Pedagogik artistizm


Artistizmning rag’batlantirish vazifasi


Download 1.36 Mb.
bet14/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Artistizmning rag’batlantirish vazifasi tarbiyachining ijodiy kayfiyati va ta’lim oluvchilarning ijodiy faolligini rag’batlantirishga ko’maklashadi. Ijod jarayonida doimiy bo’lish va ishtirok qilish natijasida ta’limi oluvchilar tarbiyachi shaxsi, uning g’amxo’rligi, hamkechinmaligi orqali san’at vash .k. olamiga kirib qoladi. Madaniyatning shaxssiz shaklida ular o’z shaxsiy planini topishi mumkin. Pedagogning ichki va tashqi shaxsiy namoyonliklar uyg’unligi bolalarlarni u bilan va umuman maktab bilan muloqotdan emotsional qoniqishni boshdan kechirishga rag’batlaydi.
Sintetik (birlashtirish) vazifasi o’qituvchi faoliyati uchun shaxsiy ko’rinishlarning boyligi, noordinarlik, «bolalarga» chog’langanlik, ochiq nuqati nazar xos bo’lsagina, realizatsiyalanadi. Bular sinf (auditoriya) bilan emotsional-psixologik birlikka, bolalarning pedagog bilan muloqotdan quvonchni his etishiga ko’maklashadi. Birgalikda ijod, hamkorlik, hamfikrlik muhiti ta’lim oluvchilarni tarbiyachining ittifoqdoshlar, maslakdoshlari, darsning hammualliflari maqomiga qo’yadi: pedagog va ta’lim oluvchilarning intilishlari sintezi sodir bo’ladi.
Shunday qilib, o’quv-tarbiya jarayonida tarbiyachi va ta’lim oluvchilar o’rtasida ishonch va hurmatga asoslangan ishchanlik munosabatlarini o’rnatadigan artistizm imkoniyatlaridan foydalanish ijodiy muhitni shakllantirish, tarbiyachi bilan bola o’rtasida hamkorlikning yuzaga kelishiga ko’maklashadi. Hamkorlik darslariga amaliyotchi-tarbiyachilar tinchlik, xayrihohlik sharoiti yuza keladigan, o’zaro yordam, jamoa tuyg’usi mavjud bo’lgan, bolalar faol va qoniqish bilan ishlaydigan darslar sifatida ta’riflaydi. Zero, bunday mashg’ulotslarda tarbiyachining diqqati xato va kamchiliklarga emas, balki juda kichik bo’lsin, baribir muvaffaqiyat va g’alabada, bola yangi bilimlar, hissiyot, kayfiyat, o’zi va dunyoga munosabat bilan boyigan bolaning yuksalishida jamlanadi. Ta’lim oluvchilar bilan hammualliflikda bir-birini ijodiy boyitish va to’ldirishga intilish yuzaga keladi.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling