Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet10/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Ichki artistizm quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- pedagogning madaniyati;
- bevositalik va erkinlik;
- o’ziga maftun qilish;
- emotsionallik;
- tasavvur o’yini;
- nazokat;
- muammolarni qo’yish va hal qilishning obrazli yo’li;
- assotsiativ ko’rish;
- dars, mashg’ulot «stsenariysidagi» kutilmagan yorqin yurishlar;
- ijodkorlikka ichki «sozlanganlik»;
- ommaviylik sharoitida o’z-o’ziga ta’lim va b.
Tashqi artistizmning xarakterli belgilari quyidagilar:
- o’yin tarzida uzatish, ya’ni o’yin «texnikasi»;
- o’zining materialga munosabatini ifodalashning alohida shakllari;
- faoliyatga o’zining emotsional munosabatini berish;
- o’z-o’zini prezentatsiyalash (taqdim qilish) malakasini egallaganlik;
- ta’lim oluvchilarni o’yin darajasiga yetkazish;
- mashg’ulotga mohirona rejisserlik qilish.
Pedagogik artistizmning tarkibiy qismlari: pedagogning o’z qiyofasini o’zgartira bilishi, ochiqligi, bevositaligi; o’z kechinmalari, ikkilanishlari, quvonchini boshqa kishilarga «yuqtira bilishi»; hayratga sola bilishi; estetik komponent; o’z-o’zini prezentatsiyalash texnikasini egallaganlik; tashqi maftunkorlikning mavjudligi; improvizatsiya; ijodiy kayfiyatni safarbar qilish, o’z kayfiyatini boshqara bilish; empatiya, refleksiya; kinetik vositalar; so’zamollik (notiqlik); ovoz jarangining ifodaliligi, ishontira bilish malakasi; so’z bilan operatsiyalay olish san’atini egallaganlik (nutqiy artistizm); xulq plastikasi; muloqotning noverbal vositalari (imo-ishoralar, mimika va b.).
Yuqorida bayon qilinganlar dalolat beradiki, pedagogik mehnat sharoitida pedagog shaxsi tuzilmasida artistizm turli, aniqrog’i sintezlovchilik, boyituvchilik, boshqaruvchilik, himoya, shakllantiruvchilik rolini bajaradi.
O’z faoliyatining yuqori vazifasini qo’yish va hal qilish pedagogni ta’lim oluvchilarga mo’ljallangan topshiriqlarga ma’lum dunyoqarash va axloqiy kontekst kiritish zarurati oldiga qo’yadi (sintezlovchilik roli).
Pedagogning artistizmi faoliyatda mantiqiylik va obrazlilikni tabiiy birlashtirish imkonini beradi, bu uning shaxsiy namoyonliklarini boyitish va uyg’unlashtirishga ko’maklashadi (boyituvchilik roli).
Ichki va tashqi MENning erkinligini his etish ruhlantiradi, qanot bag’ishlaydi, tarbiyachiga yangi kuch baxsh etadi, uning kayfiyatini va ijodga ilhomlanishini boshqaradi (boshqaruvchilik roli).
Pedagogik artistizm, o’z hissiyoti va kayfiyatini nazorat qilish, tabiiy va jonli xulq-atvor, erkinlikni his qilish pedagogning ishonchini, o’z-o’ziga bahosini oshiradi va himoya rolini bajaradi.
Tarbiyachining mashg’ulotda (mashg’ulotda) emotsionallik va ratsionallikni mantiqiy birlashtirish ta’lim oluvchiga o’quv materiali mazmuniga yangicha nazar tashlash, unda shaxsan o’zi uchun qiziqarli va ahamiyatlisini topish hamda ta’limga nisbatan motivatsiyali-qadriyatli munosabatni shakllantirish imkonini beradi (shakllantiruvchilik roli).
Shunday qilib, pedagogik artistizmni, uning tuzilmasi va funktsiyasini, shuningdek, o’qituvchi shaxsi tuzilmasidagi roli, pedagog-artist mehnatining maqsadi, vazifalari va natijalarini ko’rib chiqish bo’lajak o’qituvchining artist bo’lishga intilishi olib kelishi mumkin bo’lgan istiqbollarni aniq tasavvur qilish uchun muhim sanaladi. Tabiiyki, hozirgi sharoitda har bir pedagog yorqin ifodalangan artistizmga ega bo’lishini xohlash mushkul. Ehtimol, kelgusida, translyatsiyalash mumkin bo’lganlar (bilimlar, malakalar va ko’nikmalar) texnik vositalar yordamida uzatiladi, pedagogning asosiy vazifasi esa ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish, unga ijodda yordam berishdan iborat bo’ladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling