Ii. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar hissiy-irodaviy sohasini shakllantirish


Download 198.5 Kb.
bet2/7
Sana08.05.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1442014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

Tanlangan mavzuning dolzarbligi maktabgacha yoshdagi rivojlanish davrida barcha emotsional jarayonlar shakllanganligi bilan bog'liq. Barcha bilish jarayonlarining shakllanishida hissiy-irodaviy sohaning to'gri rivojlantirilgani alohida o'rin tutadi.
Kurs ishining maqsadi. Nutq nuqsoniga ega bolgan bolalarda hissiy -irodaviy sohasining rivojlanish xususiyatlarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Nutqiy nuqsoni bo’lgan bolalarda hissiy- irodaviy sohaning rivojlanish xususiyatlari va uning namoyon bo’lishi muammosi bo’yicha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish;
Nutq buzilishlarida hissiy-irodaviy soha xususiyatlarini organish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hissiy -irodaviy soha xususyatlarni o`rganish, tahlil qilish;
Nutqi toliq rivojlanmagan bolalar hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirish yo`llarini topish;
Hissiy-irodaviy soha xususyatlarini tekshiruvchi metodikalar bilan tanishish;
Kurs ishining ob’yekti: Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar
Kurs ishining predmeti: Nutqi toliq rivojlanmagan bolalarda hissiy- irodaviy sohasini o’rganish.
Kurs ishining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi metodlardan foydalanildi:
1. Maxsus pedagogik va psixologik adabiyotlarni о'rganish va tahlil qilish.
2. Psixologik, pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, empirik tadqiqotlar, natijalarni miqdoriy qayta ishlash.
Kurs ishining metodologik asoslari:
Shklovskiy, Seliverstov, Zayseva, Orlova, Goncharuk, Volkova va boshqalarning nutq nuqsoniga ega bolalar va sog'lom bolalarning hissiy-irodaviy sohasini tekshirish uchun qo'shgan hissalari mavzuning metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi.
Bolalar tarbiyasini amalga oshirish jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, shaxsni shakllantirish xususiyatlariga doir faylasuf, psixolog, pedagoglarning ilmiy tadqiqotlarini shaxs ma’naviyatini shakllantirish borasidagi hozirgi zamon nazariy qarashlari: O‘zbek mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari, xalq pedagogikasi tajribalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari , o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, Xalq ta’limini takomillashtirishga doir Xukumatimiz xujjatlari, maxsus ta’lim Konsepsiyasi, BMT va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, “Bolalarning himoya qilish Xalqaro Konvensiyasi va boshqalar ishimizga metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling