Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet13/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Motivatsiyalash vazifasi nafaqat mashg’ulotga tayyorgarlik vaqtida, balki faoliyat davomida ham amalga oshiriladi. Bunda pedagogning artistizmi bolalar uchun katta rol o’ynaydi, o’qishning bilish motivatsiyasi ortishiga ko’maklashadi, faktik bilimlarni ularning emotsional idroki bilan birlashtirish imkonini beradi, dunyo manzaralarini obrazli umumlashtirish orqali e’tiqodni shakllantiradi. Bu vazifa pedagogning kasbiy tayyorgarlik bosqichida ham muhim, bunda san’atshunoslik kategoriyalarini pedagogik jarayon tahlilida qo’llash mutaxassislarning OTM tayyorgarligi yanada samarali strategiyasini ta’minlash imkonini beradi, pedagogik jarayonni uning ko’p qirrali aloqalari bilan yaxlit qamrab olishga ko’maklashadi. Talabaning bo’lgusi faoliyatga maxsus predmet bilimlarga kabi teatr pedagogikasiga oid bilimlarga ham asoslangan ijodga kabi yo’naltirish uning o’qish motivatsiyasini oshirishning shartlaridan biri bo’lishi mumkin.
Mobilizatsiyalash vazifasi asosan oldinda turgan sinf (auditoriya) bilan muloqotni oldindan ko’ra bilish bosqichida realizatsiyalanadi. Bunda pedagog keskinlikdan xoli bo’lish, siqiqlikni yengish, ijobiy psixologik dominantaga chog’lanish, stressga qarshi turishga qodir bo’ladi. Tetik, bardam tarbiyachi bolalarni faoliyat muvaffaqiyatiga ishonishga majbur qiladi.
Attraktiv (o’ziga tortish) vazifa shundan iboratki, artistizm tarbiyachiga o’zini shaxs sifatida va ta’lim oluvchilarni idrok etishning ijtimoiy-psixologik mexanizmiga ta’sir o’tkazishga ko’maklashadi. Shaxsiy o’z-o’zini taqdimotlash pedagogning ta’lim oluvchilar ko’z o’ngida ma’lum boshqaruvchilik vakolatlariga ega bo’lgan mansabdor shaxs sifatida namoyon bo’lmasligi, o’zining roli ustunligini ta’kidlamaslik imkonini beradi.
Tarbiyachining o’ziga tortadigan yoki u qadar yoqimli bo’lmagan kishi ekani haqidagi tasavvur, demak bolalarning unga nisbatan simpatiyasi yoki yoqtirmasligi «birinchi taassurot» effektiga bog’liq.
Artistizmning fasilitatorlik (produktiv) vazifasi tarbiyachi bilan ta’lim oluvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni osonlashtiradi. Boshqa madaniyat, fikr, e’tiqodni qabul qilish, tushunish, unga toqat qilishga yordam beradi. Dunyoga va bolalar uchun ochiqlikni namoyon qilish pedagogga bolalar uchun «qo’rqinchli» bo’lmaslik, bolaga esa istalgan vaziyatda pedagogga murojaat qilish imkonini beradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling