Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet17/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Nutqiy artistizm – tarbiyachi nutqidagi yorqin yo’nalganlik, unda ijod qilish, yarata bilish, bolalarda emotsional-hissiy javob uyg’ota bilish. Bu uning enegetikasi, intensivligi, assotsiativligi, ifodaliligi, ekspressivligi, noverbal tildan nozik va o’rinli foydalanishi.
Nutq energetikasi xulq va nutq talaffuz qilish manerasining birligida ifoda etadi.
Artistik pedagog o’z atrofida emotsional biomaydon hosil qiladi. Unga kirib qolganlar beixtiyor o’z emotsiyalarini ishga soladi, bu pedagog ta’siri bilan belgilangan yo’nalishda sodir bo’ladi.
Mazmunning emotsional bo’yoqdorligini oshirishga pedagog nutqning intonatsuion rang-barangligi hisobiga erishadi. Ovoz ottenkalari palitrasi qanchalik boy bo’lsa, axborot shunchalik ifodali va tushunarli bo’ladi. Tarbiyachi nutqininig ta’lim oluvchilarga ma’lum qilinadigan tovush balandligi diapazonining qashshoqligi ovoz monotoniga olib keladi, bundan esa ovoz palitrasi qashshoqligi, nutqning pedagogik ta’siri zaiflashishi kelib chiqadi.
Insonning emotsional javobi qanchalik yorqin bo’lsa, uning nutqi melodik ifodalilikka shunchalik boy bo’ladi. Kerakli melodik aktsentlardan mahrum nutq hissizdir. Intonatsiyani bejiz emotsional hayotimiz ko’zgusi deyishmaydi: hissiy va emotsional o’zaro munosabatlar madaniyati fikrni intonatsion bezash bilan bog’liq.
Ovoz tonalligini alohida ta’kidlash zarur bo’ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, past ovozlarga psixologik ishonch baland ovozlarga qaraganda anchagina yuqori. Pedagog bu qonuniyatni hisobga olishi va o’z ovozini qo’yish ustida ishlashi lozim.
Nutqning ekspressivligi so’zlovchining emotsional kuchlanishli nutqida, uning to’liq o’zini bag’ishlaganidan dalolat berib turgan mimikasi, imo-ishoralari va pozasida o’z ifodasini topadi. Ehtiros, chinakam quvonch yoki g’amginlik, xayrihoxlik ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllari sanaladi.
Noverbal til axborotni noverbal (nolisoniy) belgilar: poza, imo-ishora, mimika, qarashlar yordamida ifodalash vositasi sanaladi.
Samarali nutqiy ta’sir uchun pedagogning tana plastikasi yordamida ma’lum munosabat va holatlarni ifoda etish, shuningdek, axborotning qaysidir qismini translyatsiyalash va maqbul muhit yaratilishiga ta’sir o’tkazish malakalari juda muhim. Tarbiyachi «ochiq poza» ni qabul qilish va muloqotning optimal, ya’ni psixologik nuqtai nazardan qulay, shaxsiy makonga bostirib kirishning oldini oladigan masofasini tanlashni o’rganishi zarur.
Axborot uzatish vaqtida «diagonal va vertikal» balansi katta ahamiyat kasb etadi. «Diagonal» - gavdaning oldinga sal egilishi. U ochiqlik sifatida idrok etiladi va shu subabali ta’lim oluvchilar bilan muloqot chog’ida, ayniqsa idrok etish va tushunish uchun tobora murakkab bo’lgan axborotni translyatsiyalashda tarbiyachi usiz ish ko’rishi mumkin emas.
Plastikaning yana bir muhim tavsifi uning melodikligi sanaladi. bu harakat va imo-ishoralar inson qiyofasi, uning nutqi bilan uyg’unlik hosil qiladi, muloqot mavzusi va uslubiga mos keladi. Pedagogning plastikasi, imo-ishoralari, artikulyatsiyasi, tinglovchining g’ashiga tegmasligi va kulgu uyg’otmasligi, aksincha o’ziga jalb qilishi, maftun etishi, go’zal va nazokatli tasavvur uyg’otishi kerak.
Pedagog nutqining artistikligi ko’p jihatdan uning «ritorik instrumentariy» dan foydalana bilishiga bog’liq. Bu malakaning amaliy vazifasi – kommunikatsion muloqotga dilni tortadigan va fikr uyg’otadigan ta’sir ko’rsatish. Ritorik instrumentariy, odatda, qator kommunikatsion effektlarda: vizual imidj, birinchi jumlalar, asoslash (argumentlash), axborotni kvant tashlash, sukut, relaksatsiya, dispersiya, tasavvur, munozara, ellips effektlarida namoyon bo’ladi [35/ 93, 94].

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling