Pedagogik artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar: 1. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha taIim pedagogikasi. Т.: Urn ziyo. 2006.
- 4-Mavzu
Nazorat savollari:
Nutqning qanday asosiy funksiyalari mavjud? Pedagoglar nutqning tinglovchilarga ta’siri qaysi omillarga bog’liq? 3. Nutqning individ ichi funksiyasini tushuntiring. 4. Fasilitator qanday vazifani bajaradi? 5. Fasilitatsiya shakllari nimalardan iborat? Adabiyotlar: 1. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta'Iim pedagogikasi. Т.: Urn ziyo. 2006. 2. Sodiqova SH.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 3. Axmedjanov M.M., Xo‘jayev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat- Buxoro Davlat universiteti, 2014 4.Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish / Monografiya. – T.: Fan, 2004. 5. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2003. 6.Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. 7.L.Yu. Berikxanova.Pedagogicheskaya improvizatsiya kak individualno-svoeobrazniy component pedagogicheskoy deyatelnosti.T.:Tyumen 1991. 8.O.S.Bulatova. Pedagogicheskiy artistizm.T.: Akademiya. 2001-yil. 9. M.T.Akramova. “Ta’lim jarayonida talabalarda pedagogik artistizmni shakllantirish” BuxDU .:-2021-y. Monografiya. 4-Mavzu:. Ta’lim rivojlanishining zamohaviy tendensiyalari. Reja: 1. Pedagogning ijodiy individualligini shakllantirish. 2. Pedagogik artistizmni shakllantirish metodik tizimi modelining amaliyligi. Tayanch tushunchalar: ijodiy qobiliyat, kasbiy tayyorgarlik, , ijtimoiy-xayoli, faoliyat motivlari, ijodiy modellashtirish, nutqiy artistizm, rol, emotsionallik. Ta’lim rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari. Tarbiyachi shaxsga talablarning ortganligi pedagogning ijodiy individualligini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini realizatsiyalash, faoliyatning individual uslubini rivojlantirishga ehtiyojning kuchayishiga olib keldi. His va e’tiqodlarini yorqin va ishonchli ifodalay olish, yosh avlodni milliy va umumbashariy madaniyat boyliklariga oshno etish uchun o’z tafakkuri va xulqida obrazlilik va mantiqiylikni mohirona uyg’unlashtira olish kabilar zamonaviy o’qituvchi shaxsining kasbiy ahamiyatli sifatlariga aylanib bormoqda. Pedagog, ijodkor shaxs sifatida, pedagogik mantiq, egallashi, pedagogik intuitsiyani, improvizatsiyalash qobiliyatini, pedagogik artistizmni rivojlantirishi zarur. Tadqiq qilinayotgan masalaning ta’lim muassasalari amaliyotidagi holati tahlili dalolat beradiki, pedagoglar o’z kasbiy faoliyatining emotsional-obrazli komponentiga yetarlicha baho bermaydi. Bundan tashqari, xalq ta’limi tizimi uchun kadrlar tayyorlash jarayonida (jumladan, OTM larida) talabalar – bo’lg’usi pedagoglarda kasbiy ahamiyatli sifat – pedagogik artistizmni shakllantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Pedagogik artistizmni rivojlantirish uchun faoliyatning individual uslubi tayanch tavsiflari tiklanish davri eng maqbul sanaladi. Biroq qator sabablar (ommaviylik, faoliyat, uning amalga oshirayotgan sub’ektga nisbatan qandaydir tashqi deb bilish, pedagogikaning ilmiy bilish darajasidagi san’at sifatida tizimli tadqiq qilishning murakkabligi va b.) shunga olib keldiki, hozirga kunda maktab, kollej, litsey kabi oliy ta’lim muassasasi pedagoglarida ham bu sifatning yetishmasligi ma’lum bo’lib qoldi. Pedagogik faoliyat fan va san’at, mantiqiylik va emotsionallikning o’ziga xos birligini o’zida namoyon etadi. Pedagogning mehnati qator parametrlariga ko’ra aktyor va rejissyorning mehnati bilan o’xshashlik kasb etadi. Tarbiyachining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ishida teatr pedagogikasi tajribasiga murojaat qilish tarbiyachining emotsional madaniyatini rivojlantirish, o’z-o’zini boshqarish usullarini egallash, ixtiyoriy diqqat, intuitsiya ko’nikmalarini rivojlantirish va b. yo’nalishlarda maqsadga muvofiq sanaladi. Tadqiqotda pedagogik artistizmni zamonaviy tarbiyachining kasbiy ahamiyatli sifati tarzida ilmiy asoslashga urinish amalga oshirildi. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalarida pedagogik artistizmni shakllantirish metodik tizmi modeli asosida eksperimental ishlar olib borildi. Uni realizatsiyalashda muallif tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy-metodik materiallardan: eksperimental dastur, ma’ruza mashg’ulotlari konspektlari, praktikum stsenariysi va unda foydalaniladigan metodik material (mashqlar, topshiriqlar va sh.k.); mashg’ulotlar tematikasi bo’yicha ta’lim oluvchilarga eslatmalar; muammoli, o’yin, psixologik-pedagogik vaziyatlar va ko’plab boshqalardan foydalanildi. Talabalarda pedagogik artistizmni shakllantirish va rivojlantirish metodikasi fikrlash faolligi, individuallashtirish tamoyillariga asoslandi, uning shaxsiy aspekti, funktsionalligi, vaziyatliligi, yangiligi yetakchi rol o’ynadi. Eksperimental ishlar ko’rsatdiki, ijodiy modellashtirish metodi; motivatsiyani rag’batlash metodi; rolli o’yinlar; dramalashtirish elementlaridan foydalanish; hayotiy vaziyatlar tahlili, shuningdek, tushuntirish; «klaster», «elpig’ich», «aqliy hujum», «echimlar shajarasi» va boshqalar pedagogik artistizmni shakllantirishning tobora samarali metod va usullari sanaladi. Pedagogik artistizmni shakllantirish metodik tizimi modelining amaliyligi ko’rsatkichlari ta’limning turli bosqichlarida talabalarning pirovard natijaga – pedagogik artistizmning tuzilmaviy komponentlari imkon qadar optimal shakllanishi va rivojlanishiga erishish tomon ilgarilagani xaqidagi miqdoriy ma’lumotlar va talabalarning pedagogik artistizmni egallashida ro’y berayotgan o’zgarishlarning tavsiflari sanaladi. Eksperiment guruhi respondentlarida pedagogik artistizmni shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling