Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish


PDV larni yaratish boʻyicha asosiy mezonlar


Download 445.79 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi445.79 Kb.
#1536472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza

PDV larni yaratish boʻyicha asosiy mezonlar.

Hozirgi kungacha kompyuterlarni oʻqitish vositasi sifatida qoʻllab oʻqitish samaradorligini oshirish bilan birga oʻqitish vaqtini qisqartiradigan yaxlit, sezilarli darajali pedagogik nazariya yaratilgan emas. Biroq kibernetika, didaktika, psixologiyada turlicha qarash va nazariyalar mavjudki, ularni taʼlim jarayonini kompyuterlashtirish nuqtai nazaridan oʻrganib, ta’lim muassalarining informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVini yaratish bloklarini ishlab chiqish zarur. “Agar ilmiy asoslangan PDVlarni tayyorlash yoʻllari atroflicha tadqiq qilinsa, taʼlim subʼyektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini toʻliq oʻrgansa, yoshlarning taʼlim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi”. Shu maʼnoda PDVning bloklarini ishlab chiqish, ularda bajariladigan amallar mazmunini tahlil qilish kerak boʻladi.


N.I.Tayloqov PDVlarni yaratish boʻyicha asosiy mezonlarga quyidagi bloklarni kiritadi:

PDV boshqaruv bloki:

  • amaliy mashgʻulot mavzulari bloki;
  • nazariy materiallar bloki;
  • topshiriqlar bloki;
  • topshiriqni bajarish tartibi bloki;
  • qadamma-qadam virtual laboratoriyalar bloki;
  • topshiriqni bajarishni namoyish qiluvchi rolik bloki;
  • test topshiriqlari bloki;
  • mаʼlumotnoma bloki;
  • bilimlar ombori bloki;
  • оʼquvchining nazorat bloki;
  • laboratoriya mashgʻuloti mavzulari bloki;
  • topshiriqlar va variantlar bloki;
  • topshiriqni bajarishga namuna bloki;
  • bajarilgan topshiriqni topshirish bloki;
  • bilimlar ombori bloki;
  • оʼquvchining nazorat bloki;
  • mualliflar haqida mаʼlumot;
  • roʻyxatdan о tish bloki;
  • yangi guruh va оʼquvchilarning ismi sharifini kiritish, оʼzgartirish, оʼchirish bloki;
  • laboratoriya mashgʻuloti topshiriqlarni tekshirish bloki;
  • PDV hisobotini olish bloki;
  • PDVning maʼlumotlar omborini yangilash, oʻzgartirish, qoʻshish bloki;
  • kalit soʻzini оʼzgartirish bloki;
  • lokal tarmoqda PDVsozlash bloki;
  • оʼquv jarayoni hisobotlarini serverda saqlash bloki;
  • оʼquvchilar haqidagi mаʼlumotlarni olish bloki;


Download 445.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling