Pedagogik artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
1-bosqich - pedagogik artistizm xususiyatlari haqidagi bilimlarni, uning mohiyati, mazmuni, teatr pedagogikasi elementlarini pedagogik texnika va pedagogik mahorat komponentlari sifatida o’zlashtirish; badiiy-pedagogik ijodga o’rnatish, faoliyat motivlarini shakllantirish.
Ijodiy izlanish strategiyasini boshlaydigan va ijodiy faoliyatni rag’batlaydigan evristik metoddan (g’oyalar generatsiyasi, ijodiy tasavvur, ijodiy refleksiya va b.) foydalanish sinaluvchilarning nazariy materialni o’zlashtirishiga ko’maklashdi. 2-bosqich - talabalarning ularda obrazli fikrlash, intuitiv oldindan ko’ra bilish, ishga ijodiy yondashuvning rivojlanishiga ko’maklashadigan mashq turlarini bajarishi. Ularning olingan bilim va malakalardan pedagogik faoliyatning har xil turlarida foydalanish metodikasini egallash; kommunikativ va artistik sifatlarni rivojlantirish. Ijodiy modellashtirish metodidan foydalanish ta’lim oluvchilarda zamonaviy ta’lim muassasasi ideal o’qituvchisi (tarbiyachisi) obrazini, pirovardida esa o’zi uchun o’ziga xos namunani yaratish imkonini berdi. Butun eksperimental ish davomida ratsionallik va hissiylikni optimal birlashtirish amalga oshirib borildi, turli pedagogik kategoriyalarni chuqur axloqiy-ma’naviy e’tiqodga samarali transformatsiyalashni rag’batlaydigan yuqori emotsional kuchlanish maydoni hosil qilindi. Pedagogik artistizmga samarali o’rgatish shartlari bosqichli yondashuv, ta’limning turli metodlaridan foydalanish, talabalarning mashg’ulotlardagi erkinligidan tashqari yana quyidagilardan iborat bo’ldi: turli o’quv topshiriqlarini bajarishda indiviual uslub va individual xarakterni saqlab qolish; shaxsiy komponentning individual namoyon bo’lishi; kursdoshlari tomonidan salbiy reaktsiyaning yo’qligi, ya’ni umuman maqbul psixologik atmosfera. Pedagogik artistizm haqidagi bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliy o’quv va o’qishdan tashqari faoliyatda qo’llash malakalarini mustahkamlash uchun ishonch, o’zinii tutishni rivojlantirishga qaratilgan psixotexnika bo’yicha individual treninglar; nutqiy malakalar, ovoz diapazoni va intonatsiyasini takomillashtirish uchun mashqlar; nutqning emotsionalligi, obrazliligi, metaforikligini oshirish bo’yicha treninglar; auditoriya oldida chiqishdan qo’rqishni yengish bo’yicha mashqlar; maktabgacha ta’lim muassasalarida, pedagogika kollejlari, OTM pedagogik voqelikda hayotiy hodisalarni kuzatish va ularning tahlili olib borildi. Pedagogik artistizmning namoyon bo’lishini tashhislash miqdor va sifat ma’lumotlarining qiyosiy tahlili dalolat beradiki, EG sinaluvchilaring ularni o’zlashtirish darajasi NG sinaluvchilarinikiga nisbatan yuqoriroq. Bu tadqiqot muammosi bo’yicha ishlab chiqilgan va sinovdan o’tkazilgan dasturiy-metodik materiallarning samaradorligidan dalolat beribgina qolmay, bo’lajak o’kituvchilarning pedagogik artistizmni kasbiy ahamiyatli sifat tarzida egallashi zarurligini isbotlaydi. Faqat artistik shaxs sifatlariga ega bo’lgan tarbiyachigina bolalar tajribasida o’zini mustahkamlashi, ta’lim mazmuniga motivatsiyali munosabatni shakllantirishi, o’quvchilarning kognitiv-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularga o’tmish ajdodlar tajribasini tegishli vositalar bilan yetkaza oladi. Bu «bilim uzatuvchi» funktsiyasidan «hayot tarbiyachisi», «rivojlanishni dolzarblashtiruvchi» funktsiyasiga o’tish bilan bevosita bog’liq. Amalga oshirilgan tadqiqotning ilmiy farazning to’g’riligini ishonchli ko’rsatib bergan natijalari asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bular qo’yidagilardan iborat: Insonning faktik rivojlanishi va hayotdagi muvaffaqiyati ko’p jihatdan uning shaxsiy «emotsionallik koeffitsetiga» bog’liqligidan dalolat beradigan ilmiy tadqiqotlar va adabiy manbalar tahlil qilindi; ijobiy emotsional quvvat bilimlarni tez va muvaffaqiyatli o’zlashtirishning yetakchi shartlaridan biri sanaladi tarbiyachining ijobiy bo’yoqdorlikka ega bo’lgan holatlari intensivligi katta bo’lganda, ta’lim oluvchilarning mashg’ulotlardagi psixik holati ijobiy bo’yoqdorlikka ega bo’ladi. Shu bilan birga, ilmiy manbalarda talabalar –bo’lg’usi o’qituvchilarda pedagogik artistizmni shakllantirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Pedagogika OTM talabalarida pedagogik artistizmni bosqichma-bosqich shakllantirish uchun tashkiliy-pedagogik ta’minotini ishlab chiqish zarurligi haqidagi kontseptual g’oyalar asoslab berildi. «Pedagogik artistizm» tushunchasi va uning pedagogik muloqotdagi vazifalarini mantiqiy transformatsiyalash amalga oshirildi. Tadqiqot vazifalarining hal qilinishi psixologik, pedagogik, filologik, tilshunoslik, ijtimoiy fanlar sohasidagi, talabalar – bo’lg’usi tarbiyachilarda pedagogik artistizmni shakllantirish jarayonini tashkil qilish imkonini, talabalar ularni OTM o’qishning butun davri mobaynida ularda pedagogik artistizmni har bir talabaning indiviudal shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirishning metodik tizimi modelini bosqichli amalga oshirilganda egallashini isbotlash bergan, yutuqlar tufayli mumkin bo’ldi. Olingan natijalar talabalarda OTM ta’lim jarayonida pedagogik artistizmni shakllantirish bo’yicha ishlar tizimini va uninng realizatsiyasi metodik ta’minotini ishlab chiqish, shuningdek, pedagogik artistizm bo’yicha ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos keladigan o’quv materialini metodik talqin qilishning pedagogik shartlari, metod va shakllari, original mazmunli metodik talqin usullarini ishlab chiqish imkonini berdi. Tadqiqot natijalari O’zbekiston Respublikasida zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalaridagi islohotlar, mehnat bozorining va ta’lim xizmatlarining shakllantirilishi xalq ta’limi tizimi uchun pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga kontseptual yondashuvlar va texnologiyalarning o’zgarishi va rekonstruktsiyasini belgilab berdi, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi. 1. Pedagogik OTM (kollejlarga) abiturientlarni qabul qilish chog’ida teatr pedagogikasi metodlaridan shaxsning fantaziyasi va tasavvuri boyligini, ijodiy potentsiali, uning o’ziga xosligi va boshqa sifatlarini aniqlash uchun foydalanish. 2. «Pedagogning nutq madaniyati», «Pedagogik mahorat asoslari» va boshqalar. O’qituvchilar mashg’ulotlar jarayonida talabalarda pedagogik artistizmni shakllantirishga alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiq. 3. Turli tipdagi ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining kasbiy faoliyati tahlilida ularning pedagogik artistizmni egallaganlik darajasi, ya’ni uning bahosi tashhisning tobora umumiy mezonlari: o’z-o’zini taqdim qilish malakalari, jalb qila olishi, ekspressiv malakalar, verbal – noverbal malakalar, qarorlar originalligi, improvizatsiyalash malakalari, o’zini tuta bilishi, o’z xulqini boshqarishi, emotsionallik, obrazlilik, estetik tuyg’ular, takt, me’yor hissi, pedagogik rejissura qobiliyatining integral tavsifini aks ettirishi lozim. 4. O’qituvchi va ta’lim oluvchilar bilan ijodiy kayfiyatni mobilizatsiyalash, mimika va imo-ishoralar ifodaliligi; kuzatuvchanlik va muloqotda intuitsiya; umumiy nutqiy malakalar, ovoz diapazoni va intonatsiya, nutq sur’ati, ritmi, uning emotsionalligi, obrazliligi, kommunikabelligi, muloqotni boshqarish malakasi, improvizatsiyani rivojlantirish bo’yicha praktikumlar va treninglar o’tkazish. 5. Talabalarning tanlovlar, konferentsiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok qilish bilan pedagogik artistizmni namoyon qilishi uchun sharoit yaratish. 6. «Xalq ta’limi», «Ta’lim va tarbiya», «Boshlang’ich ta’lim», «Prepodavanie yazika i literaturi», «Pedagogik ta’lim» va b. jurnallarda pedagogik artistizmni yuqori darajada egallagan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, umumiy o’rta ta’lim maktabi, litsey, kollej va OTM o’qituvchilarining tajribasini yoritib borish. Umuman, tadqiqot davomida olingan natijalar talabalar – bo’lg’usi pedagoglarda pedagogik artistizmni shakllantirish muammosining ilmiy asoslangan yechimi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini realizatsiyalashga, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida yosh avlodning barkamol rivojlanishini amalga oshirishga qodir pedagoglarni tayyorlashga ko’maklashidan dalolat beradi. Talabalar – bo’lg’usi pedagoglarda pedagogik artistizmni shakllantirish jarayonini har tomonlama ilmiy yoritishni birgina tadqiqot doirasida to’liq amalga oshirib bo’lmaydi. Pedagogning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish jarayonining tashkilotchisi sifatidagi faoliyati bilan bog’liq muammolarni kelgusida ishlash lozim. Fikrimizcha, nutqiy artistizmni nafaqat talabalarning OTM o’qitish davrida, balki ularning keyingi kasbiy faoliyati davomida shakllantirish va rivojlantirishning barcha jihatlarini tadqiq qilish zarur. . Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling