Pedagogik artistizm


Pedagogik muloqot va unda artistizmning vazifalari


Download 1.36 Mb.
bet11/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Pedagogik muloqot va unda artistizmning vazifalari
Insonning rivojlanish vaziyati – avvalo, uning boshqa insonlar bilan muloqoti vaziyati hisoblanadi. Barcha yosh bosqichlarida shaxsning rivojlanishi va shaxsiy-kasbiy o’zini o’zi rivojlantirish o’z harakatlari va o’zaro hamkorliklari bilan rivojlanish imkoniyatini yaratadigan kishilar o’rtasidagi aloqa va munosabatlar makonida ro’y beradi.
Pedagogik muloqot – pedagogning bolalar bilan o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yo’naltirilgan kasbiy muloqoti.
Katta yoshli kishi bilan bolaning muloqoti formal (rasmiy) tomon bilan cheklanishi, ya’ni intizomiy-xulqiy jihat bilan cheklanishi mumkin. Masalan, bola bilan muloqot uning xulqiy buzilishlariga reaktsiyadan (e’tiroz, jazolar) iborat bo’lgan ko’pgina oilalarda shunday bo’ladi. Xuddi shunday tarzda sinf rahbari-imitator (yoki tarbiyachi) o’zining sinf (guruh) bilan ishini bolalar xulqini nazorat qilish va yuzaga keladigan intizomiy muammolarni hal qilishdan iborat deb biladi. Biroq har qanday muloqot ham (xatto u elementar intizomiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lsa-da) faqat ma’naviy qadriyatlar va mazmun bilan almashish yuzaga kelgan vaziyatdagi muloqotgina muloqotga aylanadi, bu muloqotning o’zagini tashkil etadi. Bu holda u ta’lim oluvchi bilan pedagogning shaxsiy fikrlari, ehtiroslari, mazmunlari sohasini qamrab oladi va pedagogik nuqtai nazardan samarali bo’ladi. Shunday qilib, pedagogik muloqotning yuqorida keltirilgan ta’rifida «kasbiy» degan so’z maqsadga yo’nalganlik hamda ichki, chuqur tomonning mavjudligini anglatadi.
Pedagogik muloqot pedagog va ta’lim oluvchilarning pedagogik ta’siri va o’zaro hamkorligi, ularning birgalikdagi ijodining asosiy vositalaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Pedagoglar va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi ijodi va hamkorligi mavzusining dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
- ta’lim paradigmasi, uning ideali o’zgardi. O’tgan asrning 60-yillari pedagogikasining ideali ilmiy bilishning butun olamini tez o’zlashtira oladigan va o’zlashtirilganlarni amaliy tatbiq qilishga kirisha oladigan «ma’rifatli inson» bo’lgan bo’lsa, bugungi kun pedagogikasining ideali o’z ongida turli madaniyatlarni mujassam eta olgan, boshqa insonga yo’nalgan, u bilan dialogi moyil, o’z nuqtai nazarida tushunishning o’zga usullarini qayta yaratishga, dunyo obrazi va undagi o’z obrazini birgalikda yaratishga qodir bo’lgan «madaniyat kishisi» sanaladi;
- katta yoshli kishining teng huquqli hamsuhbati, bilimlarni egallash bilan o’z savollari, tasavvurlari, farazlarini shakllantiradigan tafakkur sub’ekti bo’lgan bola haqidagi tasavvur dolzarblashmoqda va rivojlanmoqda;
- ta’limning real mazmunini darsliklarda, o’quv rejalari, qo’llanma va dasturlarda aks ettirilgan fan fragmentlariga tenglashtirilmasligi ta’lim mazmunini o’qitishning mazmuniga qayta o’zgartirish zaruratini keltirib chiqardi. O’qitish jarayoni mazmuni dialektikasini madaniyatlar o’zaro hamkorligi sifatida tasavvur qilish mumkin: ta’lim mazmuni loyihalarida akkumulyatsiyalangan (ijtimoiy tajriba); ta’lim oluvchining madaniyati, uning tajribasi, bilimlari, qiziqishlari, shaxsining yo’nalganligi; pedagog madaniyati, uning shaxsiy tajribasi va bilimlari; o’qitish jarayonining o’zining madaniyati (didaktik madaniyat). Aynan unda o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi ijodi, ularning o’zaro yordamga tayyorligi, ularda hamsuhbatga o’rnatishining mavjudligi (yoki mavjud emasligi) o’z ifodasini topadi.
O’qitish mazmuni bu madaniyatlarning o’qitish jarayonining o’zida, ta’lim oluvchining yangi bilim, pedagog, o’z-o’zi bilan dialogida yaratiladi.
Pedagogikada pedagog mehnati ta’sirliligini belgilaydigan qonuniyat mavjud: inson tajribasining har xil turlarini shakllantirishning muvaffaqiyatliligi shaxsning ularni uzatish va o’zlashtirish vaziyatlariga hissiy sezgirligiga proportsional.
Ta’lim oluvchilar oldida pedagog bilan shunchaki muloqot qilishga emas, balki u bilan uchrashishga tayyorgarlik, uning topshiriqlarini yaxshiroq, tezroq, sifatliroq bajarishga ehtiyoj yuzaga keladi. Ular buning uchun qo’llanadigan harakatlarni takomillashtirish yo’llari ustida mustaqil izlanishga majbur bo’ladi. pedagogning mahorati ta’lim oluvchining emotsional kechinmalari asosida topshiriqlarning murakkablik darajasini asta-sekinlik bilan taqlidiydan ijodiygacha murakkablashtirib borishdan iborat.
O’qitar va tarbiyalar ekan, pedagog bolalarni o’tmish va hozirgi avlodlarning moddiy va ma’naviy qadriyatlariga oshno etadi. Bunda u bola hamda shu qadriyatlar o’rtasida vositachi sanaladi. aynan u orqali bolalar voqelikni, insonlarni bilib boradi. Va bu «orqali» anglatadiki, «turli qadriyatlar, bilimlar, axloqiy-ma’naviy normalar bolalargacha sterillangan ko’rinishda yetib bormaydi, balki o’zida pedagogning shaxsiy qirralari, uning baholari, munosabatlari, uning dunyoqarashi tashuvchisi bo’ladi. Bolaning nazdida bilimlar tarbiyachisiz mavjud bo’lmaydi. Agar kichkintoy o’z tarbiyachisini yaxshi ko’rib qolsa, demak, bilimlarga ehtirosi ortadi. Bordi-yu, bola tarbiyachisini yaxshi ko’rmasa, undan qo’rqsa, uni o’z do’sti deb bilmasa, ta’lim olish bola uchun har qanday ahamiyatini yo’qotadi. Bolalarning muhabbatini qozonish – birinchi (qolaversa, barcha keyingi) tarbiyachining kundalik tashvishi, zero «faqat o’z tarbiyachisiga muhabbat orqali bola bilimlar dunyosiga kirib boradi va jamiyatning axloqiy qadriyatlarini o’zlashtiradi». Qo’pol, hurmatsizlik bilan aytilgan yoki qo’pol ohangda aytilgan betaraf so’zlar bola shunchaki o’qituvchisidan nafratlanishigagina emas, balki o’z kuchiga ishonmay qo’yishiga olib kelishi mumkin.
Bola uchun qiziqarli bo’lgan ta’lim jarayonining gumanistik potentsiali tashuvchisi bo’lgan tarbiyachi shaxsining individualligiga alohida e’tibor bolaning dunyo bilan munosabatlari, uning pedagog bilan shaxsiy o’zaro munosabatlarining vositalanganligi bilan belgilanadi. Chuqur metodik bilimlarni egallash, ta’limning ilg’or texnologiyalarini o’zlashtirish, ammo ularni amaliyotda samarasiz tatbiq qilish mumkin, zero bolalar tarbiyachining ta’lim beruvchi va tarbiyalovchi ta’sirini uning shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq sabablarga ko’ra inkor etishi mumkin . Ma’lumki, bolalar uchun o’z-o’zidan ta’lim mazmuni emas, balki unga e’tibori baland bo’lgan pedagog yuklaydigan mazmun ahamiyatli. Bunda tarbiyachi fikr mazmunini ifodalash uchun qanday vositalardan foydalanishi muhim. Tarbiyachi aytadigan so’zlardan qat’i nazar, hissiyot va bolaga munosabatni u tashqi ko’rinishi bilan ifoda etadi.
Ton, o’zini tutishi, yuz ifodasi, bolalarlar bilan suhbat chog’ida tanlangan masofa so’z bilan ifoda etilmaganlarni aytib turadi. Vizual kontakt alohida ahamiyat kasb etadi. Qarash jazoga deyarli teng bo’lishi mumkin. Biroq, tabassum hamroh bo’lsa, u rag’batlantirish ham bo’lishi mumkin. Befarq nigoh, sun’iy tabassum, ko’krakda qovushtirilgan qo’llar, tarbiyachining befarqligi haqida har qanday so’zlardan yaxshiroq xabar qila oladi. Tarbiyachining ohangi, pozasi, nigohi, imo-ishorasi va ular orqali ifodalangan munosabat nafaqat ta’lim mazmunini taqdim qilish tili, shakli. Ularni tushunish tarbiyachilarning MEN-kontseptsiyasi rivojlanishi uchun birlamchi matnda taqdim qilingan, manbalar, xrestomatiya, darsliklarda aks ettirilgan ta’lim mazmunini tushunish kabi muhim.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling