi va uning ta’lim oluvchilar bilan mazmunli ma’naviy-emotsional aloqalari rivojlana boradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling