Ii. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar hissiy-irodaviy sohasini shakllantirish
Download 198.5 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. BOB MUAMMONI ORGANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
- II. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HISSIY-IRODAVIY SOHASINI SHAKLLANTIRISH
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
MUNDARIJA
KIRISH Turli xil hayotiy jarayonlarda insonning hissiy holatini o'rganish muammosi bugungi kunda tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Bu, birinchi navbatda, inson hayotining yuqori dinamikasi, kommunikativ aloqalarning faollashuvi va zamonaviy davrning boshqa ba'zi xarakterli xususiyatlari bilan bog'liq bo'lib, inson salohiyatini oshirish, uning moslashish mexanizmlarini takomillashtirish uchun amaliy psixologik vositalarni ishlab chiqish zarurati tug'iladi. Albatta bunday vazifalarni bajarish kelajak avlodga sog'lom va yetuk ma'naviyatli shaxslarni tarbiyalab berishdek buyuk maqsadni o'z oldiga qo'yadi. Sog'lom avlod ota-onaning faxridir. Farzand hayot chirog', shajara davomchisi. Sog'lom avlod orzusi ming yillardan beri ajdodlarimizdan utib kelayotgan oilamiz, hayotimiz, intilishlarimiz moxiyati asosiga aylanib ketgan, millatimizga xos ezgu qadriyatlarimizdan biridir. Darhaqiqat, mamlakatimizda sog'lom avlod tarbiyasiga davlat siyosati darajasida katta etibor bilan qarab kelinmoqda. Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy salohiyati, iste'dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma'naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi, davlatimiz siyosatining ustuvor yо‘nalish darajasiga kо‘tarilgan. Bola shaxsining har tomonlama shakllangan, yetuk, barkamol avlod bolib osishida avvalo nutqning toliq shakllangan va rivojlangan bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Zero, nutq fikrimizni bayon etuvchi, tafakkurning bosh mezonidir. Albatta, nutqning to'g'ri shakllanishida, nutq vositasida shaxslararo munosabatlarning yo'lga qo'yilishida bilish jarayonlaring ahamiyati katta. Xususan, bolaning hissiy- irodaviy sohasi ham uning ijtimoiylashuvi, hayotda o'rnini topishi va kelajak rejalarini tuzishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bolada hissiy- irodaviy soha va bilish jarayonlari asosida impressiv nutq va nutqning tafakkurga bog'liq vazifalari bajariladi. Bolaning hissiy-irodaviy sohasini tekshirish, undagi kamchiliklarni bartaraf etish, hissiy-irodaviy sohani rivojlantirish uchun metodikalar ishlab chiqish bilan Logopsixologiya fani shug`ullanadi. Bugungi kunda bolaning psixokorreksiyasi, nutqining to'g'ri shakllanishi va buning vositasida bolaning shaxs bo'lib yetishishiga hissa qo'shish uchun ko'plab maxsus maktablar tashkil etilgan va ushbu maktablarda malakali logoped va psixologlar faoliyat yuritadilar. Ushbu maktablarning vazifasi bolani ham ruhiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan kamol toptirish, boladi nuqsonni vaqtida aniqlash, korreksiya qilish va bilinmaydigan holatga kelitirishdan iborat. Chunki nutq rivojlanish jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi va oydinlashadi, bolaning bilim doirasi kengayadi, o'z hissiyotlarini idora qilishni boshlaydi. Bolada hissiy- irodaviy sohaning buzilishi muomalaning cheklanishiga olib keladi va bolaning shaxs bo'lib shakllanishida salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hissiy irodaviy sohaning buzilishi bola harakterida salbiy fazilatlarning yuzaga kelishi uchun yo'l ochib berishi mumkin. Albatta bunday muammolar kelib chiqmasligini oldini olish uchun bolalarga ilk yosh davrlaridanoq bilish jarayonlari faoliyatini to'g'ri shakllanishiga, hissiy- irodaviy sohasini boshqarishga o'rgatishimiz kerak. Bu masalalar bugungi kun pedagogikaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda jahonda maktabgacha bolalarning zamonaviy jamiyatga to'laqonli moslashishi, ijtimoiylashuvini samarali amalga oshirish, bolalarning faolligi va tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan multimedia vositalarini yaratish, maktab ta'limiga muvaffaqiyatli tayyorlash jarayonida tabaqalashtirilgan (differensiallashgan) ta'limni tashkil etishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga olib chiqish borasidagi ishlarni maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalash jarayonini tarbiyalanuvchilarning alohida xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tashkil etish va ularga amaliy pedagogik yordam ko'rsatishning samarali amalga oshirilayotganida ko'rish mumkin. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish yo'lini davom ettirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish ustuvor yo'nalishlar sifatida belgilanishi natijasida maktabgacha talim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tadbiq qilish, to'laqonli hayot faoliyatini ta'minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy, pedagogik-psixologik yordam ko'rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish ishlari keng ko'lamda olib borilmoqda”. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risidagi qonun"ning 2020-yil 24-sentyabrda qabul qilingan nashrining 9-moddasida imkoniyati cheklanganlar ta'lim-tarbiyasi va inklyuzviy ta'limga katta e'tibor berilgan. "Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi". Mamlakatimiz yoshlariga erta ta'lim-tarbiya berish ma'suliyatini hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim muassasalari o'z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg'ulotdir. Mashg'ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Zamonaviy ilm-fan va ta'lim amaliyotining kognitiv qiziqishlarni rivojlantirishga e'tiborining ortib borayotgani zamonaviy dunyoning asosiy xususiyati - uning dinamikligi bilan bog'liq. Kognitiv qiziqishlarni rivojlantirish muammosining dolzarbligi maktabgacha ta'lim muassasasi bitiruvchisi uchun jamiyatning zamonaviy ijtimoiy tartibi bilan belgilanadi, bu aniq bilimlarga bo'lgan talablarga emas, balki yangi universal qobiliyatlarga, shakllangan doimiy kognitiv motivlarga taalluqlidir. shulardan kognitiv qiziqish. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda Vigotskiy, Leontev ta'kidlanganidek, rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar faoliyatining o'ziga xos xususiyati sezgi idrokining pastligi, hissiy irodaviy sohaning tarqoq shakllanganligi, nutqning rivojlanmaganligi va cheklangan amaliy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan kognitiv faoliyatining buzilishidir. Nutqni rivojlantirishdagi kamchiliklar ularga mavzuning muhim xususiyatlarini aniqlash va ular o'rtasida aloqalarni o'rnatishni qiyinlashtiradi. Buzilishlar, ayniqsa, umumlashtirish va vositali bilish operatsiyalarida yaqqol namoyon bo'ladi. Download 198.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling