Pedagogik artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi jumlalar
Vizual imidj effekti pedagogning tashqi qiyofasi haqidagi tasavvur bilan vositalanadi.
O’ziga tortadigan tashqi ko’rinish, muloqotning elegant manerasi, xayrihohlik ifoda etgan ochiq nazar - bularning hammasi ta’lim oluvchilarga o’qituvchi so’zini boshlashidan avvaloq ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Birinchi jumlalar effekti bolalarning pedagog haqidagi dastlabki tasavvurini mustahkamlash yoki korrektsiyalash vazifasini bajaradi. Bu effektning asosiy xarakteristikasi ularda mujassamlangan qiziqarli axborotdir. Axborotni kvant tashlash effekti auditoriya diqqatini tutib turishga qaratilgan ta’sirli ritorik usullardan biri sanaladi. u nutqiy maydon bo’ylab yangi fikr va asoslarning oldindan puxta o’ylangan tarzda taqsimlanishiga asoslanadi. Yangi axborot «kvantlari» empirik ma’lumotlar, original fikrlar, yorqin tsitatalar, ritorik so’roqlar ko’rinishida bo’lib, ta’lim oluvchilarga pedagog fikrini tushunishga, quvonch hissini tuyishga intilib, o’z diqqatini faollashtirishga yordam beradi. Pedagog nutqi qanchalik murakkab bo’lsa, ta’lim oluvchilar diqqatini jamlash uchun shuncha ko’p sa’y-harakat qilishiga to’g’ri keladi. Ularga yordam tariqasida relaksatsiya effekti taklif qilinadi. Uning maqsadi – emotsional keskinlikni (zo’riqishni) bartaraf qilish. Bu holda qo’llanadigan yumor klassik ritorik usul sanaladi. U tufayli intellekt dam olishi uchun sukut hosil qilinadi, bu esa uni (intellektni) yangi emotsional quvvat bilan to’ldirishga yordam beradi. Munozara effektining vazifasi - ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli bo’lgan muammoni qo’yish, ularni mazkur muammo yuzasidan fikr almashishga jalb qilish va chiqishlariga mohirona dirijyorlik qilish. Bu effekt yordamida pedagog ta’lim oluvchilar bilan ishlash jarayonida hamkorlik va suhbat obrazini yaratishi mumkin. Tarbiyachining nutqi, lisoniy yoki nolisoniy shaklda bo’lishidan qat’iy nazar, hamma vaqt bolaga (talabaga) xuddi muloqotdagi hamkorga kabi qaratilgan bo’lishi kerak. Pedagog oldida hamisha barcha ta’lim oluvchilarning fikrlash faolligini rag’batlantirish vazifasi turadi. Unga erishishning samarali yo’llaridan biri tasavvur (tasavvurni uyg’otish) effekti sanaladi. Axborot keraklicha to’liq bo’lmaganda, kishi uning yetishmasligini o’zining gap, fahmlash, xayollari ko’rinishidagi fikrlash sa’y-harakatlari bilan to’ldirish istagida bo’lganida tasavvurni rag’batlantirish mumkin. Ellips effekti estrada so’zlashuv janrida faol qo’llanadi. Uning mazmunini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: «ellips» - jumlalarning, mazkur matnda oson tiklanadigan, tuzilmaviy zarur elementini tushirib qoldirish. Bu ezop tiliga xos, biroq nisbatan osonroq hodisa. Uning ijro namunalarini taniqli artistlar (A.Raykin va b.) repertuarida ko’plab kuzatish mumkin. Ular o’z chiqishlari matnini mohirlik bilan tayyorlagan, chiqishlar davomida tomoshabin bilan gaplishib turib, jumla oxirini, tushirib qoldirilgan so’zlarni fahmlab olish, jo’rlikda uni aytish imkonini berib, sukut saqlaganlar (pauza qilganlar). Tomoshabin bilan bu kabi lisoniy o’yin ularni qiziqtirib, emotsional jonlanish uyg’otgan. Pedagogning nutqi ifodali, yorqin bo’lishi, ta’lim oluvchilarga jalb qiladigan darajada ta’sir ko’rsatishi uchun qo’llanadigan vositalar anchagina. Bu maqol va matallar, hayotdan va adabiy asarlardan misollar, troplar (metafora, o’xshatish, qiyoslash, giperpbola, epitet va b.); kommunikatsion effekt va noverbal tildan foydalanish. Biroq so’z san’ati uchun tarbiyachining ichki olami xususiyatlari, uning madaniyati va ma’naviy boyligi, o’z so’zining haq ekaniga ishonchi alohida katta ahamiyat kasb etadi. «Hozirda tarbiyachining texnik mahorati haqida, uning ovozi qo’yilgan bo’lishi kerakligi haqida, imo-ishoralari ishlangan, intonatsiyalari rostlangan bo’lishi kerakligi haqida ko’p gapiriladi. Biroq yanada muhimi … tarbiyachining ma’naviy qiyofasi, muloqot manerasi va xulq-atvori» . Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling