Pedagogik artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
Noverbal tillar muammosi ta’limda hamma vaqt ob’ektiv mavjud bo’lgan, biroq uzoq yillar mobaynida u muhokama qilinmagan. Shu bilan birga, u pedagogik artistizm muammosi bilan bog’liq. Faqat keyingi 30 yilda gumanistik psixologiya (R.Berns, A.Kombs, A.Maslou, K.Rodjers va b.) va pedagogika (S.N.Batrakova, V.A.Kan-Kalik, A.A.Leontьev, A.V.Mudrik va b.) bu tillar bilan muloqot muammolari tadqiqi doirasida predmetili shug’ullana boshladi.
Pedagog shaxsining ta’siri tarbiyachi va ta’lim oluvchilar o’rtasida yuzaga keladigan jonli, emotsional aloqalar, vosita tanlovi, uning xaraktyori aniq vaziyatdan kelib chiqadigan paytda rang-barang vositalardan foydalanishning tabiiyligi, uyg’unligi bilan belgilanadi. Pedagog bola shaxsiga noziklik bilan «teginishi», insoniyat tajribasini berayotib, unga mustaqil tanlash huquqini qoldirishi zarur. bu kabi «teginish» texnologiyasi pedagogik muloqotning ijod namoyon bo’ladigan «uchastkalarida» ishlaydigan operatsion malakalardan tarkib topadi. Bundan malakalarga qo’yidagilar kiradi: - o’z MENini yorqin, maftunkor qilib ifoda etish, toki u bolaning tushunishi va idrok etishi uchun qulay bo’lsin; axborotni suhbatdoshga aniq yo’naltirish, obrazli baholarni topa bilish; - bolaning psixik holatini «o’qiy bilish», u nimalarni kechirayotganini tushunish; bolalar bilan o’zaro munosabatlarni tashkil etish, ularni qurish, rivojlantirish va zarur bo’lganida qayta qurish san’ati; - sherigiga va’daga bo’yicha ta’sir qila olish san’ati, u bilan o’zaoro hamkorlik qila bilish; - o’z-o’zini boshqara bilish (o’z psixik holatlarini boshqarish, turli psixologik to’siqlarni yengish, ijodiy kayfiyat «uyg’ota bilish», optimist bo’la olish); Adabiyotlar tahlili ko’rsatdiki, pedagogik mahoratni belgilaydigan muhim omillardan biri pedagogning suggestiv* harakat darajasidagi kechinmalari kuchi sanaladi. pedagogning mashg’ulotdagi kechinmalari qanchalik yorqin, ko’r qirrali bo’lsa, uning bolalar tajribasida o’z-o’zini mustahqamlashi shuncha yuqori bo’ladi. Mashg’ulot – hamisha ijod. Kechinmalarsiz uni tasavvur qilib bo’maydi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, tarbiyachining hissiy sohasini, uning artistizmini rivojlantirish uning mahorati tiklanishida muhim elementlar sanaladi. bu ma’noda maktab pedagogikasi teatr pedagogikasi tajribasiga murojaat qilishi lozim bo’ladi. Pedagogik muloqot jarayonida pedagogik artistizmni motivatsiyalash, mobilizatsiyalash (safarbar qilish), attraktiv, fasilitatorlik, stimulyatsiyalash (rag’batlash), sintetik vazifalar bajarishi mumkin. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling