Pedagogik artistizm


Fasilitatsiya funksiyalari


Download 1.36 Mb.
bet20/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Fasilitatsiya funksiyalari - imkoniyatlarni rag‘batlantirish va dolzarblashtirish, tashabbus bildirish va ilhomlantirish, yordamlashish va qo‘llab-quvvatlash.
Fasilitatsiya shakllari - o‘zaro aloqadorlik, ta’sir, muloqot, bilvosita ta’sir.
Fasilitatsiya texnologiyalari - turli tartib-taomillar, o‘yin vaziyatlarining yig‘indisi bo‘lib, ular davomida ishtirokchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan xulosalarni chiqaradi:

  • tashxis (muammolarni aniqlash), maslahatlar, tavsiyalar, qabul qilingan qarorlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

  • maqsad va vazifalarni belgilashga ko‘maklashish, tadbirlar rejasini tu-zish va ish natijalarini tahlil qilish;

  • maslahat berish, qo‘llab-quvvatlash, ijod uchun shart-sharoitlar yaratish, yo‘naltiruvchi savollar;

  • echimlarni topish bo‘yicha muloqot va faoliyatda to‘siqlarni olib tashlash;

  • zarur vaziyatda yordamni olish va ko‘rsatishga tayyor bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • vositachilik, tarbiyalanuvchilarning pozitsiya va his-tuyg‘ularini dolzar-blashtirish;

  • umumiy qarorni ishlab chiqish, noroziliklar paydo bo‘lishining oldini olish va ularni xohish-istak shaklida ochiq aytishni o‘rgatish, "aqliy hujum" usulini qo‘llash.

Pedagog bolalarga yordam berishi kerak:

  • bolalarga boshqalar bilan o‘ynashga yordam berish, o‘yin vaziyatiga kiri-shish yoki nizo paydo bo‘lganida uni echishga yordam beradigan maslahatlar berib, ularni o‘yinda yo‘naltirish va ularga ko‘maklashish;

  • bolalarga o‘qishda yordam berish, tashabbusni o‘z zimmasiga olish yoki etak-chi rolni o‘ynaydigan boshqa bolaning orqasidan ergashishga o‘rgatish;

  • bolalarni rag‘batlantirish va ular uchun muammolarni (o‘yin davomida uch-raydigan) hal etish usullarini yaratish;

  • aralashmaslik va ular o‘rniga muammolarni echishga urinmaslik, balki ularga bosqichma-bosqich muammolarni hal etishga yordam berish muhim. Zero, o‘yin o‘z mohiyatiga ko‘ra natijaga emas, jarayonga urg‘u beradi. Biz bolalar o‘yinini kengaytirish uchun maqtov, rag‘bat yoki tan berishni farqlagan holda qo‘llashni o‘rganishimiz lozim.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling